Kirish bob xalq og`zaki ijodida tez aytishlarning pedagogik ahamiyati


Boshlang`ich sinflarga ingliz tilida tez aytishlarni o’rgatishni loyihallashtirish



Download 231,69 Kb.
bet5/7
Sana23.07.2022
Hajmi231,69 Kb.
#844469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tezzzzz aytishlar

2.2 Boshlang`ich sinflarga ingliz tilida tez aytishlarni o’rgatishni loyihallashtirish


Guruhlarda ishlash (1-ilova)
Sinf o‘quvchilari 3 ta guruhga bo‘linadi. Guruhdagi o‘quvchilar soni teng bo‘lingan holda har bir guruhga sardor tayinlanadi va nom qo‘yiladi. Bunda 3guruhga bo‘lib olingandan keyin har bir guruh savol-javoblarda faol qatnashishlari kerak.
Guruh nomlari:
I-guruh: Toys
II-guruh: Good
III-guruh: Flowers
Og‘zaki nazorat (2-ilova). Blits so‘rov usulidan foydalanaman.
Blits so‘rov savollari:

  1. Inglizchada tez aytishlar qanday aytiladi?

  2. Book so’zining tarjimasi?

  3. Daftar so’zining inglizcha nomi qanaqa?

  4. Inglizchada bilgan tez aytishlarizni sanab o’ting.

  5. O’quvchilar so’zining inglizcha nomi qanday?

O‘z-o‘zini baholash (3-ilova)
O‘z-o‘zini baholash bunda o‘quvchilar o‘zlariga o‘zlari baho qo‘yishadilar yoki sinfdoshlari tarafidan baholanadilar. Men o‘quvchilar o‘z-o‘zini baholashlari uchun ularga doskadagi tez aytishlarni ko`p marotaba aytishini so`radim:

Aqliy hujum (4-ilova)
Bunda o‘quvchilarga dars davomida o’rgangan tez aytishlarni ko’proq yodda saqlash uchun guruhlardan har bir guruhdan bir o’quvchi chiqib doskadagi tez aytishlarni tez aytadi.
Aqliy hujum

  1. “Toys” guruhi o’quvchilari quyidagi tez aytishni aytadi:



  1. “Book” guruhi o’quvchilari:



  1. “Flowers” guruhi o’quvchilari:


Eng ko`p va tez aytgan guruh o`quvchilari g’olib bo’ladi va rag’bantlantiriladi.

Xulosa


Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda yurtimizda ko’plab sohalar rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, turizm va xalqaro munosabatlar bugungi kunda muhim hisoblanadi. Yutimizdagi tez aytishlar, do’konlarni zamonaviylashtirish xorijlik mehmonlarni jalb qilishda muhim hisoblanadi. Bunda yoshlarning chet tilini bilish darajasini oshirish dolzarb hisoblanadi.Hozirgi kunda ta'limi tizimida o’qitish usullarining boy xazinasi to’plangan. Biz ta'limda to’g`ri usul tanlar ekanmiz, ko’zlangan natijaga komil ishonch va qisqa yo’l bilan erisha olamiz. Ta'lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to’xtovsiz murakkablashib borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kеlishi, umumiy o’rta ta'lim vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish o’qitish usullarini muttasil yangilab turishni, xalq pеdagogikasi, ayniqsa milliy sharq xalqlari pеdagogikasidan ijodiy foydalanishni talab qilmoqda. O’qitishning didaktik usullari va ularni o’rni bilan yangilab borish o’qituvchilar oldiga yosh avlodni kamol toptirishdеk muhim vazifani qo’yadi. Kеng ma'noda qo’llanadigan «usul» o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish, ma'lum ob'еktni o’zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlarini anglatadi.
O’qitish usuli dеganda, ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushuniladi.O’qitish usullari ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kеrakligini bеlgilab bеradi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish usullari har ikkala faoliyatning, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan yo’llarni o’z ichiga oladi. Dеmak, o’qitish usuli har ikkala tomonning faol faoliyati birligini ta'minlashga qaratilgandir. Biroq, ikkala faoliyat hamisha bir xil va bir yo’nalishda bo’lavеrmaydi. Dars jarayonida o’tiladigan matеrialning xaraktеriga qarab, o’qituvchi va o’quvchining faoliyati turlicha yo’nalishda bo’lishi mumkin.
Zamonaviy tilni o‘rgatish ko‘proq madaniyatli shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, u o‘z-o‘zini tahlil qilish va yangi bilimlarni tizimlashtirish ko‘nikmalariga
34
ega ekan. Innovatsion usullar butun tizimni modernizatsiya qilishning ajralmas qismidir. Shunga amin holda o‘qituvchilar eng ilg‘or yondoshuvlar bilan tanishishlari va keyinchalik ularni birlashtirishi va o‘z ishlarida foydalangan holda ta‘lim tizimida sezilarli o‘sishga erishish mumkin. Ko‘plab tashkilotlar axborotni jo‘natish va olish uchun multimedia imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi darajaga o‘tmoqda. Kompyuterlar va boshqa qurilmalardan foydalanish butun ta‘lim jarayonining muvaffaqiyatini belgilaydi.
Ta’lim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilg‘or, hayotda o‘zini oqlagan an’analarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qo‘llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do‘stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko‘rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo‘llash, nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda necha millat, necha xalq bo‘lsa, hammasining o‘ziga xos turmush tarzi, o‘tmish hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq an’analari mavjuddir.
Ta‘lim jarayonida o‘tkaziladigan treninglarda nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishga yetarli e‘tibor berilishi kerak. Bundan tashqari ta‘limda har bir darsning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Dars o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o‘quvchilar mustaqil erkin fikrlay oladilar, irodalari tarbiyalanadi.

Download 231,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish