-Davlat tabiat yodgorliklari. Bu hududning maydoni juda kam bo`lib, umumiy muhofaza qilinadigan hududlarning 0,1%ini tashkil qilib, o`rtacha 35 kv.km. ni tashkil qiladi. Davlat tabiat yodgorliklari respublikamizda uchraydigan tabiiy obidalardan darak berib, ularni muhofaza qilish, zararlanishdan saqlash, ichki va tashqi turizmni rivojlanishi uchun xizmat qilishdan iborat. Bugungi kunda yurtimizda ko`plab tabiat yodgorliklari mavjud bo`lib Vardanzi, Yozyovon, Qirqqiz, Parpi ota, Peshag`orlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Jayron ekomarkazi va Chotqol biosfera rezervati ham mavjud.
Quydagi xarita orqali O`zbekistonning muhofaza qilinadigan hududlari va ayrim hayvonlari haqida ma`lumotlar keltirilgan:
Xarita uchun yechim:
a) muhofaza qilinadigan hududlar:
Qo`riqxonalar (TMQXI bo`yicha I daraja): 1. Zomin; 2. Chotqol; 3. Surxon; 4. Qizil-Qum; 5. Boday-To`qay; 6. Nurota; 8. Kitob; 9. Hisor.
Milliy bog`lar (TMQXI bo`yicha II/IV daraja): 10. Zomin; 11. Ugam-Chotqol.
Buyurtmaxonalar (TMQXI bo`yicha IV daraja): 12. Qorako`l; 13. Qarnabcho`l; 14. Sayg`oq; 15. Sudochi; 16. Qo`shrabod; 17. Qoraqir; 18. Arnasoy; 20. Dengizko`l.
Tabiat obidalari (TMQXI bo`yicha IV daraja): 21. Vardanzi; 22. Yozyovon.
Noyob hayvonlarnin ko`paytirish: 23. Jayron ekomarkazi; 24. qorako`l.
b) Muhofaza qilinadigan turlar:
Tuyoqli hayvonlar: 1-qizilqum yovvoyi qo`yi; 2-xongul; 3-jayron; 4-to`ng`iz; 5-bug`u; 6-sibr echkisi; 7-morxo`r;
Yirtqich hayvonlar: 8-qashqir, chiyabo`ri; 9-silovsin; 10-bo`rsiq; 11-oq tirnoqli ayiq; 12-O`rta Osiyo qunduzi; 13-oq sichqon; 14-savsar; 15-to`qay mushugi; 16-tulki; 17-olaqo`zan; 18-ilvirs;
Kemiruvchilar: 19-tolay tovushqoni; 20- qizil sug`ur; 21-ondatra; 22-ko`k sug`ur; 23-nozik barmoqli yumronqoziq; 24-relekt yumronqoziq;
Qushlar: 25itolg`i; 26-oq qo`ton; 27-oq boshli qumoy; 28-burgut; 29-boltayutar; 30-qoravoy; 31-tuvaloq, dudak; 32-kaklik; 33-cho`l burguti; 34-xo`jasavdogar; 35-kaljo`rchi; 36-jingalakdor birqozon; 37-himolay ulari; 38-qirg`ovul; 39-tasqara; 40-qora laylak; 41-qor tasqarasi.
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, mamlakatimizda olib borilayotgan bunday islohatlarga faqat mas`ul xodimlar emas, balki har bir fuqoro ham o`z hissasini qo`shishi shart. Jumladan, maktab o`quvchilari va o`qituvchilari tabiatni muhofaza qilish, shu bilan bir qatorda uning bir bo`lagi bo`lgan hayvonot olami borasidagi tadbir va ommaviy kechalarga befarq bo`lmasdan, ularda faol ishtirok etishi, turli ekoharakatlarda faol qatnashishlari lozim.
O‘ylaymizki, tabiatda hech kim oq qoplonlami uchratmagan. Bundan chorak asr avval insonning xo ‘jalik faoliyati oqibatida mazkur noyob va go ‘zal hay vonlar o‘z yashash joylarini tark etib ketishdi. Ular umuman yo‘q boiib ketish xavfi ostida edi. Ammo bugungi kunda o‘nta oq qoplondan iborat bir oila Hisor togiarining g‘arbiy qismida yashab kelmoqda. Bunga Hisor tog‘-archa qo‘riqxonasini tashkil qilish natijasida erishildi.
O‘zbekistonda 9 ta qo‘riqxona bor. Ularning umumiy maydoni 2164 km.kv va ular davlat tomonidan himoyalanadi. Ushbu hududlarda barcha xo‘jalik faoliyati ta’qiqlangan.
Qo‘riqxonalar - o‘simliklar va hayvonlaming ayrim turlarini yoki ekotizimni himoya qilish uchun moijallangan tabiatning hech kim tegmagan hududlaridir.
Davlat qo‘riqxonalari doimiy ilmiy-tadqiqot o’tkazuvchi xodimlar va qo‘riqxona tashkil qilingan vaqtdan buyon yigib kelinadigan (ayrim hollarda 30- 40 yil davomida) hujjatli materiallarga ega. Bundan tashqari, qo‘riqxona sharoiti ekologik izlanishlar o‘tkazish uchun qulaydir.
Qo‘riqxonalar dastlab tashkil qilinganda ilmiy ishlar tabiiy sharoitlami o‘rganish, fauna va florani ro’yxatga ohshdan iborat edi, xolos. Hozirgi vaqtda ayrim qo ‘ riqxonalarda j onivorlar va о‘simliklarning yo‘qolib borayotgan turlarini tiklash va saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Respublikamiz hayotida qo‘riqxonalarning о‘mi juda kattadir. Ular ajoyib va betakror landshaftlarni saqlab qolmoqda. Masalan, Zarafshon qo‘riqxonasi to ‘qayzorlar, hayvonot olamining noyob vakillari - Buxoro kiyigi, Seversov qo‘yi yoki Qizilqum qo'yi, tog‘ echkisi, oq qoplon va boshqa yo‘qolib ketayotgan hayvonlami saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan.
O‘zbekiston hududida Chotqol biosfera qo‘riqxonasi mavjud. U 1995 yilda Jahon biosfera qo‘riqxonalari tizimigakiritilgan. Qo‘riqxona g'arbiy Tyan-shon tog'li ekotizimni saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Chotqol qo‘riqxonasi 1947 yilda tashkil qilingan va Toshkent viloyati hududida joylashgan.
Qo'riqxonalarimiz - tabiiy zahiralarimizning oltin fondi va kelgusi avlodlar uchun eng yaxshi sovg‘a desak ham bo‘ladi.
Qo'riqxonalar tartibiga qat’iy rioya qilish natijasida yildan-yilga ulardagi hayvonot olami boyib bormoqda. 0‘zbekiston tog‘larida Nurota yong‘oq-meva qo‘riqxonasi tashkil qilinguncha Qizilqum qo‘yi (Seversov qo‘yi)ning soni yuztaga ham yetmasdi, hozir esa ularning soni 1000 taga yetib qoldi.
20 yillar avval Amudaryo qirg‘oqlaridagi to‘qaylarda 100 dan ziyod Buxoro kiyigi yashab kelar edi. Beshta qo‘riqxona tashkil qilingach ushbu go’zal jonivorlar soni 1000 boshdan oshib ketdi.
1976-yilda Buxoro yaqinida jayronlarni ko‘paytirish va keyinchalik ularni Turkistonning barcha cho‘lli hududlari bo‘yicha tarqatish va shuningdek, ushbu hayvonlaming biologiyasini o‘rganish uchun maxsus qo‘riqxona tashkil qilingan edi. So‘nggi 15 yil ichidajayronlar soni 44 tadan 1000 tagacha yetdi.
Biz o’nlab qo‘riqxonalar, tabiiy milliy bog'lar tashkil qilmaylik, inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdon bilan yondashmasa barcha harakatlar behuda ketadi.
Tabiatni kelgusi avlodlar uchun tabiiy, buzilmagan holda saqlab qolish - bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir.
Landshaft komponentlari inson yashaydigan aniq (konkret) muhit hisoblanib, uni har qanday ko`ngilsiz va nooqilona o`zgirishlar hamda ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur. L.andshaftlarni muhofaza qilish deganda, biz uning unsurlarini iloji boricha toza saqlash, undagi muvozanatning buzilshiga yo`l qo`ymaslik, tabiatning ajoyib joylarini tabiiy xolicha saqlab qolish kabilarni tushunamiz.
Landshaft va uning unsurlarini turli shakllarda muhofaza qilish mumkin: landshaftning butun unsurlarini to`la-to`kis mudofaza qilish; landshaftning ayrim va ajoyib, diqqatga sazovor joylarini muhofaza qilish. Landshaftning butun unsurlarini muhofaza qilishda qo`riqxonalarning ahamiyati katta. Qo`riqxonalar bu tabiat etaloni bo`lib, jumhuriyat tabiatini muhofaza qilishida quyidagi vazifalarni bajaradi: II. Jumhuriyatimizning ma`lum bir qismi yoki geografik pona tabiatining barcha unsurlari namunasi tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi. Qo`riqxona — tabiati yaxshi saqlangan joy hisoblanib, unda tabiiy hududiy komplekslarning rivojlanish qonuniyatini, o`zaro aloqasini, organizm bilan muhit o`rtasidagi munosabatlar ilmiy jihatdan o`rganiladigan tabiiy laboratoriyadir. Soni va turi kamayib borayotgan o`simlik va hayvonlarni parvarish qilib, ko`paytirib, muhofazasi bilan shug`ullanadi. Qo`riqxonalar orqali tayiatning ajoyvb joylari keng omma orasida namoyon etiladi va tabiatni muhofaza qilish zarurligi targ`ibot qilinadi. O`zbekiston hududida to`qay, cho`l va tog` landshaft uvsurlarini: muhofaza qilish va u yyerdagi tabiat unsurlarini, xususan o`simlik hayvonlarning hayotini chuqur o`rganish, ko`paytirish maqsadida 10 ta qo`riqxona tashkil etilgan. Bu qo`riqxonalar haqidagi ma`lumotlar ilovadagi 9 jadvalda berilgan.
Jumhuriyat landshaftlarini muhofaza qilishda yana xalq bog`lari, buyurtmalar va parvarishxonalarning ham ahamiyati kattadir. O`zbekistonda hozircha Zomin va Ugom Chotqol xalq bog`i mavjud. Jumhuriyat buyurtmalari, xalq parki va parvarishxonalar haqidagi ma`lumotlar ham ilovadagi jadvalda berilgan.
O`zbekistondagi buyurtmalarning asosiy vazifasi noyob o`simlik, hayvon turlarini yoki ajoyib tabiatli joylarni yo`q bo`lib ketishidan asraydi, o`simlik va hayvonlarning ko`payishi uchun sharoit yaratadi. Buyurtmalar o`zining xususiyatiga ko`ra vaqtnncha va doimiy bo`lishi mumkin.
O`zbekiston landshaftining ajoyib, diqqatga sazovor joylarini saqlab qolishda tabiat yodgorliklarini muhofaza ostiga olish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy, madaniy, tarixiy va estetik jihatidan qimmatli, ajoyib, noyob tabiatli joylarni muhofaza qilib, saqlab qolish uchun katta maydonni egallovchi qo`riqxona va buyurtmalar barpo etish shart emas. Ularni maydoni juda kichik bo`lgan «tabiat yodgorliklari» sifatida saqlab qolib, muhofaza qilish mumkin.
Tabiat yodgorliklari deganda biz g`orlarni, karstlarni, sharshara va shovvalarni, ajoyib buloq, jilg`a va soylarni, daralarni, koyali relef shakllarini, ochilib qolgan yotkiziqlarni, toshqotgan xayvonlarni va tabiatning boshqa ajoyib joylarini tushunamiz.
O`zbekiston hududida 1000 ga yaqin tabiat yodgorliklari mavjud. Lekin ularning ko`pchiligi hisobga olinmaganligi oqibatida holati yomonlashib bormokda. Shu sababli zudlik bilan har bir qishloq, tuman, viloyat xududida mavjud bo`lgan tabiat yodgorliklarini nazorat ostiga olish zarur.
Tabiat yodgorliklari xususiyatlariga qarab geologik,paleontologik, geografik, arxeologik va biologik turlarga bo`linadi. Geologik yodgorliklarga tabiatda ochilib qolgan tog` jinslari, karstlar, g`orlar, issiq suvli mineral buloqlar kabilar kiradi. O`zbekistondagi Qilsi (Qirqtog`da), Qorlug` (Qo`hitang tog`ida), Hazratidovut (Zirabuloq tog`ida), Amir Temir g`orlari, Zarafshbn tizmasidagi karstlar yaqqol misoldir. Paleontologik yyedgorliklarga toshga aylangan, lekin izlari yaxshi saqlangan o`simlik va, hayvon qoldiqlari uchraydigan joylar kiradi.
Geografik yodgorliklari juda ko`p bo`lib, unga ajoyib qoyalar, sharshara va shovvalar, daralar, tanglar, ajoyib buloqlar, xushmanzara joylar kiradi. Bunga Ilono`tdi (Temurlang) darasi, Ko`ksuv daryosidagi sharshara, Nurota va Urgutdagi buloqlar, Surxondaryodagi Kelif SHerobod marzasi, Katta va Kichik Chimyon soyligi, Oqtosh soyligi va boshqalar kiradi. Biologik yodgorliklarga noyob, turi yo`qolib borayotgan o`simliklar, uzoq yil o`sayotgan daraxtlar, tik yon bag`irlarda va qumlar orasida saqlanib qolgan o`simliklar va boshqalar kiradi. Biologik yodgorliklarga Surxondaryo viloyatiga qarashli Sayrob qishlog`idagi yoshi 960 yillik chinor, Boysundagi Chorchinor, Urgut qishlog`idagi yoki 1014 yillik Xo`ja Chor Chinor, Xo`jakentdagi buloq yonidagi chinor, Shofrikon atrofidagi saksovulzorlar misol bo`ladi.
Arxeologik yodgorliklarga qadimgi manzilgoh joylar, qadimiy shahar qoldiqlari, sug`orish inshootlari, quduqlar, sardobalar, korizlar, bandlar kiradi. Bunga qadimiy Vardanzi, Varaxsha (Buxoro viloyatlarida), Afrosiyob xarobasi, Ko`hna Urganchdagi minora, Surxondaryo viloyatida saqlangan kadimiy yozuv va rasmlari bilan dunyoga mashhur bo`lgan Zarao`t kamir yodgorligi, Nurota yaqinida saklangan korizlar, cho`llardagi sardobalar, Oqchop soyligidagi Abdulla1bandim (suv ombori) qoldiqlari yaqqol misoldir.
Lekin O`zbekiston tabiiyot yodgorliklarini hisobga olish borasidagi ishlar endi boshlandi, binobarin, bundan buyon jamochtchilik kuchi bilan tabiat yodgorliklarini hisobga olib, uni tarqalish xaritasini tuzib, himoya ostiga olish kerak. Shuningdek, ajoyib tabiat yodgorliklarini hisobga oluvchi O`zbekiston «Ko`k kitob»ini tuzish vaqti keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |