Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi to’rt qismdan iborat bular kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan addabiyotlar.
Mavzunning dolzarbligi: Sotib olingan, shuningdek tashkilotning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining to’liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni etkazib berish va o’rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
Kurs ishining predmeti: Banklardagi maxsus schotlar haqida barcha ma’lumotlarni berib ularning turlari va bank maxsus schotlari pullari haqida to’liq tarif beramiz.
Kurs ishining obyekti: Nomoddiy aktivlar haqida haqida ma’lumotga ega bo’lish orqali aktivlarni tahlil qilish haqida ma’lumotga ega bo’lish.
Kurs ishining maqsadi: Nomoddiy aktivlar nimaligi va bularni o’rganish nima uchun kerakligi va bu bilimlarga tayangan holda to’g’ri qarorlar qabul qilishni o’rgatishdir.
Kurs ishning vazifalari: Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar hisobda aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan chiqariladi:
-tugatish;
-sotish;
-beg’araz berish;
-kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi;
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar - tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi:
ishlab chiqarish tugaganidan so’ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko’ra.
Sotib olingan, shuningdek tashkilotning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining to’liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni etkazib berish va o’rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga to’langan summalar;
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yig’imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
bojxona bojlari va yig’imlari;
nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
nomoddiy aktivlar ob’ektlarini etkazib berish tavakkalchiligini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
aktivdan maqsadga ko’ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida nomoddiy aktivlarning tobora salmoqli ahamiyat kasb etib borayotganligini hisobga olgan holda, ularning hisobi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va ulardan samarali foydalanilayotganligini auditorlik tekshiruvlaridan muntazam ravishda o‘tkazib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Nomoddiy aktivlar auditi ham ularning hisobi kabi yetarli darajada shakl topmagan tadqiqot obyektlari jum lasiga kiradi.
Audit bunga vakolatli bo‘lgan shaxslar - auditorlar tomonidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotining ishonchliligi hamda moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ekanligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini, ularning to‘liqligi va aniqligini tekshirish demakdir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, nomoddiy aktivlar auditining maqsadi - O‘zbekiston Respublikasidagi qonunchilik asosida nomoddiy aktivlarning holati, harakati, baholanishiga obyektiv baho berishdan iborat. Bunda nomoddiy aktivlar hisobining ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Nomoddiy aktivlarni tekshirishning asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir:
• aktivlarning nomoddiy aktivlarga to‘g ‘ri olib borilganligi;
• nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘lgan ixtirolar bo‘yicha patentlar, sanoat namunalari, tovar belgilari, kompyuterlar uchun dasturlar va boshqa huquqlar, ishchanlik obro‘si tegishli hujjatlarda rasmiylashtirilishi;
• nomoddiy aktivlar kelib tushishi va hisobdan chiqarilishi bo‘yicha operatsiyalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;
• nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymatini to‘g ‘ri baholash;
• nomoddiy aktivlarning foydalanish muddatini va amortizatsiva ajratmalarini hisoblashni to‘g ‘ri aniqlash;
• nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va uni hisobda aks ettirishni tanlangan usulini hisob siyosatida belgilanishi;
• nomoddiy aktivlarning ayrim obyektlari bo‘yicha analitik hisobini tashkil etilishi;
• nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi, hisobotda ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri ochib berilishi»1.
Nomoddiy aktivlarni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlar qo‘yidagilardan iborat:
• nomoddiy aktivlar bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumot manbalari quyidagilardan iborat: nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha sotib olish-sotish (yaratish) shartnomalari, mualliflik shartnomalari, nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnomalar, litsenziyalar, nomoddiy aktivlar obyekti Ustav kapitaliga kiritilganligi va ular narxlari bo‘yicha kelishilganligi to‘g‘risida bayonnomalar, nomoddiy aktivlarni hisobga olish bo‘yicha inventar varaqalari. inventar daftarlari, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, ta’sischilar majlisining bayonnomalari, amortizatsiya ajratmalarini hisoblash bo‘yicha jadvallar, 0410-0490, 0510-0590, 9220, 6010, 4890-sonli va boshqa schetlar bo‘yicha hisob registrlari (jurnal-orderlar, qaydnomalar, mashinogrammalar va boshqalar), Bosh kitob va boshqalar;
• nomoddiy aktivlar hisobi bo‘yicha sintetik va tahliliy hisob registrlari;
• buxgalteriya hisoboti.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktiv qismidagi I- Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida «Nomoddiy aktivlar» deb nomlanadigan modda bo‘yicha boshlang‘ich (tiklash) qiymati (020-satr), jamg‘arilgan amortizatsiyasi (021-satr), qoldiq qiymat (022-satr) aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida quyidagi axborotlarning mohiyati yoritilishi lozim:
• nomoddiy aktivlar foydali xizmat muddatlari to‘g‘risidagi (ayrim guruhlari bo‘yicha);
• qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi;
• amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullari to‘g‘risidagi. Amalda nomoddiy aktivlarga doir muomalalar kamdan-kam sodir bo‘lganligi sababli, mulklarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘riligini yoppasiga tekshirish maqsadga muvofiq.
Nomoddiy aktivlar (nomoddiy aktivlar) sub'ekti korxonaning buxgalteriya hisobida nisbatan yaqinda paydo bo'lgan. Bu, bu aktiv ekzotik yoki ma'lum darajada kamdan -kam uchraydi degani emas. Boshqa tomondan, ko'rib chiqilayotgan nomoddiy aktivlar assortimenti keng va amalda qonun bilan hech qanday cheklanmagan, biroq aktiv bu toifaga kirishi uchun ma'lum talablarga javob berishi kerak.
Yoqilgan bu lahza haqidagi qoidaga asoslanib, bu nom uchun aniq ta'rif yo'q buxgalteriya, 14/07 "Nomoddiy aktivlarni hisobga olish" raqami bilan siz bunday ta'rifni olishingiz mumkin: buxgalteriya hisobidagi nomoddiy aktivlar - bu jismoniy shaklga ega bo'lmagan tashkilotning moliyaviy salohiyatining o'lchanadigan va o'lchanadigan qismi. vaqt o'tishi bilan foyda.