MUNDARIJA.
|
Kirish
|
|
1. Bob.
|
ADABIYOTLAR ShARXI.
|
|
1.1
|
BUG‘DOYNING AHAMIYATI, EKIN MAYDONI VA HOSILDORLIGI
|
|
1.2.
|
Bug’doy seleksiyasining rivojlanish tarixi.
|
|
1.3.
|
Bug‘doy seleksiyaning tezpisharlikka qaratilgan yunalishi va seleksiyada tezpishar navlar yaratish usullari.
|
|
2. Bob
|
TAJRIBA O‘TKAZISh ShAROITI, MANBAI VA TADQIQOT USLUBLARI
|
|
2.1.
|
2.1. Tajriba o‘tkazilgan joyning tuproq-iqlim tavsifnomasi
|
|
2.2.
|
Tadqiqot o‘tkazish uslubi
|
|
2.3.
|
Tajribada qo‘llanilgan bug‘doy yetishtirish texnologiyasi
|
|
3 Bob.
|
TADQIQOT NATIJALARINING NAZARIY VA AMALI AHAMIYATI.
Bugdoyning xar xil nav namunalarini tezpisharligini baxolash.
|
|
3.1
|
Tezpishar yumshoq bug‘doy namunalarini tanlash
|
|
3.2.
|
Bug‘doy nav namunalarining maxsuldorlik kursatgichlari
|
|
3.3.
|
Tezpishar va xosildorligi yuqori bulgan nav namunalarining iqtisodiy samaradorligi.
|
|
|
Xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar.
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
|
|
|
ILOVALAR
|
|
KIRISH
Dunyo bo‘yicha bug‘doy (Triticum aestivum L.) asosiy oziq-ovqat ekini xisoblanib, o’nga bo‘lgan talab va ishlab chiqarish paralell ravishda o‘sib bormoqda. «BMT xalqaro tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra jahonda umumiy don yetishtirish 2 mlrd 450 ming tonna atrofida bo‘lib, shundan 2 mlrd 194 ming tonnasi donli ekinlar (bug‘doy, javdar, arpa, suli, tritikale, sholi, makkajo‘xori, jo‘xori, tariq, marjumak), 256 mln tonnasi dukkakli don ekinlari ulushiga to‘g‘ri keladi.»1
Bugungi kunda dunyoda130 dan ortiq davlatlarda bug‘doy yetishtiriladi. Yetishtirilgan don hosilining 69,6 foizi Xitoy, Hindiston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Kanada, Germaniya, Pokiston, Avstraliya va Ukraina singari mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Dunyoda bug‘doy maydoni 240,6 mln. gektar, jumladan, Yevropa Ittifoqida 26,8 mln. gektar, AQShda 22,5 mln., Avstraliyada 13,4 mln., Qozog‘istonda 13,3 mln., Rossiya Federatsiyasida 10,6 mln., Kanadada 11,0 mln., Argentinada 6,8 mln., Ukrainada 6,6 mln. gektar maydonda ilg‘or texnologiyalar orqali bug‘doy yetishtirilib, dunyo bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik gektaridan 3,1 tonnani, yalpi hosil esa 757,4 mln. tonnani tashkil etadi.
Dunyoda bug‘doy yetishtiruvchi yirik mamlakatlarda tuproq sharoiti, nav xususiyatlari va yetishtirish texnologiyasining ilg‘or usullarini qo‘llash hisobiga don hosildorligi va sifatini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu nuqtai-nazardan, tabiatning turli ekstremal sharoitlariga bardoshli, kasallik va zararkunandalarga chidamli istiqbolli kuzgi bug‘doy navlarini yaratish, ularning urug‘chiligini takomillashtirish, turli tuproq- iqlim sharoitlarida ulardan mo‘l va sifatli don hosili yetishtirishda agrotexnik omillarni majmuiy ravishda, uyg‘unlashgan holda ishlab chiqish, almashlab ekishdagi o‘rnini aniqlash va amaliyotga joriy etish qishloq xo‘jalik sohasining shu kundagi muhim va dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlashda boshoqli don ekinlari, jumladan yumshoq bug‘doy hosildorligi va don sifatini oshirish, tezpishar, noqulay tashqi muhit omillariga chidamli bo‘lgan navlarni yaratish bugungi kundagi g‘allachilikning eng muhim ahamiyatga molik vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston g‘alla mustaqilligiga erishib, uni eksport qiluvchi sanoqli mamlakatlar qatoriga kirdi. Qishloq xo‘jaligida don hosildorligini oshirish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar tizimli amalga oshirilishi evaziga Respublikamizda 2019 yilda 8 mln. 377 ming tonna, 2021 yilda 6 mln. 656 ming tonna don hosili olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”2 gi Farmonida, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 fevraldagi O‘RQ-521-son “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-son O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi va Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu bitiruv ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |