Bog'liq ODDIY DIFFERENSIAL TENGLAMALAR SISTEMASI.doc.
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Yurtimizdagi 4,5 milliondan ziyod o’quvchining 76 foizi maktablar va „Barkamol avlod" bolalar markazlarida tashkil etilgan fan, musiqa va san’at to’garaklarida, sport mashg’ulotlarida faol ishtirok etmoqda. 2012-yil davomida mingga yaqin umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter xonalari, 1 ming 150 tadan ziyod kasb-hunar kollejidagi o’quv ustaxonalari amaliy mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan jihozlar, xom ashyo maxsulotlari bilan ta’minlandi. „Elektron ta’lim" loyihasi doirasida oliy o’quv yurtlarining kutubxona fondlarini elektron shaklga o’tkazish borasidagi dasturiy ishlar boshlandi. Internet tarmog’ida ishlash ko’nikmalarini egallash bo’yicha qishloq yoshlari uchun ishlab chiqilgan maxsus o’quv dasturi asosida 30 mingga yaqin yigit-qiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha o’z bilimini oshirishga muvaffaq bo’ldi.
O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tizimli va uzoq, kelajakni ko’zlab olib borilayotgan islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini xolisona baholagan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda 2012-yil 16-17 fevral kuni poytaxtimizda tashkil etilgan „Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti" mavzusidagi xalqaro konferensiyada so’zlagan nutqida quyidagilarni ta’kidlagan edi:
„O’zbekistonning ijtimoiy va gumanitar rivojlanish borasidagi yutuqlari taqsinga sazovordir. Hozirgi paytda O’zbekistonda zamonaviy vositalar bilan jihozlangan 1500dan ortiq kasb-hunar kollejlari va listeylar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 59 oliy o’quv yurti, Yevropa va Osiyoning nufuzli oliy o’quv yurtlarining filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. Toshkentda Quyosh energiyasi bo’yicha xalqaro ilmiy-tadqiqot institutining ta’sis etilishi ta’lim sohasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga yana bir yorqin misoldir.
Ta’lim sohasi bizning “Strategiya-2020” deb nomlangan uzoq muddatga mo’ljallangan strategiyamizning beshta asosiy yo’nalishlaridan biridir. OTB (Osiyo taraqqiyot banki) ta’lim sohasini rivojlantirishda O’zbekiston bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda mamlakat bo’yicha maktablar, o’qituvchilarni tayyorlash, dareliklar va ta’lim dasturlarini moliyalashtirishga oid sakkizta loyiha ma’qullangan. Ta’lim — imkoniyatlar tengligini ta’minlaydigan buyuk mezon. U jamiyat aql-zakovatining yuksalishi, raqobatdoshlikning kuchayishi va yutuqlar ko’payishining muhim omili vazifasini o’taydi”.
Oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz — mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O’zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o’rin egallashi ham — bularning barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o’sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo’lib voyaga yetishiga bog’liqdir.
Differensial tenglamalar sistemasi nazariyasi hozirgi zamon matematikasining muhim va murakkab tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Tabiatda uchraydigan turli jarayonlar (avtomobil harakati, sayyoraning uchishi,fizik va ximik va biologik jarayonlar va h.k) o’z harakat qonunlariga ega. Ba’zi jarayonlar bir xil qonun bo’yicha sodir bo’lishi mumkin, bu hol esa ularni ishini o’rganish ishini yengillashtiradi. Bunday jarayonlarni o’rganishda differensial tenglamalar fanining o’rni katta. Differensial tenglamalar sistemasi yordamida bir qator nazariy va amaliy masalalar hal qilinadi. Bu bitiruv malakaviy ishida oddiy differensial tenglamalar sistemasini yechishning eng sodda usullari berilgan. Bitiruv malakaviy ishida nazariy masalalar qisqacha bayon etilib, konkret tenglamalarni turli usullar bilan yechishga ko`proq ahamiyat berildi.