Allaqachon, bu usulning eng samarali usul emasligi haqida
siz bilasiz.
Xo’sh, ishni nimadan boshlash kerak? Sotuv voronkasi
qanday quriladi?
Samarali sotuv voronkasi qurish quyidagi besh qadamdan
iborat bo’ladi:
1 Landing Page yaratish (veb-saytingizdagi sizning
mahsulot va xizmatingizni sotish uchun yaratilgan sahifa);
2 Potensial auditoriyangiz rad eta olmaydigan yuqori qiymat-
ga ega bepul ma’lumot yoki ekskluziv taklif (lid magnet);
3 Lid parvarishlash tizimi;
Endi, yuqoridagi qadamlar nima
uchun va qanday qilib amal-
ga oshirilishi haqida batafsil ko’rib chiqamiz.
Qadam #1 - Landing Page yaratish
Biz uchratadigan deyarli barcha reklama yurishlaridagi eng
katta xatoga, aynan, mana shu nuqtada yo’l qo’yiladi.
Reklama posti uchun yuqori sifatga ega dizayn tayyorlana-
di, auditoriyani link ustiga bosishga undaydigan kuchli matn
yoziladi, reklama uchun
yetarlicha byudjet belgilanadi, rekla-
ma ishga tushadi va…
OBSESS
Bet 28
...Va hammasi mana shu nuqtada natijaga erishish mumkin
bo’lgan nuqtadan boshqa tomonga qarab ketadi.
Buning sababi - reklama linkida sotuvchi Landing Page
yaratilib qo’yilmagan bo’ladi.
Aksariyat reklamalarda reklama linki o’rniga Google Forms
linki, Telegram kanal yoki undan
ham yomoni sotuv opera-
torining Telegrami linki berilgan bo’ladi.
Reklama orqali kelgan trafikni bu saytlarga jo’natish juda
ham past samaradorlikka ega. Buning ikkita sababi bor:
1. Bu ko’rinishdagi linklarda sotayotgan mahsulot yoki xiz-
matingiz haqida yetarlicha ma’lumot bera olmaysiz;
2. Mahsulot yoki xizmatingizni sotib olish uchun siz bilan
bog’lanmagan auditoriyaga re-targeting reklamalaringizni
ko’rsata olmaysiz.
P.S. Asosiy sifatli lidlar Landing Page’ga
tashrif buyurganlar
uchun yuritiladigan re-targeting reklamalar orqali olib
kelinadi.
OBSESS
Bet 29
Landing Page - siz taklif qilayotgan xizmat yoki mahsulot ha-
qida batafsil ma’lumot berilgan, potensial mijozlarning nima
uchun
raqobatchilaringizdan emas, sizdan sotib olishi kerak-
ligi haqida aniq sabablar keltirilgan yoki…
Tashrif buyurganlarning kontakt ma’lumotlari (Ism, telefon
raqam yoki email) olib qolinadigan sahifa hisoblanadi.
Undan tashqari, sahifaga tashrif buyurib sotib olmasdan yoki
siz bilan bog’lanmasdan chiqib ketganlarga
ikkinchi reklama-
laringizni ko’rsata olishingiz uchun ham sizda kuchli ishlan-
gan Landing Page bo’lishi shart.
Aks holda, sizning sotuv operatorlaringiz kun bo’yi vaqtlarini
sotib olish ehtimoli juda ham past bo’lgan sifatsiz lidlar (biz-
nesingizga qiziqish bildirgan potensial mijoz) gaplashib be-
huda sarflashlari mumkin.
P.S. Facebook forma orqali yoqilgan reklamalardan yig’iladi-
gan lidlar ham sifatsiz bo’ladi.
Ya’ni u orqali yig’ilgan kontaktlarning sizdan sotib olish ehti-
moli past bo’ladi.
Uning o’rniga kontakt ma’lumotlari
olib qolinadigan Landing
Pagedan foydalanish sotuv operatorlaringizning sotuvlari
sonini oshirishiga katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: