Kurs ishining dolzarbligi shundan iboratki, hozirgi kunda ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida, darslarni tashkillashtirishda axborot texnologiyalari va zamonaviy innovatsion metodlardan foydalanish samarali hisoblanmoqda. Shuning uchun barcha sohalarda kompyuter va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish dolzarb muammo bo`lib kelmoqda. Axborot texnologiyalaridan fizika va astronomiya fanlarini o‘qitishda foydalanish – darsliklarning elektron versiyalari, hodisa va jarayonlarning kompyuter modellari, demonstrasiya jihozlarining virtual stendlarini, virtual planetariy va hakozo bosqichlaridan iborat bo‘lib, yoshlarning fizika va astronomiya fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, hodisa va qonuniyatlarni chuqurroq anglab ta’savvur etishda muxim ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |