Kirish Asosiy qism Shovqin ekologiyasi



Download 296,61 Kb.
bet7/7
Sana09.08.2021
Hajmi296,61 Kb.
#142796
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maftuna

Issiqlik dvigateli siklik ravishda ishlashi (2.2.3-rasm)



issiqlik mashinasining tuzilishi (2.2.2-rasm)




Karno sikli - navbatma-navbat o‘zaro almashinib turuvchi ikki izotermik va ikki adiabatik jarayondan iborat qaytar aylanma issiqlik jarayonidir. (2.2.4-rasm).





karno sikli (2.2.4-rasm)


Karno sikli deb ataladigan ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan iborat siklni 2.2.5-rasmda keltirilgan kolenchatli val va shatun o‘rnatilgan porshenli silindr misolida ko‘rib chiqamiz.
ichki yonuv divegatel davrlari (2.2.5-rasm)



  1. Silindrdagi porshen eng pastki holatida, gaz hajmi V1 ni tashkil etadi. Silindrni T1 temperaturali isitkichli idishga joylashtirilgan. Boshlang‘ich holatdagi gazning temperaturasi T1, bosimi p1 va hajmi V1 bo‘lsin, ushbu jarayonni 2.2.4-rasmdagi pV diagrammada gazning boshlang‘ich holatini 1 deb belgilaymiz. T1 temperaturali isitkichdan silindrga Q1 issiqlik miqdori beriladi va gazning isitkgichdan olayotgan issiqlik miqdori hisobiga uning izotermik ravishda hajmi V2 gacha kengayishi amalga oshadi. Nihoyat, gazning ikkinchi holatdagi parametrlari p2, V2, T1 bo‘ladi. Bu holatda gaz A1 ish bajaradi.

2.2-rasmdagi pV diagrammada gazning izotermik kengayishi 1-2 izoterma bilan ko‘rsatilgan.

  1. Kengayishning ikkinchi adiabatik bosqichida Q1 issiqlik miqdori kamaytirilsa-da, porshen V2 dan V3 gacha kengayadi. Gaz ichki energiyasi hisobiga porshen A2 ish bajariladi, gazning temperaturasi pasayad. 2.2.4-rasmdagi pV diagrammada gazning adiabatik kengayishi 2-3 adiabata bilan ko‘rsatilgan, gazning bu holatdagi parametrlari p3, V3, T2 bo‘ladi.



  1. Gazning izotermik siqilishini amalga oshirish uchun silindr T2 sovutkichga joylashtiriladi va porshen siqiladi, gaz hajmi V3 dan V4 gacha kamaytirila boshlaydi. Bu jarayon izotermik bo‘lishi uchun A ish batamom issiqlikka aylanib, gaz Q2 issiqlik miqdorini sovutkichga uzatadi, 2.2.5-rasmdagi pV diagrammada gazning izotermik siqilishi 3-4 izoterma bilan ko‘rsatilgan, gazning bu holatdagi parametrlari p4, V4, T2 bo‘ladi.




  1. iklning oxirgi qismida gaz adiabatik siqilib, porshen gaz hajmini V4 dan V1 gacha kamaytiradi. Bunda bajarilgan ish gaz temperaturasini boshlang‘ich darajasiga ko‘tarish uchun sarflanadi va sistemaning ichki energiyasi ortadi. 2.2.5-rasmdagi pV diagrammada gazning adiabatik siqilishi 4-1 adiabata bilan ko‘rsatilgan, gazning bu holatdagi parametrlari p1, V1, Tx bo‘ladi, ya’ni boshlang‘ich holatdagi qiymatini egallaydi.

Shunday qilib, ideal gaz o‘zining dastlabki holatiga qaytadi va ichki energiyasini to‘la tiklaydi. Sikl davomida ideal gaz isitkichdan Q1 issiqlik miqdorini oladi va sovitkichga Q2 issiqlik miqdori beradi. Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq, Q1 - Q2 issiqlik miqdori ish bajarishga sarflanadi va bu ish son qiymati jihatidan sikl o‘rab turgan yuzaga teng.

Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti. Issiqlik mashinasining yoki Karno siklining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) deb quyidagi kattalikka aytiladi:

(2.2.2)

Agar issiqlik mashinasining bajargan ishi hisobga olinsa, ya’ni A = Qx - Q2 bo‘lsa, unda,

(2.2.3)

Shuningdek, Karno siklining FIK ni isitkichning va sovitkichning temperaturalari orqali ham ifodalash mumkin:
(2.2.4)

Demak, ideal issiqlik mashinasining FIK ishchi moddaning turiga bog‘liq bo‘lmay, balki isitkichning va sovitkichning temperaturalari bilangina aniqlanadi.

(2.2.4) ifodadan yana quyidagi xulosalarga kelish mumkin:



  1. issiqlik mashinasining FIK ni ko‘tarish uchun isitkichning temperaturasini oshirish, sovitkichning temperaturasini esa pasaytirish kerak;

  2. issiqlik mashinasining FIK doimo birdan kichik bo‘ladi.

(2.2.4) ga muvofiq Karno FIK to‘g‘risida teoremasini yozgan. Isitkichning va sovitkichning berilgan temperaturalarida istalgan dvigatelning FIK Karno siklining FIK dan katta bo‘lmaydi.

  1. Issiqlik dvigatellari va ekologiya

Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug‘ mashinasi, bug‘ turbinasi, ichki yonuv dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi.

Tabiatni muhofaza qilish. Tabiatning oliy mahsuli bo‘lmish inson, qolaversa boshqa jonzotlar ham shu tabiatning bir qismidir. Ular yashashi va rivojlanishi uchun esa zarur ne’matlar – toza havo, toza suv va toza mahsulotlar kerak. Biz nafas oladigan havo Yer atmosferasini tashkil qiluvchi gazlarning aralashmasidir. Uning tarkibida kislorod, azot, vodorod va boshqa tabiiy gazlardan tashqari chang, tutun, tuz zarralari va boshqa aralashmalar mavjud. Bundan tashqari, havo tarkibida sanoat chiqindilari ham bo‘ladi. Issiqlik dvigatellarining ko‘p miqdorda ishlatilishi ham atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi paytda Yer yuzida har yili 2 milliard tonna ko‘mir va 1 milliard tonna neft yoqiladi. Bu esa Yerdagi temperaturaning ko‘tarilishiga va natijada muzliklarning erib, okeanlardagi suv sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, atmosferaga 120 million tonna kul va 60 million tonnagacha zaharli gaz chiqarib tashlanadi. Dunyodagi 200 milliondan ortiq avtomobil har kuni atmosferani uglerod (II) oksid, azot va uglevodorodlar bilan zaharlaydi. Issiqlik va atom elektr stansiyalari quvvatlarining ortishi bilan suvga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Shuning uchun hozir havo va suv havzalarining ifloslanishidan saqlanishning bevosita va bilvosita usullaridan foydalaniladi. Bevosita usul – bu turli tutunlar va gazlarni tozalab chiqarish; atmosferani kam ifloslantiradigan yoqilg‘ilar – tabiiy gaz, oltingugurtsiz neft va boshqalardan foydalanish; benzinsiz yuradigan avtomobil dvigatellarini yaratish va hokazolar. Bilvosita usullar atmosferaning pastki qatlamidagi zaharli moddalar konsentratsiyasining keskin kamayishiga olib keladi. Bular chiqindi chiquvchi manbalarning balandligini orttirish, meteorologik sharoitlarini hisobga olib aralashmalarni havoga sochib yuborishning turli usullaridan foydalanish va hokazolar.

Issiqlik divigatellari mavzusidan qisqa xulosa chiqaradigan bo’lsak

Issiqlik divigatellari – ekologiya kushandasidir deyish mumkin

Shuning uchun ham elektr divigatelli avtomashinalar, poyezdlar hattoki samalyotlar ishlab chiqarish allaqachon boshlangan.

  1. Ekologik ta’limning holati va o’quvchilarni tarbiyalash.

Munozarali savollardan biri bo’lib ekologik ta’limni metodik tashkil etish muammosi hisoblanadi. Bunday qarashda ikkita sosiy tendensiya mavjud. Ba’zi mutaxassislar alohida ekologiya fanini ishlab chiqarishni zarur deb hisoblab, ta’limning turli darajalaridagi mazmuniga biologiyaga ekvivalent bo’lmagan ekologik ta’limni kiritish kerak, balki ular bir-biri bilan qattiq o’zaro aloqada bo’lsa ham.

Ikkinchi ta’rafdorlar esa barcha o’quv fanlarini ekologiyalashtirish samaraliroq deb hisoblashadi, chunki ekologik muammolar fanlararo global harakterga ega. Hozirgi kunda mana shu yo’nalish ko’proq qo’llab quvvatlanmoqda. Bu o’z aksini xalqaro konferensiyalarda topmoqda. Eng qiziqarli munozaralar ekologik ta’limning yo’nalishlari to’g’risidadir.

Diqqat markazida nima turish kerak degan savol prinspial hisoblanadi: “tabiiy muhit yoki tabiat dunyosi”.

Birinchi holatda ekologik ta’lim tabiat dunyosi to’g’risidagi aniq tabiiy ob’yektlarni to’plami (ularning komplekslari);

Ikkinchidan, takrorlanmas, jozibador, tabiiy ob’yektlarga subyektiv oqilona munosabatda bo’lish va uchinchidan ular bilan noprogmatik o’zaro ta’sir texnologiyasi va strategiyasini shakllantirishga qaratilgan bo’lishi kerak.

Ekologik ta’limda aynan birinchi yo’nalish xalqaro darajada qo’llab –quvvatlanib, dunyoda eng rivojlanish taraqqiyotiga ega bo’lmoqda.

Maktab fizika kursining ekologik aspekti prinsip jihatidan o’quvchilarga texnika va texnologiyani ekosistemaga salbiy ta’sir ko’rsatish asoslari haqida ma’lumot berishdan iboratdir.

Ekologik toza energiya (daryo, shamol, quyosh nurlari, dengiz qaytishi va quyilishi va getermal manbalar va boshq) manbalari, shuningdek yopiq ishlab chiqarish sikllari haqida tasavvurlarga ega bo’lish katta ahamiyat kasb etadi.

Fizika kursida o’quvchilarda ekologik yo’nalishdagi muhandis-konstruktorlik strategiyalarini energiya tejamkor ixtirolari (dvigatellarni F.I.K ko’tarish, ikkilamchi resurslardan foydalanish, texnologik jarayonlarda energetic va xom-ashyo yo’qotishlarni kamaytirish) asosida shakllantirish mumkin.

Asosiy e’tiborni halokatlardan himoya qilish masalalariga (betonli sakrofaglar va po’lat qobig’lar yadrochiqindilari uchun kontenerlar) shuningdek tozalash inshootlari (elektrfiltrlari, inertsion filtrlar, aerosol filtrlari, materiallar asosidagi filtrlar, adsorpsion filtrlar, diffusion membranalari va boshq) qaratish lozim.

Chernobl halokati fizika kursida radiatsion ifloslanish, radiaratsion fon va uning ruxsat etilgan parametrlari, radiatsiya darajasini o’lchash uchun asboblar, ularni individual foydalanish kabi muammolarni ko’rib chiqishni faollashtirdi.

Ma’lumki, biologiya fani eng avvalo tirik organizmlar darajasida va biosferda o’zaro ta’sir harakterini tizimliligini, geografiya fani esa tabiat olamini bir butunligi haqida kimyo fani esa tabiiy muhitning ifloslanishi to’g’risida fizika fani esa tabiat bilan energetik o’zaro ta’sir to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantiradi.

Barcha ilmiy fanlarda “tabiat-jamiyat-inson” tizimini analiz qilish zarur hamda bu sistemadagi elementlarning o’zaro ta’sir yo’llarini namoyish qilish zarur.

Fizikada.

Fizika kursidagi mavzular. Fizikani o’rganishdagi qonun va tushunchalar. Gaz, suyuqlik va qattiq jismning bosimi. Bosim, atmosfera bosimi, Paskal qonuni suyuqlik va gazlardagi bosim.



  • fizikada jism impuls saqlanish qonuni, mexanik ish, kinetic va potensial energiya, impuls saqlanish qonuni va mexanik energiya.

  • Molekulyar kinetik nazariya asoslari, temperature, bosim havo namligi.

  • Molekulyar kinetic nazariyaning asosiy tenglamasi, Boyl-Mariott, Gey- Lyusak, Sharl qonunlari.

  • Turli muhitlarda elektr toki. Tok kuchi, qarshilik. Elektroliz qonuni.

  • Atom va atom yadrosi.

  • Yadroning defect massasi. Yadroning bog’lanish energiyasi. Yadro reaksiyasida energiya chiqishi. Bor postulotlari. Radiaktiv bo’linish qonuni.

Biologiyada.

Bilogiyada Arximed kuchi, ildizdagi bosim o’pka va to’qimalarda gaz almashinishi baliqning suzish pufakchasining ishi, qon bosimi, kimyoda atmosferaning kimyoviy va biologic ifloslanishi va inson salomatligi. Ob-havoni inson kayfiyatiga ta’siri issiqlik hodisalari (issiqlik uzatishda issiqlik harakati, erish va qotish, bug’lanish va kondensatsiya, solishtirma issiqlik sig’imi, solishtirma erish issiqligi, solishtirma bug’lanish issiqligi) biologiyada daraxt po’stlog’ining himoya funksiyasi (sovug’ urishdan himoya);



  • Barglarda suv bug’lanishi, barglarni to’kilishi. Biologiyada sut emizuvchilar va qushlar tanasining himoya funksuyasi, suvdagi sut emizuvchilar teriosti yog’lari, issiqlik alshinishida inson terisining roli.

  • Kalmar, osminoga, karakatitsiyalarning harakatlari.

  • Energiya va modda almashuvining umumiy harakteristikalari. Plastik va energetik almashinishlarni o’zaro aloqadorligi. Organizmda energiya sarfi.

  • Biosferada moddalarni aylanishi va energiyaga aylanishi.



  • O’simliklar, hayvonlar va insonlarninafas olishi.

  • Turli xildagi baliqlarni elektr organlari. Elktrdan shokka tushganda birinchi yordam.

  • Vaqt intervalining o’lchashni radioizotop usuli.

Ekologiyada.

Ekologiyada sayyoramizda suvning aylanishi, ekosistemada energiya oqimi va moddalar aylanishi buzilishining halokatlari. Ekologiyada. Atmosfera ifloslanishini tabiiy va sun’iy manbalari, parnik effekti, ozon ekrani muammosi,



  • Sayyoramizda suvning aylanishi.

  • Atmosferada gazlar tarkibi va balansi hamda ularni buzilishi.

  • Hujayralarda energetik almashish. Fotosintez.

  • Atmosfera tarkibi va ifloslanishini inson va tirik organizmlar hayotiga hamda holatiga ta’siri.

  • Issiqxona effekti ozon ekrani muammosi.

  • Mineral va energetik resurslar, ulardan insoniyatni foydalanishi.

  • Yer osti boyliklarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish.

  • Yangi energiya manbalaridan foydalanish. Foydali qazilmalarni ishlab chiqishda atrof-muhitni saqlash.


Kimyoda.

Kimyoda chegaraviy va nochegaraviy uglevodorodlarning yonishi, neftni fraksiyali haydash, reaksiyani issiqlik samarasi.



  • Kimyoviy reaksiya chog’ida energiya almashinishi va saqlanish qonunlari.

  • Modda miqdori, mol modda miqdori birligi. Avagadro soni, molyar massa, nisbiy molyar massa, kristall panjara, kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va texnikada qo’llanilishi.

  • Elektrolitik usul bilan suvni parchalash.

  • Elektrolitlar va elektrolitlarmas. Elektrolitik dissotatsiya. Elektrokimyoviy jarayonlar. Elektroliz. Metallar tuzilishining xususiyatlari. Metal bog’lanish.metallarni fizikaviy va kimyoviy harakterli xuxusiyatlari.

  • Gulukoza, kraxmal, saxarozalar gulukozi. Oqsillar gidrolizi. Metallarni D.I.Mendaleyev sistemasidagi holati, atomlarning electron tuzilish xususiyatlari.

  • Metallar olishning elektrokimyoviy usullari.

  • Molekula va atomlar, kimyoviy elementlar belgisi, nisbiy atom massa. Kimyoviy reaksiyalar. Avagadro qonuni. Davriy qonun va kimyoviy elementlarning davriy sistemasi.

  • Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar. Reaksiyaning issiqlik samarasi.

Atrof-muhitni asrashning zarurligi bir qator omillarning harakatiga asoslangan. Ulardan eng muhimlari ichida to’xtalamiz:

1) sayyoramizda aholi soni juda tez osganligi yaxshi ma’lum. Bundan 200 ming yil avval sayyoramizda 1 million kishiga yaqin inson yashagan. Bugungi kunda sayyoramizdagi insonlar soni 7 mlrd.dam ortib ketdi. Aholi sonining bunday tez o’sishi insoniyatning tabiatga bo’lgan ta’sirini kuchaytirdi. Yirik shaharlardan atrof-muhit holatining yomonlashuvi kuzatilmoqda. Shu bilan birga yirik shaharlarga sanoat qurilishlari va aholining ko’plab joylashuvi jamiyatning zamonaviy rivojlanishi hisoblangan urbanizatsiyaning rivojlanishiga olib keldi.

2) sanoatni rivojlanishi bilan yoqilg’i va energiya iste’moli keskin o’sdi. Faqatgina so’nggi 100 yilda aholi soni boshiga nisbatan energiya ishlab chiqarish 20 marta oshdi. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish sezilarli darajada o’sdi. Avvallari bitmas-tuganmas deb hisoblangan foydali qazilmalar bugun defisit bo’lib qoldi.

Har yili 100 mlrd.tn.ga yaqin ruda qurilish va yoqilg’i foydali qazilmalari qazib chiqarilmoqda. Jamiyat foydali qazilmalarni ko’proq ishlab chiqarish uchun qazib chiqarish hududlarini va ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlantirmoqda.

3) Haydov yerlarini o’zlashtirish ortmoqda. Avvallari yer yuzasining katta qismi tabiiy aylanishda edi. Undagi barcha ishlab chiqarishlar tabiatni ixtiyorida bo’lgan. Bugunga kelib bunday yerlar tobora ozayib bormoqda, ulardan xo’jalik ishlariga jalb etilmoqda. Insoniyat tomonidan ko’proq tabiiy muhitni bir qismi bo’lgan suv resurslarga ta’siri kuchaymoqda. Ko’plab yirik suv omborlari, kanallar, qazilmoqda, tog’larni foydali qazilmalar olish maqsadida buzilmoqda.

4) XXI asrning birinchi choragidan sayyoramizning atmosferasida issiqxona effekti paydo bo’lib, bu asosan uglekisli gaz va boshqa moddalarning atmosferadagi tarkibiga bog’liq. Buning natijasida, sayyoramiz sisrtida temperaturaning 2-30C ga ko’tarilishi real xavfni tug’dirmoqda. Shu bilan birga Er xavo qobig’ini shaffofligi, shuningdek, suvlarning tozaligi yomonlashmoqda;

Masalan, dunyo okeanining sirti neft pardalari bilan qoplanmoqda. Havoga yil davomida bir mlrd.tn.ga yaqin turli xildagi tabiatda mavjud bo’lmagan konserogen moddalar chiqarilmoqda. Eng asosiysi, insoniyat tabiatdagi muvozanatni yo’qolishi mumkin bo’lganligi bilan holat bilan to’qnashmoqda. Ayniqsa, oqava suvlarining sanoatda va maishiy xizmatda foydalanish natijasida qaytarilmasligining o’sishi yiliga 4-5%ni tashkil qiladi. Har 15 yilda tabiatdagi Er maydonlar buzilishi 2 barobar oshmqda;

5) insoniyatning tabiatga bo’lgan ta’sirini o’sib borishini fan va texnika kuchaytirmoqda. Ya’ni an’anaviy va yangi tabiiy resurslardan foydalanish mashtbi os’moqda. Shuningdek, insonning turli xildagi ishlab chiqarish faoliyati. Bu yo’nalishlar orasida quyidagilarni ajratib olish mumkin:

- fizik (termodinamik, mexanik, elektromagnitik);

- kimyoviy, biologik.

Yaqin vaqtlargacha insoniyat faoliyatining biologic aspekti juda katta xavf soluvchi: insonlar, echki, qo’y, qoramollarini o’zlarida ushlab turishlari, ko’paytirishlari natijasida bir butun mamlakatlardagi o’simliklarni yo’qolishiga sabab bo’ldi;

Yirik hayvonlarni yo’qotdilar;

O’rmonlarni kesish bilan birga yer usti qoplamalarini degradatsiyasini kuchaytirdilar va boshq.

Bu aspektlar hozir ham mavjud bo’lib, ular bilan bir qatorda bosh ta’sir etuvchi kimyoviy aspect rivojlanib bormoqda.

Ayniqsa kimyoviy sanoat mahsulot ishlab chiqarish natijasid tabiatni buzuvchi ta’sir ko’rsatmoqda.

Insoniyatni kimyoviy faoliyati tabiatdagi kimyoviy moddalarni iste’mol qilish bilan yig’iladi, yer ostidan kimyoviy elementlarni va birikmalarni qazib olish natijasida atmosferani hattoki kosmosni hamda atrof-muhitni chiqindilar bilan, shuningdek biosferani yangi yuqori faollikka ega bo’lgan kimyoviy birikmalar bilan to’ldirilmoqda.

Buning natijasida shunday jadal katostrafik o’zgarishlar paydo bo’lib, organizmlarni yashash sharoitlariga ular hamjamiyatiga va butun ekosistemaga taxdid solish bilan birga ularni boshlang’ich tizimi va funksiyalarini tiklab bo’lmaydigan darajada xavf solmoqda.

Zamonaviy atmosferani paydo qilish uchun tabiatga million yillar zarur bo’lgan. Insoniyatga uni eng boshlang’ich davriga qaytarish uchun bir necha 10 yil yetarli bo’ladi.



  1. Fizika o’qitishda ekologik tarbiyaning roli

Bugungi kunda sayyoramizda insonlar o’zlari uchun yaxshi turmush tarzini shinamlikni yaratish uchun yer osti yoqilg’i boyliklarida xo’jasizlarcha foydalanishi evaziga sayyoramiz ekologiyasini, ya’ni biosferani muvozanat balansidan chiqarishga erishdilar. Ayniqsa atmosferaning buzilishi sayyoramizda turli xil halokatli ekologik tanglikni keltirib chiqarmoqda.

O‘rmonlarning katta miqdorda kesilishi, transport vositalarini ko’plab yaratilishi, insonlar va hayvonlar hayoti uchun zarur bo’lgan kislorodni kamayib borishiga sabab bo’lmoqda.



  1. Insonlar, xayvonlar xayotiy faoliyati, xar qanday yoqilg’ini yoqish uchun shunchalik zarur bo’lgan kislorod «xazinasi»;

  2. Xom ashyo: azot, argon, kimyo sanoati uchun uglеkislotalar «xazinasi»;

  3. Organik moddalar xosil qilish va organizmlar funksiyasi uchun qator elеmеnta rva kimyoviy birikmalar manbai;

  4. Enеrgiya olish vositasi (masalan, shamol dvigatеllari);

  5. Xavo transporti va tadqiqot apparatlarini xarakatlantirish vositasi;

  6. Aloqani amalga oshirish uchun, xususan, tovush aloqasini, atmosfеrasiz bir-birimizni eshitmagan bo’lar edik;

  7. Sanoatning gazsimon va chang ko’rinishidagi chiqindilarini tashlash uchun xizmat qiladi.

Atmosfеrada turli-tuman akustik, optik va elеktr xodisalari ro’y bеradi.

Atmosfеra fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi sayyoramizning o’simlik va xayvonot dunyosiga, odamlar sog’ligi, ularning ish qobiliyati va xayoti davomiyligiga salbiy ta`sir ko’rsatadi.



O’qituvchi: Atmosfеra xam suv kabi bеqiyos zaxira, uni inson yarata olishi mumkin, lеkin amalga oshira olmaydi, chunki uni yaratish uchun xadsiz enеrgiya zarur. qat`iy muxofaza, xavoning tabiiy tiklanishiga ko’maklashish, uni tozalash jamiyat va tabiatning toza xavoga bo’lgan barcha extiyojlarini ta`minlaydi.

Lеkin shunga qaramay, sayyoramiz atmosfеrasi xaddan ortiq ifloslantirilgan. Xozir bu atmosfеra xavosi ifloslanishi manbalari va turlari xaqidagi ma`ruzani tinglaymiz.



1-ma`ruzachi: Atmosfеra xavosining qattiq ifloslanishi sanoat korxonalari tomonidan gazlar va turli kеlib chiqishdagi qattiq zarralarning tashlanishi natijasida sodir bo’ladi. Yonilg’i qazilmalari, nеft, ko’mir, torfdan kеng foydalanish atmosfеrada karbonad angidrid gazi miqdorining ortishiga olib kеladi. Uning qo’shimcha manbai esa o’rmon va cho’l yong’inlari olimlarning xisob-kitobicha, xar yili atmosfеraga 1,3.1012 kg karbonad angidrid gazi tushadi. SHu bilan birgalikda insonning jadal faoliyati natijasida karbonad angidrid gazining quruqlikdagi o’rnini qishloq xo’jalik ekinlari bilan qoplash karbonad angidrid gazini yutish nuqtai nazaridan muqobil bo’lolmaydi. Bularning barchasi karbonad angidrid gazining xavoga tushishi uning o’simliklar tomonidan yutilishidan ortib kеtishiga olib kеladi.Bundan tashqari, yoqilg’ini yoqish atmosfеrada uglеrod oksidining to’planishiga sabab bo’ladi, u esa inson va xayvonlar uchun zaxardir. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, 1 tonna bеnzindan 60 kg uglеrod oksid xosil bo’ladi. Xavoning uglеrod oksidi, shuningdеk og’ir elеmеntlar birikmalari, xususan, avtotransport ishlaganida to’la yonmagan bеnzin maxsulotlari bilan xavoni ifloslantirish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda tobora ko’proq miqyos kasb etmoqda. Buning ustiga toshko’mir va nеft tarkibida anchagina miqdorda oltingugurt xam bor. YOqilganda oltingugurt oltingugurt gaziga aylanadi va inson yoki xayvon o’pkasiga tushib, eriydi va oltingugurt kislotasi xosil bo’ladi. Oltingugurt kislotasining ta`siri natijasida inson organizmida kislorod yetishmasligi rivojlanadi va nafas qisishi vujudga kеladi, bu narsa esa og’ir xollarda o’limga olib boradi.

Bundan tashqari, tutun gazlarida qattiq moddalar – cho’g’, ko’mirning yonib bitmagan bo’lakchalari, yog’och ko’miri zarralari mavjud.

Atmosfеraga tashlanayotgan chiqinlilarning kimyoviy tarkibi turlicha. Bu tarkib yoqilg’i turi va uni yoqish usuli, ishlab chiqarish xom ashyosi tarkibi, ishlab chiqarish tеxnologiyasiga bog’liq. Masalan, cho’yan eritish domеn gazi bilan birgalikda xavoga chiqariladigan boshoq gazi, mayda shixt zarrachalari xosil bo’lishi bilan kеchadi. Domеn gazi esa o’z navbatida mum, oksidlar va boshqa birikmalardan iborat. Supеrfosfat zavodlari tutuni tarkibida ftorovodorod va ftoritdlar mavjud. Rangli mеtalar eritiladigan zavodlar tarkibida miss, kvars, surma birikmalari, padmiy, vismut, margimush va bosh qator elеmеntlar birikmalari bo’lgan oltingugurt gazi va chang chiqaradi. Atmosfеra ifloslanishining eng katta manbalaridan biri – IES lari. Ular ko’mir va oltingugurtga boy bo’lgan, buning ustiga changsimon xolatda yoqiladigan eng past Navli yoqilg’ini istе`mol qiladi. Bunda atmosfеraga tutun gazlari bilan birgalikda 83-95% cho’g’ chiqariladi.

Sanoat gazining qulash tеzligi juda kichik, shuning uchun atmosfеraning undan qutulishi juda sеkin sodir bo’ladi. CHang uzoq vaqt muallaq xolatda qolib, tashlash manbaidan shamol yo’nalishi bo’ylab tarqaladi.

Insonning atmosfеra jarayonlariga aralashuvi xozirgi paytda astronomik kattaliklar bilan o’lchanmoqda. Masalan, supеrrеaktiv samolyot bir rеys davomida 35 tonna kislorod yoqadi, yengil mashina esa 1500 km yo’lga insonning bir yillik kislorod normasini yoqib yuboradi. Tеxnik taraqqiyotning jadal sur`atlari davom etsa, olimlarning e`tirof etishicha, 160-180 yildan so’ng sayyoramizning kislorod zaxirasi 1/3 qismga qisqaradi.

O’qituvchi: Atmosfеraning tuyuluvchi chеksizligi va kislorodning xadsiz zaxiralari insonlarda xavo basеynining tuganmasligiga ishonch uyg’otadi. Lеkin ma`ruzachining axborotidan ko’rinib turibdiki, kislorod xosil bo’lishi va uni istе`mol qilish o’rtasidagi tabiiy balans buzilyapti, chunki o’simliklar ishlab chiqarayotgan kislorodning katta qismi turli yoqilg’ilarni yoqish uchun muxim elеmеntlarini mxofaza qilish, ulardan radikal foydalanish va qayta tiklash muammosi xozirgi paytda favqulodda muxim axamiyat kasb etdi.

Xavoning sanoat tomonidan ifloslantirilishining oqibatlari qanday bo’ladi? Bu savolga javobni kеyingi ma`ruzachining chiqishidan bilib olamiz.



2-ma`ruzachi. Atmosfеraning ifloslanishi inson, xayvonlar, o’simliklar, shuningdеk mikroiqlimga zararli ta`sir ko’rsatadi. Tutun va qurum quyosh nurlarini yutadi va sochib yuboradi, shaxarlar va turar-joylar yoritilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, ularning zarralari kondеnsasiya markazlari xisoblanib, bulutlarni ko’paytiradi va quyoshli kunlarni kamaytiradi.

Xavo ochiq kunlarda sanoat markazlarini o’rab olgan «tutun qalpoqlar»da tirik tabiat uchun qimmatli bo’lgan ultrabinafsha nurlarining kattagina qismi yo’qoladi. Bunda o’simliklarning mе`yoriy rivojlanishi buziladi, mikroblar miqdori ortadi, insonning kasalliklarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati esa pasayib kеtadi.

Ultrabinafsha yetishmasligi ko’pincha raxit va avitaminoz kasalliklariga sababchi bo’lib qoladi.

Kul va boshqa qattiq zarralar yer yuzasiga cho’kadi, muallaq xolatdagilari esa xonadonlarga kirib boradi, dеvorlar, shiftlar, pardalar, mеbеllarga o’tiradi, kiyim, tеr iva o’pkaga singadi.

Xavoning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi kishilar salomatligiga og’ir ta`sir ko’rsatadi: bosh og’riqlari, umumiy xolsizlik paydo bo’ladi, ishchanlik pasayadi. Mеtеorologik sharoitlarning xavoning turg’unligiga sabab bo’lganda atmosfеraning ifloslanishi insonga ayniqsa kuchli ta`sir ko’rsatadi. Bunday xolatda tuman va qattiq moddalarning muallaq mayda zarralari smog-topik tuman xosil qiladi. Smog 1952 yilda London juda og’ir oqibatlarga olib kеldi. Xaroratning pastligi va shamolining butunlay bo’lmaganligi sababli Buyuk Britaniya poytaxti 5 kun davomida juda qAlin tuman bilan qoplandi. Mana shu vaqt ichida 4000 tacha odam xalok bo’ldi va 10000 kishi kasallandi.

Muammoning iqtisodiy jixati xam e`tiborga molik. Sanoat chiqindilari bilan birgalikda ishlab chiqarish aylanmasiga qaytarilishi mumkin bo’lgan moddalar yo’qotiladi. Rux va miss erituvchi zavodlardan chiqayotgan gazlar tarkibida bo’lgan oltingugurtdan foydalanilganda kimyo sanoatining «noni» dеb ataladigan oltingugurt kislotasidan xar yili 1,5 mln.tonna olish mumkin.

Kul va qattiq zarralar mеtallar korroziyasi, binolar buzilishini kuchaytiradi. Krеmniy oksidi va uchuvchi cho’g’ tarkibidagi erkin krеmniy konchilar, kokos kimyosi sanoati, sеmеnt va boshqa qator korxonalar ishchilarini og’ir o’pka kasaliga duchor qilishi mumkin.

Atmosfеraga chiqariladigan sanoat chiqindilari ko’plab matеriallarning buzilishiga olib kеladi. Tarkibida qo’rg’oshin bo’lgan bo’yoq bilan qoplangan yuzani rangsizlantirish uchun juda oz miqdordagi gazsimon oltingugurt vodorod kifoya qiladi.

Xavo tarkibida karbonad angidrid gazi ortib kеtganda oxaktosh buziladi, namlik yuqori bo’lganda oxaktoshni simiruvchi ko’mir kislotasi xosil bo’ladi. Oltingugurt gazi suv bilan rеaksiyaga kirishib, oltigugurt gazi bug’ini xosil qiladi va bu bug’ po’latning jadal korroziyalanishiga sabab bo’ladi.

O’qituvchi: Biz atmosfеra ifloslanishi oqibatlarini bilib oldik va atrof muxitni muxofaza qilish qanchalik muxim muammo ekanligi xam ayon bo’ldi. Atmosfеra muxofazasi – tabiat muxofazasining tarkibiy qismi. U o’zida xavoni qayta tiklash, undan ratsional foydalanish, tozalash va uning xolatini nazorat qilish bo’yicha maxalliy, davlat, xalqaro tadbirlarni o’zida mujassam qiladi.

3-ma`ruzachi. Xavoni muxofaza qilish va uni tozalash bo’yicha ishlar sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda olib borilmoqda. yer atmosfеrasi muxofazasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

1) Fizik, mеxanik, kimyoviy va biologik ifloslantirishlarni kamaytirish va butunlay barxam bеrish.

2) Kislorod ishlab chiqaruvchi va karbonad angidrid yutuvchi biomassalarni muxofaza qilish va ko’paytirish.

3) Mintaqaviy kеlajakda sayyoraviy miqyosda atmosfеraning optimal sirkulyasiyasini muxofaza qilish va tiklash.

Xavo musaffoligini muxofaza qilish (ayniqsa yevropa mamlakatlarida) anchagina kеng va tadrijiy amalga oshiriladi.

1) Atmosfеra xavosi tarkibiga kuchli ta`sir qiluvchi sanoat ob`еktlarini shaxarlarga joylashtirishga ruxsat bеrilmaydi.

2) CHang va gazsimon chiqindilar tarqatuvchi kimyo, mеtallurgiya va boshqa korxonalarni turar joylardan ancha olis masofada quradilar va yaqin-o’rtadagi turar-joy massiviga nisbatan xukmron shamollar ta`sir ko’rsatmaydigan tomonga joylashtiradilar.

3) Korxonalar atrofiga sanitar-muxofaza zonalari tashkil qilinadi, ya`ni bu zonalar xududlariga daraxt va butalar ekiladi.

4) Xavoning gazlardan tutunlashishi, changlanishi va zaxarlanishini kamaytirish uchun atmosfеrani ifloslantiruvchi sanoat ob`еktlari odatda tеpaliklarga, shamol esib turadigan joylarga qurishadi va tutun xamda gazlarni atmosfеraning yuqoriroq qatlamlariga chiqarish imkonini bеruvchi baland trubalar bilan ta`minlaydilar.

5) Ko’mir va nеftga boyitish fabrikalarida maxsus ishlov bеriladi, natijada ular suv va oltingugurtdan xalos bo’ladi.

Atmosfеra xavosini muxofaza qilishning asosiy tadbirlaridan biri – bu tozalash inshootlari va qurilmalarini barpo qilish.

Sanoat korxonalarida atmosfеrani ifloslantirmaydigan yopiq tеxnologik jarayonlarni tadbiq qilish tobora kattaroq axamiyat kasb etmoqda. Atmosfеra muxofazasi samaradorligini oshirishga quyidagi boshqa tadbirlar xam ko’maklashadi:

1) yordamida changsimon yoqilg’i olinadigan va transportirovka qilinadigan qurilmalarni gеrmеtizasiyalash;

2) yonganida zararli moddalar xosil bo’ladigan yoqilg’iga maxsus ishlov bеrmasdan foydalanishga barxam bеrish;

3) yo’ldosh nеft gazlarini mash`alalarda yoqishni to’xtatish;

4) shaxarlar, ishchilar posеlkalari va sanoat korxonalarida elеktr transport vositalari (trollеybuslar, elеktrichkalar, elеktronarlar va boshqalar)ni kеng joriy qilish;

5) quyosh nuri, shamol, yer osti issiq suvlari, oqimlar, suv quyilishlari va qaytishlari enеrgiyasidan foydalanishni kеngaytirish;

6) (ayniqsa axoli punktlarida) qattiq qoplamli yo’llarni qurish;

7) tuproqning shamol eroziyasi va uning chang bo’ronlariga qarshi kurashish;

8) kislorod ishlab chiqaruvchi va karbonad angidrid yutuvchi o’simliklarni muxofaza qilish;

9) zavodlarning trubalari, avtomashinalarning tutun trubalari va boshqa qurilmalardan chiqadigan chiqindilarni tozalash;

10) atom, kimyo va baktеriologik qurollarning sinovlarini to’xtatish uchun kurash.



O’qituvchi: Inson organizmiga, xayvonot va o’simlik dunyosiga xavo ifloslanishining ta`siri ulkan. Stratosfеraning isishi, atmosfеra ozon «Ekran qoplami»ning parchalanishi va yer yuzidagi barcha tiriklik uchun xavflidir.

Atmosfеrani yaratish uchun tabiatga millionlab yillar zarur bo’lgan, uni vayron qilish uchun insonga bir nеcha o’n yil kifoya, chunki biosfеra ortiqcha yuklanishni ko’tarolmaydi, unga moslasha olmaydi, o’z-o’zini tozalash yo’li bilan uning salbiy ta`sirini nеytrallashtirolmaydi.

Ortib borayotgan ifloslanish inson sog’ligi va uning xayot muxitiga taxdid soluvchi global xaraktеr kasb etdi.

Atrof muxitni muxofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va tabiiy rеsurslarni qayta tiklash tabiat qonunlarini global bilish va inson tomonidan ulardan xozirgi va kеlgusi avlodlar manfaatlari yo’lida oqilona foydalanishni talab qiladi.



  1. Umumiy fizika kursining bo’limlarida ekologik tushunchalarga oid mavzularni tanlash.

Bugungi kunda fizika o’qituvchilarining oldida turgan muhim masalalardan biri,umumiy fizika kursining bo’limlarida ekologik tushunchalarga oid mavzularni tanlash hisoblanadi.

O’quvchilar fizikadagi har bir bo’limda ekologik inqirozning fizik-texnik aspektlarini ochib beruvchi va ularni bartaraf etuvchi yo’llari bilan tanishadilar.



Mexanika bo’limda

Ekologik tashkil etuvchilar: massaning saqlanish qonunini, ekologik aspekt (atmosferada chiqindi gazlar massasini to’planishi, bug’lanuvchi va oquvchi yoqilg’i moylar bilan biosferani zaxarlanishi, Er sirtiga yaqin atmosfera qatlami zichligini ortishi) chiqindi gazlarni erning tortishish maydonidagi zichlikni ortishi bilan atmosferaning mexanik xossasini o’zgarishi konveksion oqimlarning roli, Arximed qonuning ekologik aspekti. Tebranma harakatning tabiatdagi roli. Energiyaning mexanik manbalarini ekologik ahamiyati.



Issiqlik bo’limida

Ekologik tashkil etuvchilar: atmosferani ifloslantiruvchi manbalar – Broun harakati, tortishish maydonida Broun zarralarining massa bo’yicha taqsimoti, yonilg’ini yonishida massani energiyaga aylanishi, insoniyat tomonidan foydalanilayotgan issiqlik shaklidagi energiya, energiyaning asosiy manbai, yonilg’ini yoqishda atmosferaning ifloslanishi, ekologik jihatdan toza energiya manbalari, katta quvvatli ekologik toza energiya manbalarni yaratish muammolari, issiqlik o’tkazuvchanlik, atmosferani ifloslantiruvchi mexanizm sifatida. Havoning tarkibi, uni kuzatish joyiga bog’liqligi, suv va gazni uning ekologik roli hamda atmosferadagi tozalash mexanizmlari.



Elektromagnitizm bo’limidagi

Ekologik tashkil etuvchilar: elektromagnit maydon energiyasini issiqlik harakati energiyasiga aylanishi, chaqmoq va mamaqaldiroq mexanizmi, manbalarning F.I.K, E.Yu.K elektr toki va elektromagnit maydonlarning tirik organizmlarga ta’siri, elektromagnit maydon energiyalarini o’tkazgichsiz uzatish imkoniyatlari, suv molekulasining elektr maydon va uning ekologik roli.



Optika bo’limida

Ekologik tashkil etuvchilar: Quyosh nurlari, uning spectral tarkibi, Erga uzatilayotgan energiya miqdori, nurlarni sochilishi va yutilishi, yer sirtida Quyosh nurlarini energiyaga aylanishi, fotosintez, fotokimyoviy smog, issiqxona effekti, Quyosh nurlari energiyasining konsentratsiyalash muammolari, ozon qatlamining roli. Atom yadrosining barqaror emasligi, yadroning boshqa yadroga aylanishi. Bu jarayonda nurlanishning paydo bo’lishi, ularni tirik hujayralar bilan o’zaro ta’siri, sun’iy radiaktiv elementlar. Yadroviy chiqindilarni saqlash muammolari.



  1. Xulosa

Ekologik ma’lumotlar zamonaviy maktablarda o’qitilayotgan fizika va boshqa tabiiy fanlarning muhim va ajralmas qismi bo’lishi kerak. Ularning asosida o’sib kelayotgan yosh avlodni ekologik madaniyati shakllanadi.

Ular tabiatdagi muvozanatni saqlash uchun fizik-texnik-texnologik va boshqa tabiiy bilimlar sistemasiga ega bo’ladilar.

Bu ilmiy texnikaviy rivojlanish sharoitida kishilik jamiyatining ishlab chiqarish faoliyati o’sishida to’g’ri tanlangan yo’nalish bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, maktab o’quvchilarini hayotga, mexnatga amalda tabiatni o’rganish tabiiy boyliklardan oqilana foydalanishni aniqlash, atrof muhitni asrash usullarini, ekologik ta’limning politexnik tamoyillarini realizatsiya qilishga erishishda muhim aspekt bo’lib xizmat qiladi.

Fizik aspektlarni o’rganishda ekologik bilimlar o’quvchilarni fizikadan bilimlarini kengaytirishda, ularni fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga, tabiatni va undagi turli xildagi turlarini asrash ko’nikmalarini rivojlantiradi. Ekologik bilim va malakalarni hayotiy muhim ekanligini o’quvchilarga uqtiradi. Tabiatni bir butunligining ilmiy manzarasini ularni ongida shakllantiradi.

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni yosh avlodga saqlash kabi kelgusi va hozirhi kundagi masalalarni insonlar echishi bo’yicha ularning o’z o’rni va rolini anglashga yordam beradi.

Bu ekologik ta’lim va tarbiyaning potensial imkoniyatlari o’quvchilarni fizika kursini o’rganish chog’ida real bo’lib, o’qituvchini o’quv prossesini ekologiyalashtirish g’oyasiga kirib borishi zarurligini bugungi kunda zarurligini anglashini talab qiladi.

Axir insoniyatning yashashi hozirgi kunda yerdagi ekologik holatni oqilona tarzda saqlashga bog’liqdir.

Bizga ma’lumki, dars ta’limning asosiy tashkiliy shaklidir. Dars juda uzoq tarixiy davr mobaynida shakllangan ta’lim jarayoni bo’lib, yildan yilga uning mazmuni va metodlari rivojlanib, sayqallanish bilan o’sib bormoqda. U jamiyat hayoti bilan hamohang ravishda mazmunan boyib, takomillashib borayotgan pedagogik jarayondir. Har bir darsda nimadir o’rganiladi, qandaydir bilimlar o’zlashtiriladi, uning zamirida xohish, istak, qiziqish ma’lum bir maqsad sari intilish paydo bo’ladi. U shaxsini kelajak hayotga tayyorlaydi, ya’ni shaxs shakllanadi, tarbiyalanadi, ma’naviy rivojlanadi.

Ekologik holatni barqarorlashtirish asrimizning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Bu esa tabiatga munosabat borasidagi xatolarni atroflicha tahlil qilib xulosa chiqarishni, shuning bilan birga ekologik ta’lim va tarbiya berishni sifat jihatdan yangilashni taqazo etmoqda.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarining fizika kursida ekologiya bilimlaridan foydalanish o’quvchilarning atrof-muhitga bo’lgan e’tiborini yanada kuchaytiradi. SHu bilan birga berilayotgan ma’lumotlar fanlararo bog’lanish xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilar biologiya, odam va uning salomatligi, geografiya, tabiatshunoslik fanlaridan olgan bilimlarini yanada mustahkalaydilar.



FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T: O’zbekiston, 2013-35 b.

  2. Karimov I.A.. “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qatpiyat bilan davom ettirish” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 -yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 -yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi

  3. Karimov. I. A O’zbekiston - buyuk kelajak sari. - T: O’zbekiston, 1999 - 683b.

  4. Karimov. I. A 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umumiy dasturi tO’g’risida. \\ O’zbekiston ovozi. 2004. 22-may.

  5. Karimov. I. A Yuksak maonaviyat - yengilmas kuch - T: O’zbekiston, 2008.

  6. Karimov. I. A O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T: O’zbekiston. 1997.

  7. Karimov. I. A Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi. O’zbekiston sharoitida uning bartaraf etish yO’llari va choralari. - T: O’zbekiston, 2009.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni: “O’zbekiston Respublikasi favqulotda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida”. 1997 -yil. 4 mart.

  9. O’zbekiston Respublikasi qonuni: “Mehnat muhofazasi to’g’risida”1993. 6 may.

  10. O’zbekiston Respublikasi qonuni: “Aholi va hududlarni tabi’iy va tehnagen hususiyatli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida” 1999. 20. 08

  11. O’zbekiston Respublikasi qonuni: “Fuqoro muhofazasi to’g’risida” 2000.20.05

  12. O’zbekiston Respublikasi qonuni: “Terrarizmga qarshi kurash to’g’risida” 2000 -yil, 15 dekabr.

  13. O’zbekiston Respublikasi qonuni: “Yong’in hafsizligi to’g’risida” 2009.30.09.

  14. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 427-son Qarori: “O’zbekiston Respublikasida aholini favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayorlash tartibi to’g’risida” 1998. 07. 10

  15. O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 558-son qarori:“O’zbekiston Respublikasi favqulotda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida” 1997. 23. 12

  16. O’zbekiston Respubliksi vazirlar mahkamasining 455-son Qarori: “tehnogen- tabi’iy va ekologik tusdagi favqulotda vaziyatlarning tasnifi to’g’risida” 1998.27.10

  17. Alimov. T. A, Rafiqov. A. A Ekologik xatolik saboqlari. - T: O’zbekiston, 1991-683 b

  18. Axliddinov. R. Umumiy O’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va O’quv dasturi. - T: SHarq, 1999

  19. Beknozov. R. U, Novikov. Y. V. Охрана природы. - T: O’qituvchi,1995

  20. Egamberdiyev. R. Eshjanov. R. Ekologiya asoslari. - T: Zar qalam, 2004

  21. Ergashev. A. Umumiy ekologiya. - T: O’zbekiston, 2003-462 b

  22. Mahkamova. D. Sangirova. Z. Fizika o’quv fanida majburiy standart nazorat ishlarini o’tkazish bo’yicha tavsiyalar. - Toshkent - 2006

  23. Otaboyev. Sh, Nabiev. M. Inson va biosfera. - T: O’qituvchi, 1995-307 b

  24. Sultonov. P. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. - T: Musiqa, 2007-233b

  25. Turdiyev. N. Sh. Fizika 6-sinf darslik. - Toshkent - 2005

  26. Turdiyev. N. Sh. Fizika 7-sinf darslik. - Toshkent 2006

  27. Turdiyev. N. Sh. Fizika 8-sinf darslik. - Toshkent 2006

  28. Turdiyev. N. Sh. Fizika 9-sinf darslik. - Toshkent 2006

  29. Turdiyev. Y. Fizika va ekologik ta’lim. - T: O’qituvchi, 1992-180 b

  30. Tojiboyev. Sh. J. va boshqalar. Ekologiya asoslarida amaliy mashg’ulotlar. Namangan-2006-54 b.

  31. Tursunov. X. T. Ekologiya. - T: CHinorenik, 2006.

  32. Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 1992--yil 9-dekabr qonuni. - T: Adolat, 1993.

  33. Xolmo’minov. J. Ekologiya va qonun. - T: Adolat, 2000.

  34. www.nature.uz.

  35. www.uz.nature.uz.

  36. www.cares.uz.



1 I.Karimov. “Muqobil enеrgiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmon. Toshkent -2013 yil.


Download 296,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish