Mavzu: Mehnat nizolari
Reja:
1. Mehnat nizolari tushunchasi va uniig klassifikatsiyasi
2. Mehnat nizolarini mehnat nizolari komissiyasida ko`rish tartibi
3. Yakka mehnat nizolarini sudda ko`rish tartibi
4. Mehnatga doir ayrim ishlar bo`yicha qarorlarning darhol ijro etilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Mehnat nizolari tushunchasi va uniig klassifikatsiyasi
Mehnat nizolari deganda ish beruvchi bilan xodim o`rtasida mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi hamda mehnatga oid boshqa shartnomalarni qo`llash, shuningdek, yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarini o`zgartirish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar tushuniladi.
Mehnat nizolari predmetiga qarab ikki guruhga ajratiladi:
mehnat huquqi normalarining muayyan ijtimoiy munosabatlarga tatbiq etilishi bilan bog’liq nizolar (masalan, xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o`tkazish, asosiy ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun haqto`lashga doir nizolar);
qonunlar yoki normativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmagan yangi mehnat shartlarini o`rnatish bilan bog’liq nizolar (masalan, maxsulot ishlab chiqarish normasini qaytadan ko`rib chiqish, jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish bilan bog’liq nizolar).
Mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan barcha ijtimoiy munosabatlarning taraflari o`rtasidagi mehnat nizolari vaqtinchalik xususiyatga ega bo`lib, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash kabi masalalar bo`yicha yuzaga keladi.
Mehnat nizolari mazmuniga ko`ra ikki turga: da`voli va da`vosiz nizolarga bo`linadi. Da`voli nizolarning predmetini xodimlarning mehnat huquqlarini tan olish yoki uni tiklash tashkil etadi. Xodimning bunday mehnat huquqi avvalboshdan qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlar, shuningdek, jamoa shartnomasi yoki kelishuvi va mehnat shartnomasi bilan belgilangan bo`ladi. Bunday hollarda xodim o`z mehnat huquqlarini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan qonuniy manfaatlarini qayta tiklashni talab etadi (masalan, mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni qayta ishga tiklash yoki foydalanilmagan mehnat ta`tillari uchun kompensatsiya to`lash va hokazo).
Da`vosiz mehnat nizolari ish beruvchi bilan korxonadagi kasaba uyushma qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o`rtasida mehnat shartlarini o`rnatish yoki o`zgartirish kabi masalalarda namoyon bo`ladi. Odatda, bu turkumdagi nizolar tegishli qonunlar yoki boshqa ayrim normativ huquqiy hujjatlar bilan hal etilmagan masalalar yuzasidan kelib chiqadi. Bunday vaqtda nizo bevosita korxonada ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi o`rtasida kelishish yo`li bilan hal etiladi (masalan, korxonada yangi ishlab chiqarish normasini belgilash haqidagi nizolar). Ushbu nizolarning predmeti muayyan xodimga tegishli bo`lmasligi, balki korxona xodimlarining barchasiga taalluqli bo`lishi mumkin.
Mehnat nizolari sub`ektiga qarab quyidagilarga bo`linadi:
yakka tartibdagi nizolar;
jamoalargadoir,nizolar;
Mehnat nizolari o`z ob`ektiga ko`ra, mulkiy harakterdagi va mulkiy harakterga ega bo`lmagan nizolar deb ataladi.
Ta`kidlash joizki, mehnat nizolari turli sabablar oqibatida kelib chiqadi. Jumladan, nizoning yuzaga kelishida quyidagilar sabab bo`ladi:
ayrim mansabdor shaxslar, shuningdek, ba`zi xodimlar ongida saqlanib kelayotgan o`tmish qoldiqlari;
ayrim mansabdor shaxslarning, shuningdek, ba`zi xodimlarning mehnat qonunchiligini bilmasligi;
korxonalarda tashkiliy-xo`jalik va tarbiyaviy ishlarda uchraydigan kamchiliklar (masalan, xodimlar mehnat sharoiti, ularning oila a`zolariga madaniy-maishiy xizmat ko`rsatish bilan bog’liq nizolar);
tashkiliy-texnikaviy harakterdagi kamchiliklar (masalan, korxonada mehnatning to`g’ri tashkil etilmagani, ilmiy jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish normasining yo`qligi va hokazolar);
ayrim huquqiy normalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida tobora taraqqiy etib borayotgan ishlab chiqarish shakllaridan orqada qolishi (masalan, korxonada yangi texnologiya joriy qilinishi natijasida paydo bo`lgan yangi kasb, ta`rif-malaka ma`lumotnomasida ko`rsatilmagan malakaga oid tavsifnomalar yo`qligi va hokazolar);
6) mehnat bozorini tashkil qilish borasidagi kamchiliklar. Ma`lumki, mehnat qonunchiligi ustidan nazorat qilish vazifasi turli organlar vakolatiga tegishli. Keyinga yillarda mehnat qonunchiligining buzilishiga sabab bo`layotgan omillarni o`rganish, ularni bartaraf etish, shuningdek, qonunchilikni mustahkamlash, uning bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasida mamlakat rahbariyati tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqtsa.
Respublikada mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish borasida kasaba uyushmalari hamda xodimlarning boshqa vakillik organlari roli sezilarli darajada kuchaytirildi. Masalan, Mehnat kodeksiga "Xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi" deb nomlangan maxsus bobning kiritilgani shundan dalolat beradi.
O`zbekiston Respublikasining "Prokuratura to`g’risida" 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan qonunida mehnat qonunchiligining bajarilishi ustidan doimiy nazorat prokuratura organlari zimmasiga yuklangan. Mazkur qonunga binoan prokuror mehnatkashlarning qonunchilikning buzilishi ustidan qilgan shikoyat, ariza va xatlarini tekshiradi va tegishli choralar ko`radi.
Mehnat nizolarining kamayib borishida va uni hal qilishda sudlar faoliyati ham katta o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli qarorida sudlarga xodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini bartaraf qilishga yo`naltirilgan choralarni ko`rish zarurligiga e`tibor qaratish, mehnat qonunlarining buzilishi bo`yicha aniqlangan holatlar yuzasidan xususiy ajrimlar chiqarib, munosabat bildirish tavsiya etilgan.
Mehnat nizolarini hal etishda fuqarolik-protsessual huquqining ham ahamiyati katta. Zero, protsessual-huquqiy normalar mehnat nizolarini tez va to`liq hal etish, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta`minlashdagi o`rni beqiyosdir. Bu borada O`zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 258-N "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g’risida"gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Mehnat nizolari O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining "Mehnat nizolari" deb ataluvchi 15-bobidagi moddalar asosida hal etiladi. Bundan tashqari, mehnat nizolarini ko`rishda sudlar O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi normalarini qo`llash barobarida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini (kontraktni) bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo`llanishi haqida" 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli qarori ko`rsatmalariga ham amal qiladi.
Qonunchilikda o`rnatilgan mehnat nizolarini ko`rish tartibi demokratik tamoyillarga asoslanadi. Fuqarolarning mehnat huquqlarini har tomonlama himoya qilishni nazarda tutgan mazkur tamoyillar quyidagilarda namoyon bo`ladi:
mehnat nizolarini ko`ruvchi organlarga erkin ravishda murojaat qilish imkoniyati yaratilgani;
nizolarning tez va to`liq hal etilishi;
nizoni hal etishda keng mehnatkashlar ommasining ishtirok etishi;
nizolarning ochiq tartibda ko`rilishi;
nizolarning kollegial hal etilishi;
nizolarni hal etishda ularning har tomonlama tekshirilishi; qonunchilikda mehnat nizolarining taallukliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Taalluqlilik - bu tegishli organlarning muayyan turdagi mehnat nizolarini ko`rish vakolatiga ega bo`lishini anglatadi. Taalluqlilik mehnat nizolarining sub`ektlari, mazmuni va uning turlari bo`yicha belgilanadi. Aniqroq aytsak, har bir organ o`z vakolatiga taalluqli bo`lgan nizolarnigina ko`rib hal etadi. SHu bois mehnat nizolari yuzasidan kelib chiqqan da`volar bo`yicha uning taalluqliligiga qarab tegishli organga murojaat qilinadi.
Yakka mehnat nizolari - ish beruvchi va xodim o`rtasida mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo`llanishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklarni qamrab oladi. Bunday hollarda nizoning xodim manfaatini ifoda etuvchi tarafi bo`lib xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi mumkin.
Kodeksning 260-moddasida ko`rsatilganidek, yakka mehnat nizolari, kodeksning 269-moddasida ko`rsatilgan nizolarni istisno etganda, mehnat nizolari komissiyalari tomonidan tuman (shahar) sudlari, ba`zan xo`jalik sudlari tomonidan ko`rib chiqiladi.
Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun, o`z xohishiga ko`ra, mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
Mehnatning shartlarini belgilash masalalariga doir yakka meh-nat nizolari kodeksning 280-moddasiga muvofiq ko`rib chiqiladi.
Yuqorida aytilganidek, yakka mehnat nizolarini ko`rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan, bunday ishlarni tuman (shahar) sudlarida ko`rib chiqish tartibi esa, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi bilan ham belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |