Bajariladigan vazifa |
Klaviaturadagi tugmacha
| Qo’shni katakchaga o’tish uchun |
TAB (Agar kiritish joyi jadvalning oxirgi katakchasi bo’lsa, TAB tugmachasining bosilishi yangi qator qo’shadi)
| Oldingi katakchaga o’tish |
SHIFT + TAB
| Oldingi yoki keyingi qatorga o’tish |
Yu+ORIGA STRYeLKA yoki PASTGA STRYeLKA
| Qatordagi birinchi katakchaga o’tish uchun |
ALT HOME yoki ALT 7 (klavi-aturaning raqam blokida NUMLOCK yoqilgan bo’lishi zarur)
| Qatordagi oxirgi katakchaga o’tish uchun |
ALT END yoki ALT 1 (klaviaturaning raqam blokida NUMLOCK yoqilgan bo’lishi zarur)
| Ustundagi birinchi katakchaga o’tish uchun |
ALT PAGE UP yoki ALT 9 (klaviaturaning raqam blokida NUMLOCK yoqilgan bo’lishi zarur).
| Ustundagi oxirgi katakchaga o’tish uchun |
ALT PAGE DOWN yoki ALT 3 (klaviaturaning raqam blokida NUMLOCK yoqilgan bo’lishi zarur)
| Yangi abzats boshlash uchun |
ENTER
| Jadvaldan oldin xujjat boshiga matn qo’shish uchun |
Birinchi katakcha boshida ENTER bosiladi.
|
JADVALDAN KATAKCHALARNI, QATOR VA USTUNLARNI YO’QOTISH
Katakchalarni o’chirishdan oldin katakcha belgilarini aks ettiruvchi tartibni yoqish zarur.
Qatorni o’chirishdan oldin qator belgilarini aks ettiruvchi tartibni yoqish zarur.
O’chirilishi zarur bo’lgan katakcha, ustun va qator belgilanadi.
Tablitsa menyusida Udalit yacheyki, Udalit stroki yoki Udalit stolbsi buyruqlari tanlanadi.
Katakchani o’chirishda zarur parametr tanlanadi va o’chirish amalga oshiriladi.
Vstavit (Kiritish) menyusidagi Obekt buyrug’idan tanlangan diagramma Microsoft Graph 2000 (Microsoft Graph 2000 diagrammasi) turidagi obekt Microsoft Graph 2000 diagrammasini hamda unga bog’liq malumotlarni o’z ichiga olgan MS Graph jadvalini aks ettiradi. MS Graph jadvali malumotlarni, ustun va satrlar nomini kiritilishida namuna bo’lib xizmat qiladi. Diagrammani yaratgandan keyin MS Graph jadvaliga yangi malumotlarni kiritish mumkin, matn faylidan yoki Lotus 1-2-3 faylidan malumot, Microsoft Excel diagrammasini yoki umuman boshqa dasturning malumotlarini olish mumkin.
Undan tashqari, Word jadvalidan diagramma yaratish mumkin yoki Word xujjatiga Microsoft Excel diagrammasini kiritish mumkin.
DIAGRAMMALAR YARATISH
Microsoft Word dasturining Vstavit menyusidan Obekt buyrug’ini tanlash kerak, so’ng Sozdani (Yaratish) qismiga o’tish lozim.
Tip Obekta (Obektning turi) ro’yxatidan Diagramma Microsoft Graph 2000 (Microsoft Graph 2000 diagrammasi)ni tanlash kerak.
Obektni Risovanie (Rasm chizish) anjomlar panelidagi Deystviya (Amallar) menyusi buyruqlarini ishlatish mumkin bo’lgan grafik sohada joylashtirish uchun Poverx teksta (Matn ustida) bayroqchasini faollashtirish zarur. Diagrammani joriy abzatsda oddiy matn simvoli sifatida joylashtirish uchun Poverx teksta (Matn ustida) bayroqchasi o’chiriladi. OK tugmachasi bosiladi.
Malumotlarni o’zgartirish uchun jadvaldagi katakchalarda sichqonni bir marta bosib, kerakli malumotlarni kiritish kerak.
Word ga qaytish uchun Word xujjati ustida sichqon bir marta bosiladi.
WORD JADVALIDA DIAGRAMMA YARATISH
Word jadvali yaratiladi, unda yuqori qatorda va chap ustunda yozuvlar hamda qolgan katakchalarda sonlar turishi kerak. Nuqtali diagrammani ko’rishdagi malumotlarning bazi o’ziga xos xususiyatlari Microsoft Graph malumotli tizimda mavjud.
Jadval ustida sichqonni bir marta bosib, so’ng Tablitsa menyusida Videlit tablitsu (Jadvalni belgilash) buyrug’ini tanlash kerak.
Vstavit menyusidan Obekt buyrug’ini tanlab, so’ng Sozdanie (Yaratish) qismiga o’tish lozim.
Tip obekta (Obektning turi) ro’yxatidan Diagramma Microsoft Graph 2000 (Microsoft Graph 2000 diagrammasi)ni tanlash kerak.
DASTURDA RASMLAR O’RNATISH. TASVIRLAR USTIDA AMALLAR
Xujjatga rasm kiritishning bir nechta usuli mavjud, masalan, Clip Gallery ilovasidan rasm kiritish, boshqa dasturlardagi skaner qilingan rasmni yoki fotosuratni kiritish. Rasmni kiritgandan so’ng uni grafik obektlar to’plamiga aylantirish mumkin, keyin Risovanie (Rasm chizish) anjomlar panelini ishlatib, uni tahrirlash mumkin, masalan, chiziqlar va chegaralar ichidagi soha rangini o’zgartirish, elementlarni qayta bo’yash yoki rasmlarni birlashtirish mumkin.
RASMNI FAYLDAN KIRITISH
Rasm kiritilishi kerak bo’lgan joy belgilanadi. Vstavit menyusidan Risunok, so’ng Iz fayla yoki Kartinki buyrug’i tanlanadi. Kerakli fayl yoki rasm topilib, sichqoncha 2 marta bosiladi.
RASMNI SKANERDAN KIRITISH
Rasm kiritilishi kerak bo’lgan joy belgilanadi.
Vstavit menyusidan Risunok so skanera buyrug’i tanlanadi.
RASMLARGA O’ZGARTIRISH KIRITISH
Rasmlarni belgilash jarayonida ekranda Format risunka (rasm formati) anjomlar paneli paydo bo’ladi. Undan tasvirni qisqartirish, chegaralar qo’shish, aniqlik va kontrasni yaxshilash uchun foydalaniladi. Bu panelni paydo qilish uchun rasm ustiga sichqoncha o’ng tugmasi bosiladi va Format risunki buyrug’i tanlanadi.
TASVIRLAR TUSHIRISH ANJOMLAR PANELI
WORD dasturining quyi qismida Risovanie (Tasvirlar tushirish) anjomlar paneli joylashadi. Bu yerda mavjud vazifali tugmalar yordamida har xil chizmalar hosil qilish uchun imkoniyatlar ochiladi.
7-rasm
D eystviya (tartibga solish) tugmasi faollashtirilganda, sahifalardagi tasvirlarning joylashuvini tartibga solish, rasmni matnning ustiga yoki aksincha joylashtirish va hokazo amallar bajariladi. Amallar bajarish uchun quyidagi ro’yxat darchasi paydo bo’ladi:
-rasm
Bu yerdagi har band alohida muloqot darchasiga ega. Masalan, Poryadok bandiga murojat qilinganda, hosil bo’lgan darchadagi qism bandlari yordamida tasvirlarni joylashtirish tartibi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |