Kirish Asosiy qism I bob. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik va biznes asoslari


Biznes va tadbirkorlikni bir biridan ajralib turuvchi omillari



Download 252,41 Kb.
bet2/12
Sana14.07.2022
Hajmi252,41 Kb.
#795412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shavkatov Sardorbek

1.2 Biznes va tadbirkorlikni bir biridan ajralib turuvchi omillari
Biznes bu avvalo ish ekanligi sababli, u amal qiluvchi sohadan kelib chiqqan holda qishloq xo’jaligi, sanoat, savdo va bank biznesi kabi turlarga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish miqyosiga bog’liq holda esa biznesni kichik, o’rta, yirik va xalqaro biznes turlarga ajratish mumkin. Biroq biznesning istalgan shakli va miqyosida ham uning pirovard maqsadi foyda yoki daromad olish hisoblanadi. Biznesning ushbu pirovard maqsadini quyidagi sxemadagi kabi aks ettirish mumkin.
Bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning ahamiyatini ko’pchilik to’g’ri tushungan va anglagan, chunki ular asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo’lga qo’yish, boshqacha qilib aytganda pul to’plash yotmaydi, balki o’ziga, oilasiga, butun jamiyatga foyda keltirish birinchi o’ringa qo’yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz ilgari o’ylaganday, bizga o’rgatishganday kapitalist emas, u tashabbuskor, o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish istagiga ega bo’lgan shaxsdir. Bunda biznesmen (tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi muvaffaqiyatni ta’minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi qonunchilik qoida va normalariga mos kelsa bo’ldi. Bunday qonun-qoidalar doirasidan tashqarida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi bejiz emas.
Hozirgi sharoitda biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari kichik biznes korxonalari va mikrofirmalar, qishloq xo’jaligida esa fermer va dehqon xo’jaliklari hisoblanadi. 1999 yilda ularning umumiy soni respublika bo’yicha 150,8 mingta, 2000 yilda 175,6 mingta, 2003 yilda 240 mingta bo’lgan bo’lsa, 2005 yil boshida 280 mingtaga etdi.
Kichik biznes (KB) korxonalari eng arzon, oson boshqariluvchi bozor kon’yunkturasi o’zgarishlariga tez moslashuvchan subyektlar hisoblanadi. Ular yirik korxonalardan farqli o’laroq, atrof-muhitning yomonlashuviga kam ta’sir ko’rsatadi, jiddiy ekologik muammolarga olib kelmaydi. Kapital sig’imining kichikligi va moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik sohasi korxonalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va chiqarilayotgan mahsulot assortimentini yangilashda yirik korxonalarga nisbatan ko’proq muvaffaqiyatga erishadi va demak, bozor talabiga tezroq moslashib oladi. Fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, yuqori texnologiyalar, mehnat qurollari va asbob-uskunalar tez-tez o’zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda biznes va tadbirkorlik korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko’rsatayotgan muhit aynan shundaydir. Boshqaruv xarajatlarining nisbatan kamligi, faoliyatning ko’p funktsionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida ustivor bo’lishini belgilab beradi. Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura yaratuvchi omil sifatida KB korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadilar. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari qatoriga xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi. Shu nuqtai nazardan ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YaIMdagi ulushini ko’paytirish, bozor iqtisodiyotiga mos tovar va xizmatlar bozorini shakllantirish hamda mahsulot eksportini oshirishda asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: davlat tashkilotlarini xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash, xususiy tadbirkorlarni resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish, moliyaviy qo’llab-quvvatlash va qo’shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish.
Kichik tadbirkorlikni rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilgan keng qamrovli chora-tadbirlar, xususan, tadbirkorlikni erkin faoliyat yuritishi uchun kafolatlarning ta’minlanganligi, ularni davlat tomonidan ro’yxatga olishning ixcham mexanizmining joriy etilishi, kredit mablag’laridan foydalanish doirasining kengayishi, qulay makroiqtisodiy muhitning shakllanganligi, milliy valyuta kursi barqarorligi, KBning YaIMdagi ulushini o’sishini ta’minladi. Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o’zgartirish, tadbirkorlik motivatsiyasi tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik «yuqoridan» berilgan chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning hayotiy ehtiyoji bo’lishi lozim. Biznes va tadbirkorlikni moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mavjud va ishlab chiqarishga jalb qilinayotgan resurslardan samarali foydalanishga yo’naltirish muhim. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, aynan ishlab chiqarish yo’nalishidagi biznes tufayli ko’plab /arb mamlakatlari, hozirgi kunda esa Sharq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan. Shu sababli ishlab chiqarish yo’nalishidagi, ya’ni oldi-sotdiga emas, balki aholi va jamiyat uchun kerakli mahsulot chiqarishga asoslangan biznesni rivojlantirish iqtisodiyotning ustivor yo’nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo’li milliy boyliklarni ko’paytirishga xizmat qiladi. Biznes-reja-bu shunday xujjatki, firmaning unda o’z ishini qanday boshlashi, qanday ishlab chiqarishini samarali yurgizish va tovarni bozorga olib chiqishi, qanday texnologiyani qo’llashi, qachon dastlabki daromad olishi, tavakkalchilik (risk) ni kamaytirishi, sarf-xarajat darajasi va foyda olishi, raqobat kurashida yutib chiqish kabi ko’rsatkichlarning loyihasi o’z aksini topadi.

Download 252,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish