Web – saytda umumiy axborot. Axborot madaniy an’analar va urf-odatlar muhim rol uynaydigan yoki alohida xususiyatlar kasb etgan regionlar uchun ahamiyatlidir. Chunki potensial turistlarni ko‘pincha ana shular o‘zlariga jalb etadi. Kim ilgari turistik region haqida bazaviy ma’lumotlar olmagan bo‘lsa, qayerga borish kerak, iqlim va region geografiyasi qanday, aholisi nima bilan band, zamonaviy voqealari, tarixi, madaniyati, odatlari, telekommunikatsion xizmat, jamoat transporti, do‘konlar ishlash vaqti kabi ma’lumotlarga zarurat bo‘ladi.
Odatda yordamchi axborotlar saytga yuklangan keng va batafsil matnlardan iborat. Bundan qochish kerak – Web sayt tashrif buyuruvchiga matnni o‘qish yoki uni o‘tqazib yuborish imkonini berishi lozim. Muvaffaqiyatli saytlar ko‘p sonli savollar bo‘yicha batafsil axborotlarni taklif qiladi va bunda samarali indekslar tizimiga ega. Ular tashrif buyuruvchiga faqat ularni qiziqtiruvchi ma’lumotlarni tanlashga ko‘maklashadi. Material mazmuni oddiy va tushunarli tarzda berialadi.
Eng yaxshi saytlar «Axborot almashish taxtasi» ga ega. Bir foydalanuvchi turistik muammolar bo‘yicha savollar berishi, boshqasi ularga javob berishi mumkin. Savollar va javoblarni sayt kirgan har qanday tashrif buyuruvchi o‘qishi mumkin. Bu tashvishlangan sayohatchilar katta davrasi uchun ajoyib axborot uzatish usullidir. Unda boshqa vaqtda ishlatilmagan mavzular qo‘shilgan. Onlayn rejimida bahsli forumlar ham taklif etilishi mumkin. Unda ishtirok etishni xohlovchilar ruyxatdan o‘tishlari kerak.
Sayohatning interfaol rejasi quyidagi mavzular bo‘yicha axborotlar so‘rashga imkon beradi: turistik regionga qanday yetib borish kerak, qayerda joylashish mumkin, turistik markazda nima bilan shug‘ullanish mumkin, qanaqa diqqatga sazovar joylar bor. Voqealar, ekskursiyalar, transport masalasi qanday. So‘ngra tashrif buyuruvchiga ular so‘ragan xizmatlarni yetkazib beruvchilar ruyxati taqdim etiladi. Web – sayt yetkazib beruvchi haqida uning ismi, manzili, telefon raqami va faksi, fotosurati, xizmatlar narxi va ularning qisqacha tafsiloti bayon qilingan batafsil ma’lumotlarni taqdim etadi. U shuningdek elektron pochtasi va zarur rekvizitlarini xabar qilgan holda yetkazib beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradi. Mahorat bilan tuzilgan broshyura tufayli foydalanuvchi maxsus papkada kompyuter xotirasida kerakli sahifani saqlaydi. Bu unga keyinchalik ularni ko‘rib chiqish yoki qayta ko‘chirib olish imkonini beradi. Sayohatning interfaol rejasi esa bir qator mezonlar asosida foydalanuvchi tanlagan marshrutni tuzish, harakterlash imkonini yaratadi. Bularning barchasi saytdan olingan axborotlardan qoniqish darajasida va marshrutni ishlab chiqish jarayonlarida foydalanuvchini diqqat – e’tibor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |