2.5. Misni ohakeritmasi bilan cho’ktirish usuli.
Mis ishlab chiqarishda hosilbo’ladigan(маточные раствор) texnologik eritmalardan ohak yordamida eritma tarkibidan misni sellektiv cho’ktirish mumkin.Eritmada mis bilan ohak ta’sirlashib misning asos holatdagi cho’kmasi hosil qilinadi.Bu jarayonni amalga oshirish uchun oldindan ohak eritmasi tayorlab olinadi. Ohak eritmasi(маточные раствор) texnologik eritmaga quyiladi va qizdirib aralashtirib turiladi. Bunda mis asos holatda cho’kadi. Jarayonning reaksiya tenglamasini quydagicha ifodalash mumkin:
СuSO4 + СаО+H2O = CaSO4↓ + Сu(OH)2↓ (2.5.1)
Bu jarayonda(маточные раствор) texnologik eritmaga ohak solinganda eritma neytrallanadi buni pH metr bilan o’lchab boriladi. pH-6-6,5 bo’lgan sharoitda eritmadan mis cho’kadi yuqoridagi reaksiya asosida.
Cho’kma ajralgandan keyin eritma filtirlanadiva mis cho’kmasi ajratib olinadi.
Misni cho’ktirilishiga erishilgach eritmada qolgan nikelni boshqa kimyoviy usullar bilan ajratib olish mumkin.
Reagentlar sifatida NaOH, Na2CO3 yoki Ca(OH)2 ni qo’llash yordamida eritmalardan nikelni cho’ktirilishi.
Nikelning ishqorli reagentlar bilan cho’ktirilishi quydagi reaksiyalar bo’yicha kechadi:
NiSO4 + Na2CO3 → NiCO3↓ + Na2SO4 (2.5.2)
NiSO4 + Ca (ОН)2 → Ni (ОН)2↓ + CaSO4↓ (2.5.3)
NiSO4 + 2 NaОН → Ni(ОН)2↓ + Na2SO4 (2.5.4)
Nikel bilan birgalikda shuningdek kalsiy va magniy ham cho’kmaga o’tadi.
Elementlarning to’liq cho’kishi рН ning miqdoriga bog’liq bo’ladi, u esa quydagicha
— Ni (ОН)2 = 6,6–9,5;
— Mg (ОН)2 = 9,4–12,4.
Nikel va magniyning nikel tuzlariga o’tish darajasining рН miqdori, turli ishqorli reagentlar qo’llanilgan holda cho’ktirilishi berilgan.
Aniqlanishicha, reagentning turidan qat’i nazar:
—haroratni 323–328К dan 368–370 К gacha ko’tarish nikelning cho’kmaga tushishiga ta’sir qilmaydi. Ammo kalsiyning cho’kmaga o’tishini∼ 6 %,magniynikiniesa 15 % ga oshiradi;
—рН muhiti 7,0 dan 8,0 gacha oshirilishi bilan magniyning cho’kmaga o’tishi 25-40% ga ortadi.
Natriy karbonati qo’llanilganda cho’kma bilan nikelning yo’qotilishi 10% dan ortiqni tashkil etmaydi.Kalsiy yoki natriy gidroksidlari qo’llanilganda nikelning yo’qotilishi 54-57% gacha ortadi.
Hosil bo’lgan cho’kmalar strukturasi bo’yicha farqlanadi.Bu filtirlash jarayonining ko’rsatgichlarida aks etadi. Kalsiy va natriy gidroksidlari qo’llanilib cho’ktirilishdan keyin filtirlanish tezligi o’zaro nisbatlarda teng va 0,2–0,5 m3/soatni tashkil qiladi. Olingan ma’lumotlar va reagentlarning bahosini e’tiborga olgan holda reagent sifatida natriy korbanati qo’llanishi samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |