KIRISH
Bitiruv ishining asosi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda It sohasiga qiziqish va unga etibor oshib bormoqda. Bu sohani rivojlantirish borasiqa qator ishlar olib borilmoqda, jumladan Prezident Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimidagi ishlarni tahlil qilish, sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, Prezident ta’kidlashicha, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barcha sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi.
“Yil boshida ushbu muhim sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ko‘plab vazifalar ijrosi to‘liq ta’minlanmadi. Tarmoqqa investitsiya jalb etish, xizmatlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni eksport qilish ahvoli bizni umuman qoniqtirmaydi”, — dedi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yangi vazir va uning o‘rinbosarlari Vazirlik rahbariyati o’zgartirilganidan tegishli xulosa qilib, o‘z ishlarini mutlaqo boshqacha tarzda tashkil etishlari lozimligini ta’kidladi.
“Mavjud muammolarni tezroq bartaraf etish va tarmoqni tubdan rivojlantirish, jalb etilayotgan investitsiyalar va eksport hajmini keskin ko‘paytirish, eng muhimi, qisqa davrda tizimda sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlash kerak”, — dedi Prezident.
Majlisda davlatimiz rahbarining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni va Prezident huzuridagi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash qanday borayotgani tahlil qilindi. Sohani jadal rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar ishtirokidagi loyihalar hissasini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni keskin yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Pochta aloqasi faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Axborot xavfsizligini mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratildi.
“Sohada kadrlar tanqisligi sezilayotgani, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida ilmiy salohiyatga ega pedagoglar bor-yo‘g‘i 21 foizni tashkil etishi qayd qilindi. Shu bois universitetda o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.”
Xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 5 yillik milliy dasturni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi
Hozirgi kunda ommabop dasturlash tillari: Java, java script, C++ , C++Bulder, Python (piton), Visual studio,Visual studio code, Delphi, HTML, Logo, Ruby, Android studio kabilar.
Bu diplo’m ishida Java haqida gaplashamiz. Bizning hayotimizni osonlashtiradigan kuchli va kamchiliklari mavjud bo‘lgan dasturlash tillari juda ko‘p. Java esa o‘tgan 20 yil mobaynida eng yaxshi dasturlash tillaridan biri ekanini isbotladi. Vaqt o‘tishi bilan Java muvaffaqiyatli dasturlarni amalga oshirish uchun muhim tarkibiy qism sifatida o‘z o‘rnini egalladi. Dasturlash tillari mashhurligining so‘nggi indekslari Javaning eng mashhur tillardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi.Javani o‘rganish uchun resurslar juda-juda ko‘p. Java rivojlangan dasturiy til bo‘lib, ta’lim jarayonida mukammal ko‘makchi sifatida ishlaydigan ko‘plab onlayn resurslar mavjud. O‘zingizning ehtiyojingizga qarab, o‘rganishingiz uchun bepul va pulli ta’lim resursini bemalol topa olasiz. Qisqacha qilib aytganda, Java bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollaringiz forumlarda allaqachon so‘ralgan va ularga javoblar berilgan. Ish topish imkoniyatlari keng. Java bo‘yicha yaxshi bilimga ega dasturlovchilarga talab doimo katta. Katta imkoniyatlarga ega va keng tarqalgan dasturlash tili texnologiya sanoatida ish o‘rinlarini yaratishda davom etmoqda. Bundan tashqari, Android ilovalari mashhurligi Javadagi mobil ilovalarni yozadigan Android dasturchilar uchun juda ko‘p imkoniyatlar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |