Kirish Asosiy qism 1



Download 131 Kb.
bet2/5
Sana08.02.2023
Hajmi131 Kb.
#909287
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxs va uning shakllanishiga ta\'sir ko\'rsatuvchi ijtimoiy omillar

Kurs ishi maqsadi: Shaxs va uning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy omillari samaradorligini oshirish omillarini o’rganish.
Kurs ishi ob’ekti: Shaxs va uning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy omillarni tashkil etish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Shaxs va uning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy omillari, usullari va vositalari.
Kurs ishini tuzilishi: Kurs ishi 4 qism ya’ni (kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar) 30 sahifadan iboratdir.

  1. Shaxs rivojlanishi haqida tushunva. Invid, shaxs individuallik.

Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lo-tincha pkZts! — ajralmas, alohida zot degan ma`no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog`lom (esi-hushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo`q, oddiy malakalarni o`zlashtira olmaydigan akli za-iflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigi-na shaxs deb atash an`ana tusiga kirib qolgan, chunki o`sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo`la oladi. Individ sifatida yorug` dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta`sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega-dir. Ilk bolalik chog`idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabat-lar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo`lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan ta-nisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a`zolari, mahalla ahli, ja-moatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (ki-shilarning og`ushida, ularning qalb to`risida) odamning bundan ke-yingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog`liq bo`lmagan har xil xu-susiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faol-likni inkor etish o`ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o`zlashtirish jarayoni odamning o`zicha amalga oshirayotgan faolsyatiga va uning bilan qan-day maqsad ko`zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ru-hiy dunyosi orqali namoyon bo`ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko`nik-malarida ko`zga tashlanadi. Boshqacha so`z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni egallashga intilgan sa`y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o`z istiqbo-li uchun yo`l-yo`riqtanlashda, uni o`zlashtirishda, hayotda o`z mavqei va o`rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllari-ni yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoni yatiga ega. Hayetda biron bir tanbeh berishning o`zi kimdadir ruhiy hisni uyg`otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta`sir qiluvchi barcha tashqi qo`zgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismla-ri (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig`in-disi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo`ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya`ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig`in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dumyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o`xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg`u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo`lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning man-gulikka yo`nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o`zining qadr-qim-mati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qili-shi, ta`lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o`zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatdaturli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko`pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o`zaro hech bir o`xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo`ravon» bola o`z tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o`zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo`shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida kelti-rilgan masalalardan bitta odamning o`zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga mos, ularga mutanosib bo`lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu singarilarida o`z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o`zaro hamohang tarzda o`ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biri-ga mosligi shaxsning yaxlitligini ko`rsatuvchi alomatlardan biri bo`lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko`rsatkichi uningturli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o`zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.
Inson jamiyatningturli guruhlarida odamlarning o`z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo`lmasin, tur-mushdagi mavqei ko`p ma`no, ko`p qirrali xususiyatga ega bo`lishidan qat`i nazar, inson shaxsiga to`la mos keladigan haqiqiy tavsif be-rish imkoniyati saklanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o`ynaydigan asosiy rollarini, egallagan mavqeining indivi-dualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqlash bilan emas, bal-ki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni^o`zlashtirishga nis-batan munosabatini o`rganish orqali beriladi. O`zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi.
Jahon psixologiya fanining ilg`or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko`rsatilishicha, shaxsning psixo-logik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, tempe-rament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy qobiliyatlari, is-te`doddarajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-hida odamda betakror, barqaror, turg`un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o`z navbatida gsh.xsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat`iyligi, stereotipligi to`g`risidagi fikrni qat`iy tasdiqlashga imkon yaratadi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya`ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikma-si tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig`in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabi-lar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o`xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg`u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo`lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning man-gulikka yo`nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o`zining qadr-qim-mati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qili-shi, ta`lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o`zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko`pincha, ularda har xil vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi, o`zaro hech bir o`xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo`ravon» bola o`z tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o`zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaqtida boshqalarga qo`shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va hamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida kelti-rilgan masalalardan bitta odamning o`zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi.
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o`zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam o`z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o`zgarishi, yoshni ulg`ayib borishi ham shaxsning psi-xologik qiyofasi (milliylik, etnik ta`sir asosida) muayyan daraja-da barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qat-nashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg`unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig`indisining doimiyligi bilan uzviy bog`liqdir. Biroqbiz qayd qilib o`tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o`zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o`rganilgan. Bu o`zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo`luvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta`sir, tarbiya sharoitiga bevosita aloqadordir.
«Endopsixika» va «Ekzopsixika» haqida tushuncha
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishi-ga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Maz-kur masalaning qo`yilishi dastavval ta`lim va tarbiya ehtiyojlari-dan, tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, ya`ni shaxsni toifalarga ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniklash bilan boglikdir. Darhaqiqat, shaxstipologiyasi, shaxsni tipologiktaxdil qilishning eng nozik, ibratli jihatlarini cheklab o`tish, u haqida yetarli dara-jada to`la tasavvurga ega bo`lishni xoxlasak, uning eng umumiy tasvi-rini umumlashgan tarzda ta`kidlab o`tish lozim.
Shaxs tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo eta-di, binobarin, ushbu bo`laklarning yig`indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxs-ni psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli mohiyati-ga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikatsiyalashni) tavsiya` etmoqdalar.
Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijti-moiy (sotsial) omil (faktor)ning, voqelikningta`siri ostida shakl-langan inson shaxsida ikkita muhim qism bo`lganligini tasdiqlov-chi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga bino-an «ichki psixik» («endopsixik» - yunoncha «endo» ichki degan ma`no-ni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g`oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko`ra «endopsixika» shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o`zaro bog`likligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nerv-psixo-logik tuzilishi bilan «endopsixik» aynan bir narsa degan tushun-chani tasdiqlash yotadi, go`yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning «ekzopsixik» qismi bo`lsa shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo`lgan barcha jihatlarini, shaxslararo va obyektiv munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» o`z navbatida shaxsning ta`sirla-nishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyat-larini, irodaviy zo`r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa o`z tarki-bida shaxs munosabatlariningtizimini va uningqiziqishlari, may-llari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlari-ni, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qam-rab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo`lgan «endopsixika» biolo-gik shart-sharoitlarga bog`liqdir, aksincha, «ekzopsixika» ijtimo-iy voqeliklar ta`siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va tako-millashib boradi.
Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog`liqdegan naza-riyaning namoyandalari bo`lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o`sha ikkita asosiy omil-larga, ya`ni biologik va ijtimoiy (sotsial) voqeliklarning ta`si-riga bog`liq bo`lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordir-lar. Obyekt-subyekt munosabatini belgilaydi. «Endopsixika» o`z navbatida shaxsning ta`sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafak-kur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo`r berish xis-latlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazi-latlarini aks ettiradi. «Ekzopsixika» esa o`z tarkibiga xos munosa-batlariningtizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslg.gi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.
Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur`atlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqoridataxlil qilingan qo`sh (ikki) omil-lik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo`lish maqsadga muvofiq?
Jumladan, dialektik materializm darg`alarining iborasi bilan aytganda, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig`indisidan iborat, bu ifodaga o`ta keskin e`tiroz bildirishga hojat yo`q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bo`lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy-biologiktuzi-lish alomatlari saklanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb e`tirof qilish muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning o`zaro munosabatla-rini qay tarzda tushunishda o`z ifodasini topadi. Ko`pgina psixo-loglarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo`sh omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilish-ni, «ekzopsixika» bilan «endopsixika»ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo`yadi, o`zaro ta`sir etish muammosiga loqayd-lik bilan munosabatda bo`ladi. Mazkur konsepsiya vakillari shaxs-ning shakllanishi va uning tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga olmaydilar.
Ehtiyojlarda shaxsning yaqqol ijtimoiy turmush sharoitlariga bog`liqligi motivlar tizimi (motivatsiya) sifatida o`zining faol jabhalari bilan ifodalanadi. Motivlar ma`lum ehtiyojlarni qon-dirishga qaratilgan faoliyatga nisbatan moliklikdir, degan ta`-riflanishga mutlaqs mosdir. Psixologiya fanida qiziqishlar de-ganda, odamlarning bilish jarayoniga yo`naltirilgan ehtiyojlarning hissiy aks etishidir. Bilish ehtiyojlarini shaxs tomonidan qondi-rilishi uning bilimlaridagi uzilishlarini to`ldirishga, ta`lim vaziyatlariga to`g`ri moslashishga hamda ularni tushunishga zarur im-koniyatlar yaratadi va yordam beradi.
E`tiqod odamning shaxsiy qarashlari, xulq-atvor tamoyillari, ilmiy dunyoqarashlariga asoslanib harakat qilishga undovchi angla-shilgan ehtiyojlar majmuidir. E`tiqod shaklida yuzaga keladigan ehtiyojlarning mazmunini odamni qurshab turgan tabiat va u yashay-digan jamiyat haqidagi bilimlar hamda ularni muayyan darajada shaxs tomonidan anglash hosil qiladi va asta-sekin turli tashqi ta`sir-lar yordamida takomillashib boradi.
Insonda vujudga keladigan tilaklar sa`y-harakatlar motivlari Hisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namo-yon bo`lmagan turmush va rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifo-dalanadi.
Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayoti-faoliyati davomida o`zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishninghaqiqiy imkoniyatlari o`rtasidagi qara-ma-qarshiliklar bo`lib hisoblanadi. Bular to`g`risida jahondagi il-miy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar mavjuddir.
Odatda, shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib topti-rish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo`r berish, zo`riqish, tanglik, jid-diylik holatlarini boshqarish, o`zini qo`lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishningoqilona, omilkor vositalarini (yo`lla-ri, usullari, operatsiyalari, ko`nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa`y-harakatlari kabilarni) o`zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (taqpid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta`lim, o`qitish, o`qish, o`rganish, o`rgatish, saboq olish, o`zlashtirish, musta-qil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksak-roq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo`lgan ehtiyojni tug`dira-di.
Shunday qilib, ehtiyojlarning tug`ilishi, taraqqiyoti, ularni sa-ralash va shakllantirish hamda mustaqil, demokratik, huquqiy ja-miyat kishisiga xos bo`lgan milliy, hududiy ma`naviyat, ruhiyat va qadriyatlarning qonuniyatlariga, xossalariga, mexanizmlariga asos-langan sharqona, o`zbekona yuksak axloqiy hislarga ega insonlarni voyaga yetkazish respublikamiz psixolog olimlarining oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir. Buning uchun psixologlar ko`p taj-ribalarda sinalgan (ishonchli, validli, reprezentativ) testlar, me-todlar (innovatsion xususiyatli), metodikalar (ularning invariant-lari, variatsiyalari, modifikatsiyalari), muayyan kasbiy malakalar, uslubiy qurollar (ko`rsatmalar, tavsiyalar, ishlamalar, modul va reyting tizimlari), zamonaviy texnik vositalar bilan to`la-to`kis qurollanishlari, nazariy vaamaliy bilimlarni egallashlari, olin-gan natijalarni ko`p qirrali (sifat, miqdor, korrelyatsion, disper-sion, faktor va hokazo) tahlil qila bilishlari, chuqur talqin qila olishlari mutlaqo zarurdir. Chunki bularsiz shaxsni komil inson sifatida shakllantirish, kamol toptirish mumkin emas, binobarin, ikkiyoklama o`zaro ta`sir bunday imkoniyat yaratishga qodir.
O`z - o`zini baholash - shaxsning o`z xislatlarini baholay olishi.
Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada - oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir.
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi.
Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.
Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi:
1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi.
2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan.
Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy yo`l bilan o`tgan instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog`laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to`g`ri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik ko`rsatishga undaydi. ehtiyoj - shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning aniq yashash sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bo`lishiga ko`ra, moddiy (tabiiy) va ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bo`lgan ehtiyojlar kiradi. Ma`naviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong mahsulotlariga bo`lgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish, kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar asosida qondiramiz. Moddiy va ma`naviy ehtiyojlar albatta qondirilishi shart.
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish- shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy, ma`naviy, salbiy, ijobiy, davomli, qisqa muddatli bo`ladi. qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va ishonch - e`tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog`liqdir. SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar bo`lishi mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam nimanidir istaydi, ammo o`sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi sabablardir. Xatti - harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir. e`TIqOD - shaxsni o`z qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham xatti - harakat motivlari bo`lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo`lmagan yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng ko`p o`rganilgan masala ko`rsatma berishdir. Bu masala gruzin psixologi D.N. Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko`rsatma berish deganda, bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ehtiyojlarni ma`lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar o`qituvchilar beradigan topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar.


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish