Internet – texnologiya turizmni rivojlantirishda ulkan qiziqish uyg‘otadi. U quyidagi imkoniyatlarga ega:
axborotlar va mahsulotlar taklifini dunyo bo‘yicha nisbatan arzon narxda ko‘proq odamlarga yetkazadi;
an’anaviy matbuot nashrlariga nisbatan ancha yuqori sifatli axborotlarni taqdim etadi;
iste’molchilarga mahsulotlarni yengilroq va oddiy usullarga bronlashtirishni ta’minlaydi;
ishlab chiqarish va axborot tarqatishda katta tejamkorlik beradi.
Internet – tizimlar marketingni yangi imkoniyatini ta’minlaydi – elektron pochta orqali mahsulotlar harakati iste’molchi manziliga yetib boradi, ular mazkur turistik yo‘nalishlarni katta ishtiyoq bilan sotib olishlari aniq. Bunday tizimlar o‘tmish buyurtmalari va mijozlar haqida xotirada keng axborotlarni eslab qolish va saqlash imkonini beradi. Bunday ma’lumotlar demografik omillar, qiziqishlar, maqbul joylashtirish vositalari va h.k.larni hisobga olgan holda mahsulotni yo‘naltirishning yaxshiroq tomonlarini aytib berishi mumkin. Mijoz haqida axborot turli manbalardan yig‘ilgan bo‘lishi mumkin: telefonda so‘zlashuvlar, Internetda, axborot – ma’lumotnoma kioskalari, turistik axborot bo‘limlarida yagona ma’lumotlar bazasida saqlangan ma’lumotlardan. Internetda yaratilgan Web – saytlar iste’molchiga tez va osongina sayohatni rejalashtirishdan uni bronlashtirishga o‘tishga imkonini beradi. Sog‘lom fikr ularga xuddi shu to‘g‘ri yo‘l tijoriy operatsiyani amalga oshirish uchun maqbul ekanligini aytib turadi.
Samarali Web –sayt yaratilishi Internetdan foydalanish sari birinchi qo‘yilgan qadam. Uni an’anaviy elektron kanallar orqali olg‘a siljitish uchun faol kompaniya o‘tkazish juda muhimdir. Keyin barcha imkoni bor an’anaviy kanallarda maqsadga qaratilgan reklama kompaniyalarini tashkil etish zarur, bunda agressiv marketing texnologiyasi «surib yuborish»dan foydalanish lozim.
Turistik bozor ishtirokchisi portal hisoblanadi (ixtisoslashgan SAYT, tematikani belgilash bo‘yicha katta ma’lumotlar bazasiga ega). Uni Internetda ishlovchi tashkilot qo‘llab-quvvatlaydi va yuz minglab yoki hatto millionlab foydalanuvchilar uchun onlayn texnologiyasi darvozasi bo‘lib hisoblanadi. Portalni qidiruv deriktoriyasi, dastur mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki TV kanali taqdim etishi mumkin. Kompaniya nima bilan shug‘ullanmasin muhimi iste’molchi uning xizmatidan foydalansin, unga ishonsin. Kompaniyaning ishonchli nufuzi uning mahsulotlariga, jumladan, turistik mahsulotlariga ishonch tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |