Kirish Asosiy qism I bob. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik va biznes asoslari


II Bob. Biznesni tashkil etish tamoyillari asosida rivojlantirish yo’llar



Download 252,41 Kb.
bet4/12
Sana14.07.2022
Hajmi252,41 Kb.
#795412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shavkatov Sardorbek

II Bob. Biznesni tashkil etish tamoyillari asosida rivojlantirish yo’llar
2.1 Kichik biznеs va tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o’rni



Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar firmalari o’z faoliyatini juda aniq rejalashtiradi va biznes-rejani ishlab chiqishda maxsus talablarga asoslanadi. Shuni esda tutish lozimki, sizning biznes-rejangizni ko’rib chiquvchi kishi o’ta band uning oldida bundan bo’lak ko’plab muammolar turadi. Xoxlaysizmi, xoxlamaysizmi u sizning o’z fikringiz va maqsadingizni qay darajada aniq va ravon izohlashingizga qarab sizga baho beradi. Shu bois:

  • sodda va ravon yozing;

  • jumlalarni uzundan-uzun tuzmang va unga haddan tashqari ko’p muammolarni tiqishtirmang;

  • jumlani shunday tuzingki, oldingi takliflaringizdan keyingi takliflaringiz mantiqan kelib chiqsin va ular o’rtasida uzviy bog’lanish bo’lsin. Biri tog’dan, biri bog’dan bo’lmasin;

  • qo’shib aytiladigan so’zlarni ko’p ishlatib, suiiste’mollikka yo’l qo’ymang;

    • jadval keltirilishi lozim bo’lgan joyga ularni qo’llang.

Biznes-reja har xil toifadagi odamlarga, hatto mahsulot (xizmat) va bozor to’g’risidagi bilimlari cheklangan kishilarga ham tushunarli bo’lmog’i lozim.
Qisqalik va lo’ndalik darajasi.
Ko’pgina investorlar mazmuni bir yoki ikki betda bayon etilgan loyihaning muhim xususiyatlarini va afzalliklarini bilib olishga imkon beradigan biznes-rejani o’qib chiqishni yoqtiradilar. Albatta, mazmuni qisqa va lo’nda qilib bayon etish juda qiyin. Qisqa va lo’ndalik bu iste’dod mevasi.
Bu ishni rejalashtirish boshidayoq ishlab chiqib alohida urg’u beriladigan va qisqacha mazmun bayohniga kiritiladigan asosiy tadbirlar (bitta yoki ikkita taklif) ravshan bo’lib qolgan mahaldagina mohirona uddalash mumkin. Qisqacha bayon etilgan mazmunda dastlabki ashyo bo’lib bo’lg’usi investorning shunga qarab fikr yuritishini nazarda tutish kerak.
Qisqa va lo’ndalik darajasi biznes-reja hajmini belgilab beradi. Odatda, uning hajmt 40 betdan oshmaydi. Yuqori darajadagi raqobatli sohalarda ko’zda tutilmagan holatlar bo’lishi mumkin. Bo’lganda to’liq rejaning muqobili sifatida qisqa varianti qabul qilinadi (4-10 bet). Ayrim hollarda biznes-reja o’zlari foydalanish uchun kichikroq va kattaroq hajmda tashqi varianti (bank, sarmoyalar, ta’minlovchi va iste’molchilar uchun) tuziladi.
Umuman biznes-rejaning kimga mo’ljallanganligi va uni kimlar o’qishi mumkinligiga qarab unda quyidagi ustivor tomonlarni belgilash mumkin. (jadval)
10 betgacha bo’lgan biznes-reja odatda firma hali yosh va ishlab chiqariladigan mahsulot turi kam bo’lgan hollarda 3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkorlik
tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar sayin batafsil keyingi yili taqvimlar bo’yicha keyinchalik yil bo’yicha hisoblanadi.
Mantiqan kuchli moslanganlik darajasi.
Biznes-reja firmaning muayyan bozordagi faoliyatining aniq yo’nalishini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan tadqiqotlar va tashkiliy ishning natijasi bo’lganligi sababli mantiqan quyidagilarga asoslanadi:

  • Muayyan tovarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish)ning aniq loyihasiga yangi turdagi buyumlar yaratish yoki yangi xil xizmatlar ko’rsatishga.

  • Firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniqlab, o’ziga xos xususiyatlarini va o’ziga o’xshash boshqa firmalardan farqlarini aniqlab olish maqsadida har tomonlama o’tkaziladigan ishlab chiqarish xo’jalik va tijorat tahliliga.

  • Aniq vazifalarni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan moliyaviy texnik iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarga. Biznes-reja firmaning rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi asosiy xujjatlardan biri bo’lganligi sababli u:

  • Firma taraqqiyotining umumiy kontseptsiyasiga asoslanadi.

  • Strategiyaning iqtisodiy va molyaviy jihatlarini bir muncha batafsil bayon etadi.

  • Aniq, tayin chora-tadbirlarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.

Strategiyani amalga oshirish texnik, tashkiliy va iqtisodiy o’zgarishlarni ma’lum vaqtgacha mantiqan o’zaro mahkam bog’langan butun bir tizim sifatida tuzilgan keng investitsiya dasturlariga asoslanadi.
Shunday qilib, mantiqan kuchli asosli biznes-rejani tuzish quyidagi bosqchlarni o’z ichiga oladi:

    • 1-bosqich. Rivojlanish kontseptsiyasini ishlab chiqish.

    • 2-bosqich. Rivojlanishning investitsion dasturi.

  • 3-bosqich. O’rtacha muddatli davrga biznes-reja tuzish.

  • 4-bosqich. Biznes-rejani amalga oshirishga doir chora-tadbirlar. To’g’rilik va ishonchlilik darajasi

Biznes-reja firmaning ichki xujjati bo’libgina qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan avval loyihani sinchiklab ishlab chiqilganiga uning albatta samarali bo’lishiga ishonch qilishlari lozim. Hammadan ham biznes-reja potentsial qarz beruvchini, aktsioner, sarmoyadorni hamda iste’molchini ta’minlovchilarni ushbu korxona (ishbilarmon) bilan tijorat aloqalaridan foyda olishga ishontirish lozim. Shuni esda tutingki, hech qachon imkoniyatlaringizni oshirib ko’rsatmang.
Raqam va faktlarning aniqligi.
Raqam va faktlar investorlarni o’ziga tez jalb qiladi. Ular eng avvalo siz keltirgan dalillarga tayanadilar. So’z, agar u ma’lumot bilan asoalanmasa, investor uchun ta’sirsiz bo’ladi. Shuning uchun rejada keltirilgan barcha hisob-kitoblar, raqam va faktlar aniq bo’lishi lozim.
Qayd qilingan talablarga rioya qilingan sharoitdagina siz o’z investorlaringizga, kreditorlaringizga erisha olishingiz va firmangiz ravnaqiga ega bo’lishingiz mumkin.
Jahon tajribasida biznes-rejani tuzish bosqichlari va uning bo’limlari aniq belgilanmagan. U korxona statusi va katta kichikligiga qarab har xil shaklda va tarkibiy tuzilishda bo’lishi mumkin. Ammo, biznes-reja mukammal yoki oddiyligidan katta yoki kichikligidan qat’iy nazar o’z mohiyatiga binoan quyidagi bo’limlarni o’zida aks ettirishi lozim.
1-bo’lim. Firma imkoniyati (rezyume). 2-bo’lim. Mahsulot va xizmat turlari.
3-bo’lim. Tovar va xizmatlar sotiladigan bozor. 4-bo’lim. Raqobat.

  1. bo’lim. Marketing rejasi.

  2. bo’lim. Ishlab chiqarish rejasi. 7-bo’lim. Tashkiliy reja.

  1. bo’lim. Huquqiy reja.

  2. bo’lim. Risk va sug’urtani baholash. 10-bo’lim. Moliyaviy reja.

  1. bo’lim. Loyihaning rentabelligi.

Bo’limlar tarkibida firma imkoniyati (rezyume) bo’limiga alohida ahamiyat berish lozim. Chunki, u bilan investorlar, menejer va tadbirkorlar doimo birinchi navbatda tanishadilar

`



Download 252,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish