Kirish Asosiy qism Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Bozor Iqtisodiyotining Davriy Rivojlanishi. Ishsizlik Makroiqtisodiy muvozanat: yalpi talab va taklifning makroiqtisodiy muvozanat modeli 4


-rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli



Download 122,79 Kb.
bet4/9
Sana21.02.2023
Hajmi122,79 Kb.
#913406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kirish Asosiy qism

1-rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar” va “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli.


Iqtisodiy sikl - iqtisodiyot rivojlanishining bir holatdan boshlanib,birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib,o’zining dastlabki holatiga qaytib kelguniga qadar o’tgan davr
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi – vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda,ayrim bo’g’inlarida uzilishlar paydo bo’lishi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishidir.


Iqtisodiy sikl fazalari.
Turg’unlik - Jonlanish – Yuksalish - Inqiroz - Iqtisodiy sikl.
Inqiroz fazasi

    • Ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.

Turg’unlik fazasi

    • Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada,u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi.Narxlarning pasayishi to’xtab,ssuda foizlari pasayadi,tovar zaxiralari barqarorlashadi.Ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi.Iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.

Jonlanish fazasi

    • Ishsizlik darajasi bir oz qisqarib,ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi.Narxlar ham asta ko’tarilib,ssuda fozizi o’sa boshlaydi.Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi.

Yuksalish fazasi

    • Ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki,buning oqibatida,iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi.Pirovard talabning oshishi,iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga,bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi.Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarining to’planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi.Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi

Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi.


Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog’liq xarajatlarga transaktsion xarajatlar deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt bo’yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi to’g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko’ra, o’zlarining joriy xo’jalik rejalarini qayta ko’rib chiqadilar va o’zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi.
Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko’rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o’zaro teng bo’lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo’jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo’lishi shaklida namoyon bo’ladi. Bu ko’rsatkichlar o’rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko’tarilib ketishiga sabab bo’ladi. Davlat aralashuvi mavjud bo’lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko’rinish oladi.






Download 122,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish