Kirish Auditning maqsadi, malumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish


Auditning maqsadi, malumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish



Download 287,2 Kb.
bet2/4
Sana10.07.2022
Hajmi287,2 Kb.
#767814
1   2   3   4
Bog'liq
audit ab

Auditning maqsadi, malumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish. Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'iy nazar korxonalardagi mehnat jarayoni ishtirokchilari (xodimlar va ish beruvchilar) o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi respublika mehnat qonunchiligining asosiy hujjati O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi1 (O`zR MK) hisoblanadi. Unda xodimlarning asosiy mehnat huquqlari belgilangan.«Har birxodim:- o`z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo`lmagan miqdorda haq olish;
- muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o`rnatish, bir qator kasblar
va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to`lanadigan yillik ta'tillar berish orqali ta'minlanadigan dam olish; xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat
qilish;
- kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ish bilan boqliq holda sog`ligiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning
o`rnini qoplash; - kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining
manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
- qariganda, mehnat qobiliyatini yo`qotganda, boquvchisidan mahrum
bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xollarda ijtimoiy ta'minot olish;
- o`zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
- jamoalarga doir mehnat nizolarida o`z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir»1 . Audit jarayonida auditor, ayrim korxona darajasida ishga haq to`lash va ish beruvchi bilan xodim o`rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish unda qabul qilingan ichki me'yoriy hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga oshirilganligi, ular korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi vakillari ishtirokida ishlab chiqilganligiga alohida e'tibor berishi lozim. Mehnat shartnomalari ish beruvchi bilan mehnat jamoasi vakil qilgan shaxs o`rtasida (jamoa shartnomasi); ish beruvchi va ayrim xodimlar o`rtasida (mehnat shartnomasti, to`liq moliyaviy mas'uliyat haqidagi shartnoma) tuzilishi mumkin. - quyidagilar ish beruvchilar bo`lishi mumkin: - korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo`linmalari o`z rahbarlari timsolida; - mulkdorlarning o`zi ayni bir vaqtda rahbar bo`lgan xususiy korxonalar; - o`n sakkiz yoshga to`lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda. - Ish beruvchi: - korxonani boshqarish va o`z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish; - qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat tuzish va bekor qilish; - mehnat shartnomasida shart qilib ko`rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish; - o`z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa ish beruvchilar bilan jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a'zo bo`lish huquqiga egadir. «Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emasligi kafolatlangan» . Ularni qo`llash mehnat qonunchiligini buzish hisoblanadi. Masalan, «agar ish beruvchi xodimga ish vaqtidan tashqari ishlagani uchun qonunchilikda belgilangan ustama haqni»4 to`lamagan taqdirda xodim o`z qilgan mehnati uchun ish beruvchidan O`zR MK da belgilab qo`ygan tartibda va hajmda hisoblashishni talab qilishga haqli. Ish beruvchi haq to`lashdan bosh tortsa xodim kasaba uyushmasi vakillik organi (yoki korxona xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa biror organ) yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o`rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy me'yoriy hujjatdir. Uning shartlari mehnat jamoasi a'zolari uchun ham, xodimlar uchun ham majburiy hisoblanadi. Jamoa shartnomasining predmeti mehnat va unga haq to`lash shartlari, mehnat jamoasi a'zolariga ijtimoiy uy-joy-maishiy va tibbiy xizmat ko`rsatish, ish beruvchi tomonidan beriluvchi kafolatlar va imtiyozlar hisoblanadi. Jamoa shartnomasi xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o`zlari vakolat bergan boshqa vakillik organ orqali, ikkinchi tarafdan - bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. Tekshiruv o`tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq to`lashning qanday shakllari va tizimlari qo`llanilishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to`lash va mukofotlash to`g`risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to`lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hisob bo`limi komputerlashganligi va boshqalarni aniqlashi lozim.
Test savolnomasini o`tkazish bo`yicha namunaviy savollar ro`yxati 8.1- jadvalda keltirilgan.

Mehnat va ish haqi haqida tushuncha hamda uni hisobga olishning vazifalari Jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi. Хo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish sharoitida mehnatga haq to’lash, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko’plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to’lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag’batlantirishni korxonalar mustaqil o’zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o’z ichiga oladi. Bozor munosabatlariga o’tish xodimlarga yana aksiya va obligatsiyalar bo’yicha dividend va foizlar tarzida boshqa manbalardan daromad olish imkoniyatini berdi. Har Bir xodimning mehnat daromadlari, korxona faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan holda, uning qo’shgan hissasi bilan aniqlanadi, soliq bilan tartibga solinadi va maksimal miqdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori bor va u qonunchilik bilan belgilanadi. Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to’lashni yuridik asosini mehnat to’g’risidagi qonuniy hujjatlar, korxonalarning jamoat shartnomalari va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. Daromadlarni indeksatsiya qilish va pulning qadrsizlanishi bilan bog’liq bo’lgan aholi zararlarini qoplash ijtimoiy kafolatdagi yangilik bo’lib hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoyalash va qo’llab - quvvatlashda ijtimoiy sug’urta, pensiya fondi, bandlik fondi va boshqa davlat budjetidan tashqari fondlari alohida o’rin egallaydi. Ularning tashkil etilishi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha budjetdan tashqari fondlar maxsus maqsadli ajratmalar va boshqa manbalar hisobidan tashkil etilib, davlat budjetidan ajralgan holda faoliyat ko’rsatadi va muhim ijtimoiy tadbirlar va rejalarni moliyalashtirishda foydalaniladi.Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar buxgalteriya hisobi schy otlarining 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» passiv schyotida yuritiladi. Mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida asosiy o’rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan. Хo’jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to’lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo’shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to’lashga doir hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish; hisoblangan ish haqi va sug’urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schyotlariga o’z vaqtida hamda to’g’ri o’tkazib borishni ta’minlash; boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo’yicha ko’rsatkichlarni operativ yig’ish va guruhlash; ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi va ish vaqtidan foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat.

Download 287,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish