Funksiya tushunchasi. Chiziqli funksiyalar va ularni grafiklarini yasash
Funksiya tushunchasi matematik tushunchalarning asosiylaridan biri sanaladi. Bu tushuncha matematika bilan turli real hodisalar orasidagi bog`lanishni ochib beradi. Funksiya tushunchasi ikki to`plam elementlari orasidagi bog`lanishni ifodalaydi.
Masalan: sinfdagi partalar (ikki o`rinli) to`plami A bilan o`quvchilar to`plami B orasidagi bog`lanishni olib qaraylik: 1 partaga 2 ta o`quvchi, 2 partaga 4 ta o`quvchi, 3 partaga 6 ta o`quvchi va hokazo mos keladi. Boshqacha aytganda A to`plam elementlari bilan B to`plam elementlari orasidagi biror qonunga mos funksional bog`lanish o`rnatiladi.
Ushbu masalani qaraylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |