Kirish. Asosiy qism Xulosa


Koreyaning bo’linishi (1945-1949)



Download 153,92 Kb.
bet6/19
Sana11.03.2021
Hajmi153,92 Kb.
#61303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Muhammadali. Kurs ishi.

Koreyaning bo’linishi (1945-1949)

Potsdam konferensiyasida (1945-yil iyul-avgust) Ittifoqchilar bir ovozdan Koreyani koreyslar bilan maslahatlashmasdan, Qohira konferensiyasiga zid ravishda ajratishga qaror qilishdi.

1945-yil 8-sentabrda AQShning general-leytenanti Jon R.Xodj Yaponiyaning 38-paralleldan janubdagi yerlarda taslim bo'lishini qabul qilish uchun Inchxonga keldi. Harbiy gubernator etib tayinlangan general Xodj Koreyada Qo'shma Shtatlar armiyasining Harbiy hukumati orqali Janubiy Koreyani to'g'ridan-to'g'ri boshqardi (USAMGIK 1945–48). U yapon mustamlakachilarining asosiy ma'murlari va ularning Koreya politsiyasidagi hamkorlarining faoliyatini qayta tiklash orqali boshqaruv o'rnatdi. Harbiy hukumat qisqa vaqt mavjud bo’lgan Koreya Xalq Respublikasining muvaqqat hukumatini kommunistik ekanligiga shubha qilib, uni tan olishdan bosh tortdi. Ushbu siyosatlar Koreyaning suverenitetini bekor qilib, fuqarolar isyoni va partizanlar urushini keltirib chiqardi. 1945-yil 3-sentabrda Yaponiyaning 17-mintaqa armiyasi qo'mondoni general-leytenant Yoshio Kozuki Xodj bilan bog'lanib, Sovetlar Kesonda 38-paralleldan janubda ekanligini aytdi. Xodj Yaponiya armiyasining hisobotining to'g'riligiga ishondi.

1945-yil dekabr oyida Koreyani Moskva konferentsiyasida (1945) kelishilgan holda AQSh-SSSR Qo'shma Komissiyasi boshqargan. Koreyaliklar muzokaralardan chetlatildi. Komissiya besh yillik homiylikdan so'ng mamlakat mustaqillikka erishishiga va’da berdi. Koreyslar qo’zg’olon ko’tardilar, janubda ba’zilari norozilik bilan chiqishdi, ba’zilari qurol ko’tarishdi. Harbiy hukumat 1945-yil 8-dekabrda ularni nazoratda ushlab turish maqsadida ish tashlashni bekor qildi va 1945-yil 12-dekabrda Koreya Xalq Respublikasi inqilobiy hukumatini va Xalq qo’mitalarini qonunga xilf deb e’lon qildi.

1946-yil 23-sentabrda Pusan shahrida 8000 kishilik temir yo'lchilarning ish tashlashi boshlandi. Mamlakat bo’ylab tarqalgan tartibsizliklar ,,Kuzgi qo’zg’olon’’ nomi bilan tanilgan. 1946-yil 1-oktyabrda Degu qo'zg'olonida Koreya politsiyasi uch talabani o'ldirdi; namoyishchilar qarshi hujumga tushib, 38 politsiyachini o'ldirishdi. 3-oktabr kuni Yongchon politsiya bo'limiga 10 mingga yaqin odam hujum qildi, uch politsiyachi o'ldirildi va yana 40 kishi jarohatlandi, boshqa joylarda 20 ga yaqin yer egalari va Janubiy Koreya rasmiylarini qo'llab-quvvatlovchi amaldorlar o'ldirildi. Harbiy hukumat jangovar holat e’lon qildi.

Milliy ozodlik kurashchisi Li Sin Man yetakchiligidagi Vakillik Demokratik Kengashi (Representative Democratic Council) Koreya ustidan sovet-amerika vasiyligiga qarshi chiqdi, 35 yil davmida (1910-1945) yapon mustamlakachiligidan so’ng koreyslar boshqa istilochilarga toqat qilmasligini bildirdi. Harbiy hukumat, AQShning Koreyadagi okkupatsiya zonasida antikommunistik hukumat o’rnatish uchun 1948-yil 31-martni Birlashgan Millatlar Tashkiloti saylovini o’tkazish muddati etib belgilab, Moskvada kelishilgan 5 yillik vasiylikdan voz kechishga qaror qildi.

3-aprelda Koreyaning Yaponiya boshqaruviga qarshiligini namoyon qilish bilan boshlangan namoyish Janubiy Koreya askarlari tomonidan 60,000 fuqaro o’ldirilishiga sabab bo’lgan Jeju qirg’ini bilan tugadi.

10-mayda Janubiy Koreyada birinchi umumxalq saylovlari bo’lib o’tdi. Sovetlar bunga birinchi qarshilik ko’rsatishdi, keyin esa AQShni Moskva konferensiyasida qabul qilingan vasiylikni hurmat qilishini talab qilib, saylovlarni boykot qildi. Uch oy o’tgach, 1948-yil 25-avgustda Shimoliy Koreyada ham parlament saylovlari o’tkazildi.

Anti-kommunistik Janubiy Koreya hukumati 1948-yil 17-iyulda milliy-siyosiy konstitutsiyani e’lon qildi va 20-iyulda Amerikada tahsil olgan Li Sin Manni president etib sayladi. Saylovlar 600 kishining o’limiga olib kelgan qo’poruvchilik harakatlari bilan o’tdi. 1948-yilda 15-avgustda Koreya Respublikasi(Janubiy Koreya) tashkil topdi. Rossiyaning okkupatsiya zonasida SSSR Kim Ir Sen boshchiligida Kommunistik Shimoliy Koreya hukumatini tashkil etdi. Janubiy Koreya prezidenti kommunist va so’lchilarni siyosatdan chetlatdi. Bunga qarshi, ular hukumatga qarshi partizan urushiga tayyorgarlik ko’ra boshlashdi.

Milliy ozodlik kurashchisi sifatida, Li Sin Man ham, Kim Ir Sen ham Koreyani o’z siyosiiy tizimlari ostida birlashtirmoqchi edilar. Koreya yarimorolini nazorat qilish uchun kurashda Iosif Stalin va Mao Szedun bilan bir qatorda kurashgan shimoliy koreyaliklarni Sovet Ittifoqi ham, Xitoy ham qo’llab-quvvatladi. Ular chegaradagi doimiy otishmalarni avj oldirdilar va keyin bostirib kirishga tayyorgarlik ko’rishdi. Janubiy Koreya, cheklangan resurslar bilan, ularga teng kela olmasdi. Ushbu davrda, Sovuq Urush boshlanayotganda, AQSh hukumati barcha kommunistlar, millatidan qat'i nazar, Moskva tomonidan boshqariladi yoki to'g'ridan-to'g'ri ta'sir o'tkaziladi deb taxmin qildi. Shunday qilib, AQSh Koreyadagi fuqarolar urushini Sovet gegemonik manyovri sifatida tasvirladi.

1948-yilda Janubiy Koreyada so’l qanot askarlar hukumatning apreldagi Yosu-Sunchxon isyonidagi Jeju qirg’iniga qarshi bosh ko’tardilar.

Sovetlar 1948-yilda kelishuvga ko’ra Koreyadan chiqib ketdi. AQSh qo’shinlari Janubiy Koreya armiyasini nisbatan yomon jihozlangan holatda qoldirib, 1949-yilda Koreyani tark etdi. 1949-yil 25-dekabrda Janubiy Koreya harbiy kuchlari 86-88 kishini o’ldirdilar va bu ishda kommunistik bosqinchi guruhlarni aybladilar.




Download 153,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish