Kurs ishining obyekti. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida dialogik metodlarni o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Dialogik metodlar suhbat, seminarlar darslari samaradorligini oshirishda o’yin texnalogiyasini tanlash va foydalanishning asosiy tamoyillari, tashkiliy shart sharoitlari, mazmuni vositalari, metodlari.
Kurs ishining vazifalari . Mavzuga oid ilmiy-metodik, adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o’rganish, darslik, dasturlarini tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish.
Dialogik metodlarni ta’lim jarayonida o’yin texnalogiyasini tanlash va foydalanish.
Tayanch so`z va iboralar : Dialogda til vositalaridan, majoziy ifodalardan foydalanish imkoniyatlari, kirish so‘z, undov va modal so‘zlarni qo‘llash, imo-ishoralardan unumli foydalanish, gapning ta’sirchanligini oshirish imkoniyatlari.
Dialog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialog fikrlarning qisqaligi bilan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi. Voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham dialog monologga o‘xshamaydi. Dialog so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.
Qozi (kirib). Ha, keldimi?
Mullado‘st. Ha taqsir, ichkaridalar.
Qozi (kira turib). Eshikdan boxabar bo‘lib turing.
Mullado‘st. Хo‘p, eshik bizning haramimiz bo‘lib qoldi-ya... (chiqar)
Qozi. Ha, Maysara opa, keling, o‘tiring, o‘tiring!
Maysara (ta’zim bilan). Тaqsirim, keldim. (O‘tirib) Ammo bir xizmatni bajo keltirolmadim. Lekin erta oqshom mahbuba bilan suhbatlari muborak bo‘lsin... (Hamza, «Maysaraning ishi»)
Polilog. Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unga suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi mumkin.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq, savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq, yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so‘roq, olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar asosan sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibili turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
So‘zlovchining bayon etayotgan fikriga munosabatini bildiradigan so‘z birikmasi kirish so‘z deyiladi.
Kirish so‘zlar vazifasida modal so‘zlar, ayrim yuklamalar ba’zi tartib sonlar (birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi kabi) keladi.
Kirish so‘zlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so‘zlovchi o‘zi qo‘llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo‘llaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Ulardan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalombor, fikri ojizimcha so‘zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‘zlar o‘z ichida ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha – badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha – publitsistik uslubga xosdir. Shuning uchun har qaysi kirish so‘zini o‘z o‘rnida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |