Kirish. Asosiy qism. Musiqa tinglash-badiiy ta'limning muhim vositalaridan biri


Intelektual salohiyatli yoshlarni ijodiy-sixologik yondashuv



Download 30,78 Kb.
bet3/5
Sana12.08.2021
Hajmi30,78 Kb.
#146332
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tinglovchi faoliyatining psixologik asoslari

Intelektual salohiyatli yoshlarni ijodiy-sixologik yondashuv. Prezident I.A. Karimov Yuksak manaviyat- yengilmas kuch asarida yosh avlod tarbiyasiga alohida etibor berib, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan





kam bo‘lmasligi , farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli , dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz” degan fikrlari mamlakatimiz talim tizimida ishlayotgan barcha o‘qituvchilar bilan bir qatorda psixolog mutaxassislar oldida ham mas’uliyatli vazifalarni yukladi. To‘g‘ri, xar tomonlama barkamol shakllangan, intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Buning uchun mamlkatimizda amaldagi ta’lim tizimining hamma bosqichlarida jahon standartlariga mos moddiy texnik baza va ta’lim texnologiyalarining ilg‘or ko‘rinishlaridan foydalanish joriy etilgan. Biroq, yoshlarning jismoniy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini chuqurroq o‘rganish, ularning har biriga xos layoqat, iqtidor va qobiliyat ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan intellektual salohiyatini aniqlash hamda o‘quv tarbiya jarayonlarini ana shu imkoniyatlarga qarab individuallashtirish zamonaviy talablar darajasida tashkil etilgan deb bo‘lmaydi. Sotsiologik harakterdagi psixologik tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra iqtidorli va intellektual salohiyatli bolalarni o‘rganish hamda ularni tarbiyalash ishlarining yanada olg‘a siljishiga ko‘p jihatdan ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilikning qobiliyat va uning turli ko‘rinish darajalarini ifodalovchi psixologik atamalarning mohiyatini anglab, ularning uziga xos rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy asosda tushunishlari bilan ham uzviy bog‘liqligini ko‘rsatmoqda.Ta’lim- tarbiya sohasidagi mas’ul kishilarda qobiliyat yoki intellektual salohiyat va shunga bog‘liq atamalar (layoqat, iqtidor, qobiliyat, iste’dod, talant, geniy, dohiy, darg‘a) haqida hanuzgacha yetarli tushuntirishlar yo‘q ekanda, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Hozir amaldagi rus va o‘zbek tilida chop etilgan psixologik adabiyotlarda “qobiliyat”, “intellekt” haqida ba’zi izohlar berilgan, biroq bundan hamma ham birdek xabardor bo‘la olmaydi. Hatto hamma uchun ahamiyatli bo‘lgan va keng jamoatchilikka mo‘ljallangan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham psixologik tushunchalarning mukammal izohlanmaganligi yaqqol seziladi. Bunda aynan psixolog olimlarning ilmiy talqini ko‘rinmaydi. Jumladan, unda layoqat-biror ishga yaroqlilik, qobillik, biror ishni bajarish, uddalash qobiliyati; Iqtidor - kuch, qudrat, qodirlik;

Qobiliyat - biror ishga qobiliyatlilik, yaroqlilik; biror ishni bajara olish, qila olish xususiyati, layoqati; Iste’dod - ijodiy qobiliyat, layoqat, talant; Talant - katta qobiliyat, iste’dod; Geniy - misilsiz iste’dodli, zakovatli;







Dohiy - favqulodda aql zakovatga ega bo‘lgan dono, oqil yo‘lboshchi kabi yo‘sinda izohlangan bo‘lib, o‘rganuvchilami qaysidir darajada yoki qaysidir ma’noda qanoatlantirishi mumkin. Biroq, bularni ilmiy - psixologik nuqtai-nazardan izohlangan deb bo‘lmaydi.Keng jamoatchilik bu tushunchalarni psixologik mazmunini, ularning mohiyatini hozirgi ilmiy psixologiya xulosalariga asoslangan holda tushunishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunga ko‘ra, layoqat - taraqqiyotning dastlabki tabiiy sharti sifatida ko‘rinadigan insonga xos miya tuzilishi va nerv tizimining morfologik hamda funksional xususiyatlariga xos imkoniyat ekanligini bilish kerak. Iqtidor - bola tashqi olamdagi narsa va hodisalar bilan munosabatga kirishib, o‘zidagi biologik imkoniyatlardan foydalanganda bu imkoniyat o‘z quvvati va mohiyati bilan boshqa kishilardagi (bolalardagi) imkoniyatlardan o‘zining afzalligi va ma’qulligi bilan kishilarning e’tiborini torta olsa, ana shunday xususiyatlarning borligiga qarab bunday bolalarni iqtidorli deyish mumkin. Ana shunday bolalar uchun ularning imkoniyatlari va xususiyatlarini e’tiborga olib o‘quv - tarbiya jarayonlarini takomillashtirish hamda individuallashtirish maqsadga muvofiqdir. Qobiliyat - shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan individual psixologik xususiyatdir. Qobiliyat odamning ma’lum bir ish yoki muammoni boshqa odamlarga nisbatan osonroq chaqqonroq va mohirlik bilan bajara olishida namoyon

bo‘ladi. Yoki qobiliyatli kishi deb, biror (yoki ko‘p) sohani chuqur bilgan hamda shu bilgan bilimlarini ishlata olish mahoratiga (sifat va fazilatlarga) ega bo‘lgan kishini tushunamiz. Talant - o‘zbek tilida yunon tilidan o‘tib kelgan (o‘zlashgan) bo‘lib o‘zbekcha muqobili - iste’doddir. Iste’dod - shaxs psixik sifatlarining (hayot davomida egallagan) shu qadar murakkab birikmasiki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan belgilab bo‘lmaydi. Iste’dod juda ko‘p faoliyatlarni yuksak darajada amalga oshirish imkoniyati bilan ta’minlovchi psixik jarayonlarning uyg‘un holatda kechadigan xarakterli guruhi tarzida namoyon bo‘ladi. Iste’dod deb odamning murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Geniyni, masalan genial matematik yoki genial shoir ma’nosida tushunish mumkin. Bunday kishilar shu fanni mukammal egallash asosida yuksak aql-zakovatga ega bo‘lib, ular shu fan







xulosalarini hayotning hamma tomonlariga oqilona qo‘llay olish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar va ular shu fanda katta-katta kashfiyotlar yaratishga ma’naviy qodir kishilardir. Dohiylar, daholar yoki avliyolar - “favqulodda” aql-zakovatga ega bo‘lgan kishilar bo‘lmay, bir yoki bir necha fannigina emas, hatto hamma fanlarda aniq fikr yurita oladigan, umuman tabiatning, jamiyatning va inson tafakkurining eng umumiy qonuniyatlarini chuqur anglagan, shunga tayanib oqilona ish tutadigan kishilardir. Xulosa qilib aytganda, har bir ishning samarali bo‘lishi shu ishni boshlashdan avval uning mohiyatini to‘la - to‘kis tushunish va mohirona amalga oshirishning jismoniy va psixologik yo‘l-yo‘riqlarini anglash bilan uzviy bog‘liqdir. Bu albatta, topshiriqni amalga oshirayotgan kishining qobiliyatiga xos intellektual salohiyatiga asoslangan holda yechim topadi. Qobiliyatning avloddan -avlodga irsiyat yo‘li bilan o‘tishi haqidagi qarashlar ilmiy nazariyalarga ziddir. Xar bir kishining psixik taraqqiyoti shu jumladan, undagi qobiliyatga xos intellektual salohiyatning yuksalishi ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar bilan boshqariladi. Qobiliyatning uyg‘onishi ijtimoiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, dastlab bolaning ehtiyojlarida, qiziqish va yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. Shu bois, yoshlarda qobiliyat va intellektual salohiyatni tarbiyalash uchun ota-ona tarbiyachi, o‘qituvchi va boshqa tarbiya bilan bog‘liq kishilarning yoshlardagi intellektual tarqqiyot va uning o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini bilishlari va unga amal qilgan holda o‘quv- tarbiya jarayonlarini oqilona tashkil etishlari maqsadga muvofiqdir.


Download 30,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish