Bozor infratuzilmasi.
Bozordagi aloqalarda ko`pchilikdan iborat subyektlar qatnashadi. Bu aloqalar xilma xil bo`lib, murakkab kechadi, bular bevosita aloqalar va bilvosita aloqalardir. Bevosita aloqalar bozor munosabati paydo bo`lganda sotuvchi va xaridor bir-biri bilan to`g`ridan to`g `ri aloqa o`rnatadi, bu yerda hech kim ular o`rtasida vositachilik qilmaydi. Bilvosita bozor munosabati yuz berganda sotuvchi va xaridor o`rtasidagi aloqalar vositachilar orqali o`rnatiladi. Ular oldi-sotdi sohasida bozor ishtirokchilariga o`z xizmatini ko`rsatadilar, bu infratuzilma xizmati bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |