Yarim o’tkazgichli tranzistorlar mavzusini pedagogik texnologiyalarda qo’llash va tranzistorlarni olish texnologiyasi.
Hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar fizika fanini o’qitish jarayoniga ham yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashni talab qiladi. Bugungi kunda ta’lim sohasida kompyuterlardan keng foydalanilmoqda. Zamonaviy dars deganda, bugungi kunda kopmyuterlardan keng foydalangan holda jahon tajribalariga asoslangan holda dars o’tishni tushunmoq kerak. Bunga asosiy e’tibor o’qitishning natijasiga, ya’ni o’quvchilarning nazariy bilimlarini mukammal egallashiga va shu bilan birga yetarli amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishiga, ya’ni olgan nazariy bilimlarni amalda qo’llay olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilishi kerak. Buning uchun fizika darslarini o’qitishda fan va texnika yutuqlaridan, yangi texnologiyalardan unumli foydalanmoq zarur, o’quvchilarning mustaqil bilib olish ko’nikmasini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratmoq kerak. Pedagogik texnologiyalarni juda ko’plab usullari mavjud. Masalan, Keys Stadi usuli, har xil turdagi klasterlar, turli shakldagi diagrammalar va jadvallar, muammoli o’qitish metodi shu kabilarni misol qilishimiz mumkin. Misol uchun muammoli o’qitish metodi. Muammoli o’qitishda asosan, uning qanday tuzilganli, ishlash prinsipi, olinish usullari, keng ko’lamda qo’llanish sohalariga qay maqsadda xizmat qilishini aytishimiz mumkin.
Yarim o’tkazgichli tranzistorlarni pedagogik texnologiyalarda qo’llashda, yarim o’tkazgichli tranzistorlarning ishlashini vakuumli uch elektrodli elektron lampalarga qiyoslash mumkin. Bunda emitter katod ro’loni o’ynaydi, to’rning o’rnida esa baza bo’ladi. Emittor, baza va kollektor sohalarining qaysi biri kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy bo’lishiga qarab , tranzistorning zanjirga uch xil ulanishi mavjud: umumiy emitter, umumiy baza, umumiy kollektor. Tranzistorlar faqat elektr signallarini kuchaytirishga xizmat qilmay, balki ularni generatsiyalashga ham mo’jallangan. Tranzistorlardan foydalanish integral elektronikaning rivojlanishiga olib keladi. Integral elektronikada yarim o’tkazgichning bitta kristalida bir vaqtning o’zida ko’plab miqdor tranzistorlar va ular orasidagi bog’lanishlar yasalib, ular yetarlicha tugal integral mikrosxemadan iborat bo’ladi. Yarim o’tkazgichlar asosida ishlovchi qurilmalarning elektron lampalarga qaraganda qator afzalliklari mavjud. Vakuum zarur bo’lmasligi, tranzistorlarning ishlash muddati uzoq bo’lishi, o’lchamlarining esa kichik bo’lishi, mehanik jihatdan juda mustahkamligi, cho’g’lantirish uchun energiya sarf bo’lmasligi, ishlab chiqarishning arzonligi tufayli o’tkazgichli qurilmalarga kata e’tibor berilmoqda. Shuning uchun radiotexnikada, elektron- hisoblash mashinalarida, samalyotsozlik, kosmonavtika va boshqa sohalarda elektron lampalar o’rnini yarim o’tkazgichli qurilmalar egallamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |