Auktsionlar - bu maxsus xususiyatlarga ega tovarlarni sotish uchun ma`lum joylarda tashkil etilgan maxsus kim oshdi savdo uylari. Auktsion tovarlarning nisbatan cheklangan ro`yxati bo`yicha ommaviy savdo orqali o`tkaziladi. Auksion e`lon qilingan vaqt va muddatda o`tkaziladi. Bunda bozorga kiradigan tovarlar mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksionda tovarlarning namunalari ro`yxatda ko`rsatilgan tartibda sotuvga qo`yiladi va xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan shaxs tovarlarni sotib oladi.
Badiiy asarlar, noyob buyumlar va kollektsiyalar ham kim oshdi savdosida sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma`lum vaqt oralig`ida bo`lib, u erda mollar ommaviy ravishda sotib olinadi va sotiladi. Tovarlarni sotish egasi va savdo kompaniyasi o`rtasida amalga oshiriladi, bu erda iste`molchi bevosita ishtirok etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |