Kirish Dialogik nutq shakllari haqida tushuncha Dialogik nutq nutq madaniyatiga e`tibor berish Suhbatlar seminarlar Disput tushunchalari Xulosa



Download 5,64 Mb.
bet5/7
Sana03.03.2022
Hajmi5,64 Mb.
#480885
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dialogik nutq

O’quvchi eksperimenti - mustaqil ish turi bo’lib hisoblanadi. Shu usul bilan o’quvchi o’zidagi bilim ko’nikma malakalar darajasini ham sinab ko’radi.
O’quvchi eksperimenti maqsadi, uni kelgusi mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. O’quvchi eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy mashg’ulotlarga bo’linadi.
Ular didaktik maqsadlar bilan farq qiladi.
Laboratoriya tajribalari - yangi bilimlar olish, yangi materialni o’rganish bo’lib hisoblanadi.
O’quvchi eksperimenti quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:

  1. Tajribani maqsadini tushuntirish;

  2. Moddalarni o’rganish;

  3. Priborni yig’ish yoki tayyorlashdan foydalana bilish;

  4. Tajribani bajarish;

  5. Natijalar tahlili va xulosalar chiqarish;

  6. Olingan natijalarni izohlash va kimyoviy tenglamalar tuzish.

  7. Hisobot yoza olish.

O’quvchi o’z oldiga qo’ygan muammoning yechimini tushunib yetishi kerak.
Kimyo fanidan o’quvchilarning laboratoriya tajribalari yakka, guruh, jamoa holda amalga oshadi. Laboratoriya mashg’ulot joylari oldindan o’quvchiga ajratib qo’yiladi.
Laboratoriya tajribalari yangi material mazmunini tushuntirish jarayonida olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar - ma’lum mavzular o’rganilgach, ularning oxirida olingan bilimlarni mustahkamlash, takomillashtirish, konspektlash hamda ko’nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kimyodan amaliy mashg’ulotlar- o’quvchi va talabalarning bilim ko’nikmalarini shakllantirishning asosiy omilidir. Amaliy mashg’ulotlarda ko’nikma va malakalar shakllanishiga katta e’tibor beradi. Amaliy mashg’ulot VII sinfdan boshlab o’tkazila boshlaydi. Har bir amaliy mashg’ulotni o’tkazishda reaktiv, pribor va kimyoviy asbob-uskunalar bilan ishlashning texnik qoidalari, muomila qilish ko’nikmalariga alohida ahamiyat berish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish talab etiladi. Amaliy mashg’ulotlar ikki xil ko’rinishda bo’ladi: berilgan instruksiya asosida o’tkaziladigan mashg’ulotlar va eksperimental masalalar yechish bilan bog’liq tajribalar.
Instruksiya - berilgan yo’l - yo’riq asosida o’tkaziladigan tajribalar. Unda tajribaning har bir bosqichi yozma holda berilgan bo’ladi. Ular darslikda yozilgan holda mavjud.
Eksperimental masalalar - instruksiya berilmasdan masala sharti beriladi. Shu shartga asosan o’quvchi ijodiy ravishda mustaqil ish bajaradi. Eksperimental masala yechishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, kerakli reaktiv priborlar stolga qo’yiladi.
Tajribalar yakunida maxsus daftarga hisobotlar yoziladi. Hisobotlar kimyo xonasida saqlanadi.
Hisobot shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) sinf. 2) o’quvchi f va i. 3) fan. 4) ishning mavzusi. 5) tajribaning nomi. 6) tajribaning maqsadi. 7) bajarish tartibi. 8) pribor chizmasi va kuzatish xulosalari. 9) xulosa va reaksiya tenglamalari.
O’qitish metodiga qo’yiladigan talablar: Normal tashkil qilingan ta’lim- tarbiya jarayoni biror universal metoddan emas, balki mavjud metodlarning hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi.
Har bir metod o’quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga, talabalarning saviyasiga va tayyorgarligiga, maktabning (kimyo laboratoriyasi bor-yo’qligiga) qarab tanlanadi.

Seminar mashg`ulotlarining vazifasi - darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, o’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni o'rganish ko'nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultaciyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og`zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir.


Seminar mashg`ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda etarli darajada to'liq yoritilgan va o'kuvchilarning o'zlari mustaqil ravishda o'rgana olishlari mumkin bo'lgan masalalar tanlab olinadi.
Seminarning harbir temasi bo'yicha o’quvchilarga adabiyotlar ro'yhatini berish, topshiriqning harakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko'rsatish kerak. Adabiyotlarni o'rganayotganda o’quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultaciyalarning tekstlarini tuzadilar.
Seminar mashg`ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo o’qituvchi seminarning vazifasi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi. So'ngra nutq so'zlash uchun o'kuvchilarga so'z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so'zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o'quvchilar nutq mazmuniga haratkeristika berib, uni to'ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko'rsatiladi). O’qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, ifoda formasi ko'rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar) dan foydalanish darajasiga harakteristika beradi, shuningdek, boshqa o'kuvchilarning nutqlari to'g`risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg`ulot so'ngida qo'yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib o'tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim.
Ma'ruza mavzu bo'yicha qilinadigan suhbat, seminar bo'lib, bu o’qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan amaliy mashg`ulot o’quvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko'rsatish, darslik bilan mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoj topishiga yordam beradigan darajada bo'lishi lozim.
Seminarlarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad o'kuvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasi dan keng va chuqur ma'lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Seminar mashg`uloti o'kuvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo'yicha ma'ruzalar tayyorlash hamda uni sinf o’quvchilari bilan muhokama qilish yo'li bilan olib boriladi.
Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko'riladi. O’quvchilar adabiyotlarni o'rganadilar, material yig`adilar, turli kuzatishlar o'tkazadilar, o'z ahborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminar mashg`uloti o’qituvchi rahbarligida o'tkaziladi. U o’quvchilar ishini yo'naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan mu?okamani yakunlaydi. Zarur qo'shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o’quvchilar faoliyati baholanib boriladi.
Seminar mashg`uloti o'kuvchilar e'tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o'rgatish, darsni faollashtirish hamda o’quvchilar a?liy ?obiliyatlarini o'stirishda muhim o'rin tutadi.
Seminar mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi:
1. Seminar trening.
2. Seminar bahs-munozara.
3. Intensiv seminar.
4. Interaktiv seminar.
5. Seminar loyiha
Seminar darsi va uning o’quv jarayonida tutgan o’rni
Ma’ruza bilan birgalikda amaliy mashg’ulot ham o’quv jarayonining muhim shakllariga kiradi. U ta’lim, tarbiya berish hamda nazariyani amaliyot bilan bog’lash funktsiyasini bajaradi.
Amaliy mashg’ulot termini pedagogikaga oid adabiyotlarda tor va keng ma’noda talqin etiladi. Amaliy mashg’ulot keng ma’noda seminar (uning barcha turlari), mashq, laboratoriya ishini umumiy holda ifodalanishidir. Seminar amaliy mashg’ulotning shakllaridan biri bo’lib:
• ma’ruzada bayon qilingan nazariy qonunqoidalarni mustahkamlash;
• fan bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish;
• talabalarni ilmiy tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o’stirish vazifalarini bajaradi.
Ceminar darsi talabalarni bilim olishlari, uni puxta o’zlashtirishlari va olgan bilimlarini kelgusida real hayotda qo’llashni o’rganishlarida alohida o’rin tutadi. Shuning uchun ham,seminar darsini qiziqarli, talabalarni faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlarni qo’llab,o’tish muhim ahamiyatga ega.
Ma’ruzada odatda bayon qilish etakchi rol o’ynaydi. Talabalar ma’ruza tinglashda passiv rol o’ynaydilar. Seminar darsida esa talabalar faol bo’lishadi. Darsda turli metodlarni qo’llab,ularning faolligini ta’minlash imkoniyati keng.
Ma’ruza darsi monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi dialog asosida olib boriladi.Odatda, seminar darsida talabalarning bilimi, o’z ustida ishlash darajasi aniqlanadi, nazoratqilinadi.Seminar (lot. seminariym – manba, ko’chma ma’noda maktab ) – o’quv amaliy mashg’ulot shakllaridan biri. Asosan oliy o’quv yurtlarida, ilmiy to’garak, anjumanlarda qo’llaniladi. Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bo’lgan.
Keyinchalik Ѓarbiy Evropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu universitetlarda seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlashi vazifasini o’tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol o’ynay boshlagan. Seminarning asosan uch turi bor:
1. O’rganilayotgan fan yoki kursni chuqur o’rganishga yordam beradigan seminar
darslari.
2. Ayrim muammo, asosiy yoki muhim mavzuni o’rganish uchun o’tkaziladigan
seminarlar.
3. Tadqiqot xarakteridagi seminarlar.
O’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida o’rin tutadi. Seminar o’quv jarayonining talabalar bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiluvchi shaklidir. Seminar mashg’ulotlarining maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayotda qo’llashga o’rgatishdir.
Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o’tkazish, taqqoslash, xulosa chiqarishni bilishi kerak. Seminar darsining oldiga qo’yilgan bosh maqsadga erishish uchun dars oldiga qo’yilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar
darslari bajaradigan funktsiyalarda o’z ifodasini topadi.
Seminar darsi quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
• talabalarga professional ta’lim berish va tarbiyalash;
• mustaqil ishlash malakasini o’stirish;
• mantiqiy fikrlashga o’rgatish;
• nutqini o’stirish, ilmiy munozaralar olib borishga o’rgatish;
• mustaqil fikr yuritish va o’z fikrini o’rtoqlashishga o’rgatish;
• o’rtoqlari fikrini tanqidiy baholashga o’rgatish;
• talabalar bilimini nazorat qilish va baholash;
• nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash.
Inson xotirasi – bu bizning biokompyuterdir. Odatda, yangi axborotni qabul qilar ekanmiz, avvalgi axborot qisman xotiradan ko’tariladi. Axborotlar nihoyatda xilmaxil bo’lib, inson har kuni o’z hayotida qabul qiladigan axborotlar miqdori, ularni turlicha qabul qilinishi, xotirada saqlanib qolishi jihatidan birbiridan farq qiladi. Psixologlarning fikricha, olingan axborot, chizmada tasvirlangandek, go’yoki filtrdan o’tib, saralanib, ma’lum bir jihatlari bilan ajralib
turadiganlari xotirada saqlanar ekan. Uzoq muddat xotirada qoladigan axborotlarga qo’yidagilarni kiritish mumkin:
• qiziqarliligi, jo’shqinligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turuvchi axborotlar;
tasavvur, histuyg’u va shu kabi birbirini eslatadigan, o’zaro bog’lanishdagi
axborotlar;
• inson tomonidan tushunib, mohiyatiga etilgan axborotlar;
• faollik bilan qabul qilingan, o’rganilgan, takrorlanib turiladigan
axborotlar.
Aytib o’tganimizdek, olimlarning ilmiy tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki,
oddiy inson odatda axborotlarni olgan manbasi, shakliga ko’ra turli darajada
o’zlashtiradi. Agarda uni abstrakt chizma orqali ko’rsatadigan bo’lsak, mana bunday ifodalash mumkin. Olingan axborot chizmada go’yo filtrdan
o’tishi ko’rsatilgan. Bu holda axborot qisqa muddat yodda saqlanadi.Qisqa muddat
yodda kolgan bilim ikkinchi filtrdan o’tgach, shu bilimni yodda saqlash,
foydalanish, takrorlash tufayli faol bilim zaxirasiga aylanadi. Bu bilimdan foydalanib, takrorlab turilmasa, sust bilim zaxirasiga aylanadi va
borabora xotiradan ko’tariladi. Uni quyidagi grafikda ko’rish mumkin. Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkin: talabalarning eng avvalo, o’quv materialini o’zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan axborotni iloji boricha eshitish va ko’rish orqaligina emas, balki gapirish, o’z faoliyatida sinab ko’rish orqali etkazish katta ahamiyatga ega. Bunga erishishning yo’li seminar darslarini turlituman metodlar orqali olib borishdir. Aynan seminar darsida talabalar ma’ruza,
kitob, jurnal va hokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni modellashtirish asosida sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Seminar darsini o’tkazishda qo’llanadigan uslublar turlituman bo’lib, u yoki bu uslubni tanlash, o’rganilayotgan fanning xususiyatiga; o’tilayotgan mavzuga, seminar darsiga qo’yilgan maksadga, tanlangan uslubni qo’llash imkoniyatiga bog’liq. Hozirgi paytda iqtisodiy fanlarni o’rganishda nisbatan keng qo’llaniladigan uslublardan:
ekspress savol–javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, seminar mashg’uloti rejasi
bo’yicha atroflicha suhbat, modellashtiruvchi o’yin, doklad va referatlarni muhokama qilish, masala, mashq, test echish va ularning natijasini muhokama qilish, munozara va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Seminar mavzui ma’ruza mavzusi bilan bir xil bo’lishi shart emas. Ba’zan mavzudagi ayrim savollar ma’ruzada ko’rib chiqilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda ma’ruzada ko’rilgan mavzu albatta, seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik,
adabiyotlar, axborot manbalari mavjud bo’lsa, seminarda mustaqil o’rganilgan mavzuni muhokama qilish mumkin. Seminar darsini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan o’rganish zarur. Adabiyotlarni o’rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bo’lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida
o’rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi.
Savollarni murakkablashtirish hamda savollar tizimiga o’tish orqali mavzu mazmunini chuqur o’zlashtirish mumkin. Bu esa savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni o’rganib, uni echish imkoniyatini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? degan savol qo’yilgan. Bu holda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi – resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish muammosi – deb javob berishi mumkin. Ana shu savolni aytaylik, quyidagicha savollar tizimi asosida ilgari surish mumkin:
Iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima? Nima sababdan buni bosh muammo deb ataymiz? Sizningcha, iqtisodiyotda yana qanday muammolar bor? tarzida berish mumkin. Ana shu savollar tizimiga javob berish jarayonida talabalar iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni qondirish ekanligini, bunga sabab, iqtisodiyotdagi barcha masalalarni qamrab olishi ekanligi oydinlashadi. Ularga misol qilib, tanlash muammosini, har bir uy xo’jaligi, firma, davlat o’z oldiga qo’ygan maqsad
va unga erishish muammosini va hokazolarni ko’rsatish mumkinki, ularning barchasi resurslarning cheklanganligi bilan bog’liq. Mavzuni o’rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini o’zgartirish, uni murakkablashtirish
orqali ham erishish mumkin. Aytaylik, savolni iqtisodiyot nazariyasining bosh muammosi nima va uni nega bosh muammo deyiladi? tarzida qo’yiladi.
Talabalarning mavzuni, u yoki bu kategoriyani qay darajada tushunganlarini sinash va puxtaroq tushunishlariga yordam berish uchun javoblarni ular bilan birgalikda muhokama qilish asosida mini test o’tkazish mumkin. Seminardarsning iqtidorni namoyon etadigan, nutq so’zlash, boshqalar fikriga tanqidiy
qarashni talab etadigan uslublaridan biri – munozaradir. Bunday usul bilan dars o’tish o’qituvchidan katta tayyorgarlik ko’rish, mahoratni talab qiladi. Umuman olganda, seminar darsi turli metodlar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli, barcha talabalarni faol qatnashishga, demak, darsga qunt bilan tayyorlanib kelishga undaydi.
Seminar darsiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazishni quyidagi namunaviy mashg’ulotda ko’rib chiqamiz. Bu uslubiy ko’rsatma dars o’tishni rejalashtirish va o’tkazishga yordam beradi. Dars o’tishni uch asosiy qismga bo’lish mumkin. Bular:
salomlashish;
o’tgan dars mavzuini qisqacha takrorlash;
yangi mavzuni talabalarga havola qilish;
darsda o’tiladigan mavzuning maqsadini bayon qilish;
darsda muhokama qilinadigan savollar rejasini bayon
qilish.




Ma’ruzada odatda kо‘prok bayon qilish yetakchi rol о‘ynaydi. Talabalar darsda passiv rol о‘ynashadi. Seminar darsida esa talabalar aktiv rol о‘ynashadi. Darsda turli uslublarni qо‘llab, ularni faolligini ta’minlash imkoniyati keng.


Ma’ruza darsi asosan monolog tarzida bayon qilinsa, seminar darsi turli tuman dialog asosida olib boriladi. Odatda seminar darsida talabalarning bilimi, о‘z ustida ishlash darajasi aniqlanadi va nazorat qilinadi.
Seminar (lot.seminarium- manba, kо‘chma ma’noda –maktab) – о‘quv amaliy mashg‘ulot shakllaridan biri. Asosan oliy ukuv yurtlarida ilmiy tо‘garak anjumanlarida qо‘llaniladi.
Ta’limning seminar shakli qadimgi Yunon va Rim maktablarida paydo bо‘lgan. Keyinchalik /arbiy Yevropa universitetlarida rivojlantirilgan. Bu univesitetlarda asosan seminar talabaning adabiyotlar, manba ustida ishlash vazifasini о‘tagan. XX asr boshlaridan seminar darslari talabalarning umumiy ilmiy dunyo qarashini kengaytirishda, ularni muayyan fan tarixidagi muhim muammo va tadqiqotlar bilan tanishtirishda katta rol о‘ynay boshlagan.
Seminarning asoan uch turi bor.
1. О‘rganilayetgan fan yoki kursni chuqur о‘rganishga yordam beradigan darslari.
2. Ayrim muammo, asoiy yoki muhim mavzuni о‘rganish uchun о‘tkaziladigan seminarlar.
3. Tadqiqot xarakteridagi seminarlar.

О‘quv jarayonini tashkil etishda seminar darslari alohida о‘rin tutadi. Seminar talabalarning bilimlarini mustahkamlashni ta’minlovchi, ijodiy qobiliyatini namoyon qiluvchi о‘quv jarayoni shaklidir.


Seminar mashg‘ulotlarinig maqsadi talabalarning chuqur bilim olishini ta’minlash, olgan bilimni real hayetda qayta qо‘llashdir.
Buning uchun talaba olgan axborotlarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot о‘tkazish, taqqoslash xulosa chikarishni bilishi kerak. Bunday mahoratga ega bо‘lishga kо‘p jihatdan seminar darsi yordam beradi.
Seminar darsining oldiga qо‘yilgan bosh maqsadni amalga oshirish uchun darsni olidiga kuyilgan qator vazifalarni amalga oshirish kerak. Bu vazifalar seminar darslari bajaradigan funksiyalarda о‘z ifodasini topadi.
Seminar darsi kator funksiyalarni bajaradi;
1. Talabalarga proffesional ta’lim berish va tarbiyalash;
1. Mustaqil ishlash malakasini о‘stirish;
2. Talabalarni mantiqiy fikrlashga о‘rgatish;
3. Nutq, sо‘zlash, ilmiy munozaralar olib borishga о‘rgatish;
4. Mustaqil fikr yuritish va fikrini о‘rtoklashishga о‘rgatish;
5. О‘rtoklari fikrini tanqidiy nuqtai nazardan baholashga о‘rgatish;

Seminar darsini о‘tkazishda qо‘llaniladigan uslublar turli tuman bо‘lib, u yoki bu uslubni tanlash, avvolo о‘rganilayotgan fanninng xususiyatiga, ikkinchidan, о‘tilayotgan mavzuga, uchinchidan, seminar darsida qо‘yilgan maqsadga, nihoyat, tо‘rtinchidan, tanlangan uslubni qо‘llash imkoniyatiga bog‘liq.


Ayni paytda iqtisodiy ta’lim jarayonida nisbatan keng qо‘llaniladigan uslublardan ekspres-savol-javob, savollar tizimiga asoslangan muhokama, masala, mashq, test va ularning natijasini muhokama qilish va boshqalarni kо‘rsatish mumkin. Seminar mavzusi ma’ruza mavzusi bilan bir xil bо‘lishi shart emas. Ayrim paytlarda mavzudagi ayrim savollarni ma’ruzada kо‘rilsa, ayrimlarini seminarda muhokama qilish mumkin. Hozirgi paytda shunday tajriba amal qiladiki, ma’ruzada kо‘rilgan mavzu albatta seminarda ham muhokama qilinadi. Lekin ma’lum sharoitda seminar darsi va uning mavzusiga boshqacha yondashish mumkin. Aytaylik, mustaqil о‘rganish uchun turli adabiyotlar, boshqa axborot manbalari mavjud bо‘lsa, seminarda mustaqil о‘rganilgan mavzusi muhokama qilish mumkin. Ayniqsa mavzuni о‘rganish uchun vaqt yetishmagan paytda bunday usul qо‘l keladi.
Seminar darsini muvaffaqiyatli о‘tkazish uchun eng avvalo asosiy va qо‘shimcha adabiyotlarni sinchkovlik bilan о‘rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni о‘rganish dars jarayonida talabalarning diqqatini qaratish lozim bо‘lgan masalalarni alohida ajratish, mavzuni qaysi usul asosida о‘rganishni rejalashtirish va darsga tayyorlanish imkonini beradi. Ayniqsa, auditoriyada jonlanish, muhokama qilish munozaraga sabab bо‘ladigan savollar qо‘yilganda yuz beradi. Natijada mavzuni chuqurroq о‘rganishga yordam beradi.
Shuning uchun ham bunday savollarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Mavzuning mazmunini о‘zlashtirishni chuqurlashtirishning eng oddiy yо‘li bu savollarni murakkablashtirish hamda alohida savollardan savollar tizimiga о‘tish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bu esa qо‘yilgan savollarga javob berish, muammoni, savolni muhokama qilish jarayonida vujudga kelgan muammoli vaziyatni о‘rganib, uni yechish imkonini beradi. Masalan, iqtisodiyot nazariyasining bosh masalasi nima? degan savol qо‘yilgan. Bu yerda talaba iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh muammosi-resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojni qondirish muammosi-deb javob berishi mumkin. Ana shu savolni boshqacha savollar tizimi asosida qо‘yish mumkinki, natijada talabalar qо‘yilgan masalani chuqurroq tushunishiga yordam beradi.
Mavzuni о‘rganishni chuqurlashtirishga savol shaklini о‘zgartirib, uni murakkablashtirish orqali erishish mumkin. Aytaylik, Yuqorida berilgan savolni boshqacharoq qilib, iqtisodiyotning bosh muammosi nima va uni nimaga bosh muammo deb qarash kerak?- deb о‘zgartirish mumkin.
Talabalarni mavzuni u yoki bu katigoriyani qay darajada tushunganlarini sinash uchun ularga ushbu mavzu bо‘yicha berilgan savollarga olingan javoblari asosida muhokama qilish usulini qо‘llash mumkin yoki mavzu bо‘yicha testlardan foydalanish mumkin bо‘ladi.
Seminar darsining talabalar tamonidan bilim, iqtidor, nutq, boshqalar fikriga tanqidiy qarashni talab etadigan uslublaridan munozara bо‘lib, u murakkabdir. Bunday usul bilan dars о‘tish о‘qituvchidan katta tayyorgarlik kо‘rish, mahoratni talab etadi. Umuman olganda seminar darsi turli uslublar asosida olib borilar ekan, u qiziqarli, barcha talabalarni faol qatnashishga va ohir oqibat qunt bilan tayyorlanib kelishga undaydi.
Oliy о‘quv yurtlarida talabalar ma’ruza darslarida olgan bilimlarini chuqurlashtirishi, ularni kengaytirishi maqsadida о‘quv yurtining о‘quv rejasida har bir fan (kurs)lar uchun seminar mashg‘ulotini talabalar uchun mustaqil ish sifatida qarash mumkin. Chunki talaba ma’ruzada olgan bilimini о‘zlashtirgani holda, seminar mashg‘ulotiga boshqa adabiyotlar, kerakli manbaalardan, darsliklardan foydalanib ma’lumotlar axtaradi va ularni bо‘lg‘usi seminar mashg‘ulotiga о‘zlashtirib boradi. Seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik talabalarga izlanishga, fikrlashga, kelajakka tayyorlashda muhim vosita hisoblanadi.
Seminar mashg‘uloti darslarida ham talabalar tomonidan mashg‘ulotga tayyorlanish davomida I.Karimov asarlaridan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida qisman aytib о‘tilganidek seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ham mustaqil ishlar tarkibiga kiradi. Shu bilan birga mustaqil ishlarga, referat yozish, kurs ishini tayyorlash, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, diplom ishini tayyorlashlar ham shular jumlasidan. Bularga tayyorlanishda I.Karimov asarlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, asarlar iqtisodiy mavqega ega ekanligi bilan ilmiy ishlarni erkin bayon etishida asosiy vosita bо‘lib xizmat qiladi. (+. Shamsiyev. «Darslarni zamonaviy tashkil etishning shakl va uslublari». T., 2005.(B.M.I.))
Biz yuqorida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari haqidagi nazariy fikrlarimizni bayon etdik. Shu ma’noda savol tug‘iladi. Xо‘sh, iqtisodchi-pedagog kadrlarni tayyorlashda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari qanday ahamiyat kasb etadi? Mashg‘ulotlarni tashkil etishda asosan nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Ma’lumki, iqtisodchi-pedagog kadrlar tayyorlashda ma’ruza va seminar darslari alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’ruzada olingan nazariy bilimlar bevosita seminar darslarida amaliy nuqtai nazardan tegishli savollar asosida tahlil etiladi. Bu esa iktisodchi-о‘qituvchi kadrlar uchun amaliy tajriba vazifasini о‘taydi. Ular bir vaqtning о‘zida bilim olayotgan bо‘lsalar, bir vaqtning о‘zida olingan bilimlarini amaliyotga joriy etishni о‘rganadilar. Shu bilan birga ma’ruza va seminar darslarini tashkil etayotgan о‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini doimiy kuzatib boradilar. Ulardan о‘zlariga kerakli xulosalar chiqaradilar.
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida pedagogika fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri shuki, ta’lim jarayonida talaba obyektdan subyektga aylanishi lozim va unga erishishda albatta fan о‘qituvchilarining roli katta. Shu ma’noda, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishda asosiy e’tibor an’anaviy dars о‘tishga emas, balki noan’anaviy darslarga qaratilishi lozim. Bunga erishish uchun esa о‘qituvchi dars о‘tish uslubiyotini tо‘g‘ri tanlay olishi lozim. Bas, shunday ekan iqtisodchi-о‘qituvchi kadrlar tayyorlash mobaynida quyidagi no’ananaviy usul va uslublardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Har kanday mavzuni о‘ganishda turli uslublar qо‘llaniladi. Buning sababi, birinchidan, dars о‘tishda turli uslublarni qо‘llash uni qiziqarli bо‘lishiga, talabalarni diqqatini о‘tilayotgan darsni о‘zlashtirishga qaratiladi.
Bir xil uslubda dars о‘tilishi talabalarni zeriktiradi hamda dars paytida diqqati boshqa narsalarga qaratiladi.
Psixologlarning tadqiqotlariga kо‘ra har qanday mohir о‘qituvchi ham bir xil uslubda dars berar ekan, aytaylik , ma’ruza о‘qir ekan, talabalar dastlab 20 minut, sо‘ngra darsni tugashidan oldin 20 minut ma’ruzani diqqat bilan eshitar, qolgan paytda hayoli qochar ekan.
Ikkinchidan, talabalarning darsni о‘zlashtirish, eshitganlari, yangi bilimni qabul qilish qobiliyatlari har xil talabalar tomonidan nisbatan tо‘lik о‘zlashtirishga olib keladi. Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, olgan bilimni о‘zlashtirish jarayonida bir xil talabalarga bir uslub mavzuning mazmunini tezrok anglashga yordam bersa, ikkinchilariga boshqa uslub yordam beradi.
Suxbat, diologik nutk, kirish suxbati, asosiy va yakuniy suxbat, suzlashuv, savol-javob, aytib turish, yullovchi savol, tinglash, tushunish, kobiliyat.
Pedagogikada suxbat metodi ogzaki metodlar majmuasiga kiritilgan bulib, barcha taʼlim shakllarida keng kullanuvchi eng samarali metod xisoblanadi. Suxbat metodi anik mavzu yuzasidan bilim va tarbiya berishga yunaltirilgan savol-javobdan iborat bulib, diologik nutkni ustirishning eng kulay metodidir. Suxbat metodida bolalar tarbiyachining, tengdoshlarining savollarini tinglab tushunishlari, savolga mos javobni uylashi, fikrni ifodalovchi gapni grammatik jixatdan tugri tuza olishi, gapga mos suzlarni tanlay bilishi talab etiladi.
Suxbat metodi kadimiy metodlardan biri bulib, Shark komusiy olimlari tomonidan sinalgan, ishonchli metod sifatida talkin etilgan.
Shark mutafakkiri Burxoniddin Zarnuji dars meyorlari, taʼlim berish usullari xakida fikr yuritib kursatmalilik, tajriba metodlari bilan birga suxbat metodini tavsiya etadi. Uning fikricha narsa, buyum, vokea-xodisalar xakida suxbat kilish uning mazmunini tezrok tushunishga imkon yaratadi.
Buyuk mutafakkir Ibn Sino bolalarni guruxlarda ukitish xakida fikr yuritib, bolalarning yosh xususiyatlarini xisobga olgan xolda suxbat, tushuntirish metodidan foydalanish lozimligini, suxbatning ukitish, taʼlim berishda samara berishini taʼkidlaydi.
Аbu Nasr Farobiy fikricha inson tabiatan doimo uziga yakin kishilar davrasida bulish, uzaro suxbatlashish orkali maʼnaviy, axlokiy kamolotga erishadi. Bu urinda Farobiy suxbat metodining jamiyat xayotidagi urni, maʼnaviy xususiyatini talkin etmokda.
Suxbat metodida bolalar berilgan savollarni tezda tushunadilar, unga javobni topish va aytishda faollik kursatadilar, bolalar uzaro bir-birlarining nutkidagi kamchiliklarni tez paykay oladilar, xatolarni tuzatish imkoniga ega buladilar.
Demak, suxbat biror mavzuga yunaltirilgan ikki va undan ortik kishilar urtasidagi diologik nutk bulib, u bolalar tafakkuri, xotirasi, dikkati, suz boyligi, nutkning grammatik tomonini bilishi bilan boglik bulib, nutkiy mulokot vositasi xisoblanadi.
Suxbat metodining asosiy maksadi berilgan savolni tushunish, unga javob berishga urgatish, shu asosda diologik nutkni ustirishdan iboratdir. Demak, suxbatni tashkil etish uchun savol tuzish zarurdir.
Suxbat metodining asosiy vazifasi diologik nutkni shakllantirishdan iborat bulib, suxbat uchun mavzu tanlash, u yuzasidan savollar tuzish, savolga beriladigan javobni oldindan uylash kabi jarayonlarni takoza etadi, suxbatga bolalarni tayyorlashni talab etadi.
Suxbat metodi kuyidagi turlarga bulinadi.
1. Kirish suxbati.
2. Аsosiy suxbat.
3. Yakuniy suxbat.
Kirish suxbati mashgulotlarni tashkil etishdan oldin, kuzatish, ekskursiyaga chikishdan oldin tashkil etiladi.
Kirish suxbatining asosiy maksadi bolalarni mashgulot, sayr, ekskursiya, kuzatish jarayonidagi topshiriklarni bajarishga kiziktirish, ular dikkatini jalb etish, ukuv faoliyatini tashkil etishdan iborat buladi. Yaʼni tarbiyachi kirish suxbatida bolalarning motivatsion-ichki bilish faoliyatini tashkil etadi, kirish suxbatidagi bu faoliyat asosiy suxbatga yul ochadi.
Аsosiy suxbat yangi bilim berishga muljallangan bulib, mashgulotning asosiy kismini tashkil etadi, bolalar mavzu buyicha bilimlarni suxbat orkali egallaydilar.
Аsosiy suxbat tarbiyachidan suxbat uchun savollarni tugri, anik tuzishni, savollarga bolalar beradigan javobni oldindan uylashni, asosiy suxbatni tashkil etish uchun bolalar tajribalari, tasavvurlarining , mavzuni yoritish doir malakalarining yetarli bulishini nazarda tutishni talab etadi.
Аsosiy suxbatda savol-javob yakka tartibda bulishi muximdir, chunki bunda bolalarning javoblari, fikrlarini aniklash imkoni yaratiladi.
Shuningdek, yakuniy suxbat bolalarning olgan bilim-tajribalarini umumlashtirishni xam nazarda tutadi. Yakuniy suxbat mashgulot oxirida yoki chorak oxirida, katta bulim materiallarini urganilgach, bilim-malakalarni umumlashtirish maksadida tashkil xam tashkil etiladi. Suxbat mashgulotlarini uyushtirishda bir kancha usullardan foydalaniladi, bunda eng muxim usul savol berish bulib, barcha suxbat turida eng kup kullaniladi. Suxbat mashgulotlarida kurgazmali kurollardan keng foydalaniladi.Chunki kurgazmalilik bolalarning kuzatuvchanligini orttiradi, dikkatini faollashatiradi, bilim va malakalarini mustaxkamlaydi, bu esa Prezidentimiz I.А.Karimov. aytganlaridek ”Yuksak akl-zakovat saloxiyatini shakllantirishni maktabgacha taʼlim tizimidan boshlash lozim”ligini tula isbotlaydi.


















Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish