Jamoaning rivojlanish darajasini belgilash metodikasi. Uning mohiyati u yoki bu rivojlanish darajasidagi jamoa normativ ta’rifmi aniq jamoa ta’rifi bilan taqqoslashdan iboratdir. Ijtimoiy ahamiyatga ega boigan maqsadning, pedagoglar bilan o‘quvchilaming birgalikdagi har tomonlama sobitqadam faoliyatining, o‘zaro ma’suliyatli munosabatlaming mavjudligi: o‘z-o‘zini boshqarish organlarining faoliyati va h.k.
Sinf rahbari jamoaning rivojlanish darajasini belgilash uchun bolalarda ularning hozirgi va bo‘lajak hayotlarida ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlari mavjudligini bilish muhim, ya’ni jamoaning hayotiy faoliyati istiqbollarini barcha yoki yarim o‘quvchilar qabul qilishni va bu istiqbollarning xususiyati qandayligini bilib olish zarur. Agar bo‘lajak shanbalik yoki bayram kechasi bolalar uchun faoliyatga undovchi bo‘lsa va bu
kun istiqboli faqat ayrim o‘quvchilar uchun ahamiyatli bo‘Isa, jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi haqida gapirish mumkin.
Pedagog sinf bilan ishlashning dastlabki bosqichida turli vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Sinfda haqiqiy jamoa munosabatlari bo‘lmasligi mumkin, bunda o‘qituvchi ishni boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha bunday holat yangi shakllangan, “yig‘ma” sinflarda, yangi qurilgan maktablarda bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, boshqa hollarda ham shunday bo‘lishi, avvalgi sinf rahbarming kuch-g‘ayrati muvaffaqiyat keltirmagan bo‘lishi, tarkibi o'zgarmagan jamoa VII-VIII cinflarda ham shakllanmasligi mumkin.
Ikkinchi tomondan sinf rahbari sinf bilan ishlar ekan, har doim jamoa rivojlanishning boshlang‘ich davri bilan ish ko‘radi, deb mo‘ljallab bo‘lmaydi. Boshlang'ich sinfdayoq (I-IV sinflarda) ko‘pincha yaxshi sinf jamoalari shakllanadi. 0‘qituvchi bunday holda jamoa faoliyatining avvalgi tajribasini tahlil etadi va uning ancha yuqori rivojlanish darajasiga mos keladigan tarbiya metodlarini qo‘llaydi.
Komil inson shaxsini tarbiyalashda jamoaning roli va ahamiyati. Odam bolasining rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Bizga ma’lumki, hayoti davomida inson jismoniy va psixik tomonidan o‘zgarib boradi, lekin bolalik va o‘smirlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham psixik jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi bilan shaxs sifatida kamolga etadi. Bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va behato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasidaj.turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish fozim. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillami, bu omillarning tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.
Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe’l-atvori shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir etadi: biologik omil, ijtimoiy omil va tarbiya ta’sir etadi.
0‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Abu Ali Ibn Sinolar ham inson tarbiyasiga ta’sir etadigan omillar ahamiyatiga e’tibor berib kelganlar Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: “munosib inson” boMishi uchun odamda ikki imkoniyat: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa, bu kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yashirishga olib boradigan yoidir, deydi. Abu Ali Ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy pedagogik asosda yoritib berishda yordam berdi. U ayniqsa oila tarbiyasida ota-onaning o‘miga alohida to‘xtalib, bola tug‘ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa oila baxtli bo‘ladi degan fikmi ilgari suradi.
Bola shaxsining rivojlanishga, kamol topishga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta’sir etadi. Bola shaxsining rivojlanishga naslning ta’siri deganda, ota-onalarga o‘xshashlikni ifodalovchi biologik belgilaming takrorlanishini tushunmoq kerak, har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba’zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko‘zning, terisining rangi, bo‘y-basti va boshqalar) ega bo‘lgan holda dunyoga keladi. Bulaming barchasi jismoniy xususiyatlarga kiradi. Bulardan tashqari oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug‘ma o‘tadi. Bu esa fiziologik xususiyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |