3.1.Misni ohak bilan cho’kishi.
Quyida misni nikeldan CaO yordamida ajratib cho‘ktirish tajribalar ketma-ketligi reaksiyalari keltirilgan.
Misni CaO bilan neytirallash va cho‘ktirish
СuSO4 + СаО+H2O = CaSO4↓ + Сu(OH)2↓ (3.1.1)
NiSO4 + СаО+ H2O = CaSO4↓ + Ni(OH)2↓ (3.1.2)
FeSO4 + СаО+ H2O = CaSO4↓ + Fe(OH)2↓ (3.1.3)
Tajribalarni o‘tkazish uchun misni cho‘ktirish uchun reagentlar tayyorlab qo‘yildi.
Mis va nikelni samarali tarzda ajratib olish uchun eksprementlar 6-rasmda ko‘rsatilgan quyidagi sxema bo‘yicha o‘tkazildi.
Misning cho‘ktiruvchining sarfi, va pH va cho‘ktirish vaqtiga bog‘liqligi o‘rganildi. Eksprementlarning natijalari 3.1.1-rasmda va 3.1.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
3.1.1-rasm misni cho‘kishini oxak sarfiga bog‘likligi.
Misni cho‘kishiga eritmaning pH ta’siri.
3.1.2-rasm. Misni cho‘kish darajasini pH ko‘rsatkichiga bog‘liqligi.
Mis Eritish Zavodi kuporos sexi matochniy eritmalari cho‘ktirilishidan olingan maxsulotlarning sifatli taxlili rasmda ko‘rsatilgan.
3.1.3-rasm.CaOni qo‘llagan holda matochniy eritmadan cho‘ktirilgan cho‘kmaning spektorlari.
Eritmalar va cho‘kmalarning sifatli taxlili retgenflyurotsent taxlillar ko‘rsatishicha 9,10 va 11-rasmlar, eritmalarni CaO bilan birgalikda cho‘ktirishda cho‘kmaga misning asosiy qismi o‘tdi, eritmada esa nikelning yuqori tarkib miqdori 7,5 keV belbog‘ida kuzatiladi. Ekstraktsiya eritmasi nikelga boy.
3.1.4.-rasm.CaO ni qo‘llagan holda matochniy eritmasidan cho‘ktirishdan keyingi filtratning spektorlari.
3.1.1-Jadval.
Oxakning sarfiga bog‘liq holda eritmalardan misning cho‘ktirilishi
-
№
|
Ohak sarfi, g
|
Eritma og’irligi, g
|
Eritmada mis miqdori,%
|
Eritmadan misni ajralishi,%
|
1
|
20
|
52,4
|
4,77
|
4
|
2
|
30
|
77,6
|
4
|
5
|
3
|
40
|
104,7
|
4,8
|
8
|
4
|
50
|
140,6
|
8,9
|
20
|
5
|
60
|
184
|
13,6
|
40
|
6
|
70
|
242
|
19,1
|
74
|
7
|
80
|
282,3
|
20,3
|
92
|
8
|
90
|
314,3
|
19,9
|
100
|
Nikelning ioni dimetilglioksimning ikkita molekulasi bilan bog‘langan, shu bilan birga ularning har birimetall bilan bir emas, birdaniga ikkita bog‘lanishni hosil qiladi(azotning ikki atomi hisobiga)
Cu+2 + 2(C4H6)N2(OH)2 = [(C4H6) N2O2H]2Cu + 2H+ (3.1.4)
Zn+2 + 2(C4H6)N2(OH)2 = [(C4H6) N2O2H]2Zn + 2H+ (3.1.5)
Fe+2 + 2(C4H6)N2(OH)2 = [(C4H6) N2O2H]2Fe + 2H+ (3.1.6)
3.1.2-Jadval.
Turli pH muxitlarda kerosin bilan aralashtirilgan holda nikelning saralanishi
№
|
Ўртача рН
|
Никел ажралиши, %
|
1
|
5
|
30
|
2
|
6
|
42
|
3
|
7
|
60
|
4
|
8
|
82
|
|
8,5
|
98
|
3.1.3-Jadval.
Ekstragent sarfidan metallarning saralab olinishi
Экстрагентнинг сарфи, стехиометрик миқдорларнинг % миқдорларидан
|
Никелнинг сараланиши, %
|
100%
|
70,5
|
125%
|
82,4
|
150%
|
98,7
|
3.1.5.-rasm. Eritmalardan olingan filtratlarning spektorlari
Misni ohak bilan cho‘ktirish va keyingi bosqichda ekstraktsiyalash va rekstraktsiyalashning laboratoriya tajribalari ko‘rsatishicha, bu holda eritmalardan yuqori darajada saralanishda mis cho‘ktirili bilan ajratildi. Bunda misning cho‘kmaga saralanishi 99% ga yaqinni tashkil qildi, cho‘kmada 19,1% miqdor bilan, ko‘pik to‘plovchida yig‘ilib qolgan nikel esa barabanli vakuum filtrga filtrlash uchun yuboriladi, keyin esa qayta ishlov berishga.
Ohak bilan misni cho’ktirishdan keyin eritmada qolgan misni gidrazin yordamida to’liq tozalash mumkin.
Gidrazin kuchli tiklovchi modda bo’lib oddiy sharoitda eritmadagi nikel tuzlaridan nikelni tiklanishi amalda juda sekin boradi, lekin misni tiklanishi juda tez boradi. Shuni hisobga olib misni ohak eritmasi yordamaida ikkinchi bosqich cho’ktirish davomida eritmada qolgan misning miqdoriga proporsional ravishda eritmaga 20-250C haroratda 10 minut gidrazin sulfatning (Q:S=1:1) eritmasidan va oz miqdorda ohak eritmasi qo’shiladi va aralashtiriladi. So’ngra eritma tindiriladiva filtirdan o’tkaziladi.
Jarayoning kimyoviy reaksiyasi quyidagicha:
2СuSO4 + N2H4·H2SO4 = 2Cu0 + N20 + 3H2SO4 (3.1.7)
Reaksiya natijasida hosil bo’lgan sulfat kislotasi ohak eritmasi yordamida neytrallanadi.
Н2SO4+ CaO= CaSO4+ H2O (3.1.8)
Misdan to’liq tozalangan nikelli eritmani 80-900C haroratda bug’latish-kristallash yo’li bilan qayta ishlab nikel kuporos ajratib olinadi.
Filtirlashdan hosil bo’lgan misli cho’kma (kek) ni mexanik aralashtirgichli agitatordaH2SO4 eritmasi bilan qayta ishlab misni qayta eritmaga o’tkazib mis kuporosi ishlab chiqarishga yuborish mumkin.
Hosil bo’lgan gipsli cho’kma quritish pechida 250-3000C haroratda quritilib qurilish materiali sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |