O‘simlik va hayvonot dunyosi
Qo‘riqxonada to‘qay o‘rmonlaridan tashqari, qamishzorlar va yaylovlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Baday-To‘qay qo‘riqxonasida terak, jiyda, tol va qamish o‘sadi.
Hayvonot olami turli xil qushlar, sutemizuvchilarning ko‘plab turlari va 15 turdagi baliqlardan iborat. Bu yerda, asosan, yovvoyi cho‘chqa, tolay tovushqoni, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi (O‘rta Osiyodagi eng katta mushuk), bo‘rsiq, ariq sichqoni, cho‘l sassiqkuzani, katta quloqli tipratikan va ko‘plab kemiruvchilar yashaydi.
Muhofaza ostidagi hayvonlar orasida Buxoro bug‘usi yoki xongul alohida o‘rin egallaydi. To‘qay o‘rmonlari inson tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng, ilgari juda ko‘p sonli bo‘lgan Buxoro bug‘usi o'zining qadimgi yashash joylaridan deyarli siqib chiqarildi.
Amudaryoda har xil baliq turlari, masalan, bakra baliq, katta va kichik Amudaryo qilquyruqlari, cho‘rtan baliq, oqqayroq, Orol so‘zanbalig'i, leshch, tarasha baliq, sazan, laqqa baliq, sudak va oq amur kabi baliqlar yashaydi.
Qushlar dunyosi xilma-xildir. Qo‘riqxona hududida sor, oddiy miqqiy, ko‘k kaptar, katta quloqli boyo‘g‘li, oq qanotli qizilishton, kichkina g‘urrak, uy yapaloqqushi, kokildor to‘rg‘ay, hakka, qora qarg‘a, zog‘cha, katta chittak, mayna, dala chumchug‘i, qora kalxat va qirg‘iyni uchratish mumkin. Baday-To‘qaydagi qushlarning alohida muhofazadagi turi – bu Xiva qirg‘ovulidir.
Adir o’simlik va hayvonot dunyosini muxofaza qilish .
O’zbekiston hududidagi balanlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi.
O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan.
O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi.
Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning o’zgarib borishini ulug’ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |