Beshta muhim tashabbus.
Birinchi tashabbus: Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatrva san’atining boshqa turlariga qiziqishini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tasahbbus: Yoshlaning jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobilyatlarini namayon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan. Uchinchi tasahbbus: Aholi va yoshlar o’rtasidagi kompyuter taxnologiyalari va internetdan samarali foydalanishini tashkil etishga qaratilgan. To’rtinchi tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan. Beshinchi tashabbus: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Ushbu jarayonlar orqali yurtdoshlarimiz ayniqsa yoshlarimizning bilim darajasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buyuk jadid Abdulla Avloniy tabiri bilan aytganda tarbiya biz uchun “yo hayot-yoki najot, yo halokat-yoki saodat, yo falokat masalasidur” degan edilar. Shundan ko’rinib turibdiki tarbiya masalasiga hech birimiz befarq va loqayd qaray olmaymiz.Qaysiki millay yashashni taraqqiyotni hohlasa eng avvalo yoshlariga farzandlariga e’tibor qaratmog’i lozim.
Bugun ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarning joriy etilishi.Butun dunyo tan olgan eng nufuzli oliy gohlardan biri Cembridge universititetining eng ilg’or dasturlari loyihalari bugun bizning ta’lim sohasiga tadbiq etilayotganligi yoshlarimizning bilim darajasini oshirishga qaratilgan.
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 20-fevralda “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Prezident maktablarining asosiy maqsadi ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish, rag‘batlantirish hamda kelgusida ularni salohiyatini qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Prezident maktablari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shaklida tashkil etiladi. Ta’kidlanishicha, 2019-yilda dastlabki maktablarning qurilishi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Nukus shaharlarida, hamda Xorazm viloyatida bo‘ladi. O‘z navbatida, 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu maktablarga qabul qilish respublika ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa 5-10-sinflariga har bir maktab 144 nafardan o‘quvchi qabul qiladi.
O‘quv jarayoni esa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va «STEAM – ta’lim» (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.
Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta’lim olish o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlash va ularni o‘rganish darajasini inobatga olgan holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.
Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement ili International Advanced Levels)ga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, 2019-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, har bir viloyatda Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida e’lon qilgan edi.
Respublikaning beshta shahrida tashkil etilgan Prezident maktablari malakali o‘qituvchilarni fanlar bo‘yicha tanlov asosida ishga oladi. Ular talablarga javob bergan taqdirdagina tanlovdan o‘tishlari mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlaridagi Prezident maktablari g‘ayratli, ijodkor, o‘z kasbining fidoyisi, zamonaviy o‘qitish uslublarini amalda qo‘llay oladigan, salohiyatli mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Prezident maktablariga tanlov uchun onlayn arizalar 2019 yil 20 iyulga qadar qabul qilinadi.
O‘qituvchilar quyidagi fanlar bo‘yicha tanlab olinadi:
Matematika;
Informatika va AT;
Fizika va astronomiya;
Kimyo;
Biologiya;
Geografiya, iqtisodiyot, tadbirkorlik asoslari;
Musiqa/drama;
Tasviriy san’at;
Texnologiya;
Ona tili va adabiyoti;
Rus tili (o‘zbek sinflar uchun);
O‘zbek tili (Qoraqalpog‘iston uchun);
Ingliz tili (IELTS-7.0/ TOEFL IBT - score 101/ TOEFL Paper based - score 587 xalqaro sertifikatlari talab etiladi);
Nemis tili;
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari majmuasiga kiruvchi fanlar;
Tarix (Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Din tarixi, Davlat va huquq asoslari);
Jismoniy tarbiya;
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash;
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi;
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fani o‘qituvchisiga – o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zaxiraga bo‘shatilgan harbiy ofitser;
kamida ikkinchi malaka toifasining mavjudligi;
umumta’lim muassasalarida 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish tajribasiga egaligi;
o‘zbek/qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston uchun) tillarida savodli yozma va og‘zaki nutqqa egaligi, ingliz tilini bilishi;
kompyuter texnologiyalarini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egaligi;
bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilishi;
ravon nutq madaniyati;
shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati;
yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyati;
tashabbuskorlik, stressga chidamliligi;
so‘nggi 5 yil davomida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining Respublika, viloyat sovrindorlari bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 20-fevralda “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Prezident maktablarining asosiy maqsadi ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish, rag‘batlantirish hamda kelgusida ularni salohiyatini qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Prezident maktablari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari shaklida tashkil etiladi. Ta’kidlanishicha, 2019-yilda dastlabki maktablarning qurilishi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Nukus shaharlarida, hamda Xorazm viloyatida bo‘ladi. O‘z navbatida, 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu maktablarga qabul qilish respublika ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa 5-10-sinflariga har bir maktab 144 nafardan o‘quvchi qabul qiladi.
O‘quv jarayoni esa xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va «STEAM – ta’lim» (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.
Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta’lim olish o‘quvchilarning qiziqishlari va xususiyatlarini, ayrim fanni tanlash va ularni o‘rganish darajasini inobatga olgan holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.
Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement ili International Advanced Levels)ga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, 2019-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, har bir viloyatda Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida e’lon qilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20 fevral kuni “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |