Bitiruv malakaviy ishining obyekti va predmeti.Ishning obyekti bo’lib, sug’urtalash maqsadida yuridik va jismoniy shaxsalarning ko’chmas mulklarini baholash bilan shug’ullanadigan baholash kompaniyalari va ularning mol-mulkni sug’urta qilish maqsadidagi baholash faoliyati hisoblanadi. Ishning predmeti – sug’urtalash maqsadida yuridik va jismoniy shaxsalarning mol-mulklarining bozor bahosini aniqlash bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo’lib, sug’urtalash maqsadida yuridik va jismoniy shaxsalar ko’chmas mulkining bozor bahosini aniqlash bilan bog’liq muammolarning oldini olishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishiningvazifalari. Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
ko’chmas mulkning sug’urtalash ob’ekti sifatidagi iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini ochib berish;
- sug’urtalash maqsadida ko’chmas mulkni baholash xususiyatlarini yoritish;
- sug’urtalash maqsadida ko’chmas mulk qiymatini baholashning me’yoriy-huquqiy asoslarini yoritish;
- xorijiy mamlakatlarda sug’urtalash maqsadida ko’chmas mulk qiymatini baholash va unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish;
- sug’urtalash maqsadida ko’chmas mulk qiymatini baholashning xorij tajribasi tahlil qilish;
- sug’urtalash maqsadida ko’chmas mulkni baholash ob’ekti sifatida hududiy joylashuv muhiti, tavsifi, ekspertizasi, bozor tendentsiyalarini tahlil qilish;
- sug’urtalash maqsadida ko’chmas mulkning bozor qiymatini daromadli xarajatli va qiyosiy yondashuv asosida baholash;
- sug’urtalash maqsadida ko’chmas mulkning yakuniy bozor qiymatini aniqlash va ekspert xulosasi loyihasini shakllantirish.
Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati sug’urtalash maqsadida ko’smas mulkning bozor bahosini aniqlashga oid ilgari surilgan fikr-mulohazalar baholash faoliyatiga oid tadqiqotlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Bulardan tegishli tashkilot va bo’linmalar foydalanishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan xulosalar va tavsiyalardan kelgusida mazkur sohada ilmiy izlanishlarni olib borish va baholash tashkilotlari tomonidan sug’urtalash maqsadida ko’smas mulkning bozor bahosini aniqlash jarayonida foydalanish mumkin.