Mundarija
KIRISh……………………………………………………………………………5
1. ADABIYOTLAR TAHLILI………………………………….. .................11
1.1. Lalmikorlikda maxsar yetishtirish tarixi......................................................11
2. ASOSIY QISM.……………………………………….……………..........22
2.1. Lalmikor dehqonchilik mintaqalarining o’ziga xos xususiyatlari......... .….22
2.2. Lalmikor yerlarda maxsar yetishtirish texnologiyasi.................. …………23
2.2.1. Almashlab ekishdagi o’rni...........................................................................23
2.2.2. Tuproqni ishlash..........................................................................................28
2.2.3. O’zbekiston Respublikasining lalmikor yerlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan maxsar navlari va ularning qisqacha tavsifi.....................................................................................................................29
2.2.4. Urug’ni ekishga tayyorlash..........................................................................32
2.2.5. Maxsar ni ekish muddati, meyori va chuqurligi...........................................32
2.2.6. Ekinzorni parvarish qilish...........................................................................34
2.2.7. Hosilni yig’ishtirib olish..............................................................................41
2.3. Lalmi yerlarda boshoqli don ekinlarini yetishtirishda qo’llaniladigan texnologik karta.....................................................................................................44
2.4. Lalmikorlikda maxsar navlari don hosili va sifatiga ekish muddatlarining tasiri….............................................................................. ………………………47
3.O’zbekiston respublikasi prezidenti islom karimovning mamlakatimizni 20120 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar...................................................................................................................60
4.Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida hayot faliyati havfsizligi.............................66
5.Xulosa va takliflar................................................................................................72
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.......................................................................74
7.Internet ma’lumotlari............................................................................................79
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, O’zbekistonda maxsar ning ikki turiga mansub navlari ekib kelinmokda. Maxsar zorlarning asosiy qismida yumshoq maxsar (Triticum aestivum) juda oz qismida maxsar Triticum durum) yetishtirilmoqda. Mamlakatimizda Davlat reyestriga kiritilgan qattiq maxsar navlari asosan bahori va duvarakdir. Bu xususiyati hamda donning sifati yuqoriligini, xarid narxlari yumshoq maxsar nikidan 30-50% qimmatliligini hisobga olsak ular tobora rivojlanayotgan makaron –konditer sanoati ehtiyojiga to’liq javob beradi. Maxsar doni makaron va makaron mahsulotlari tayyorlashda hamda konditer sanoatida ishlatiladigan asosiy xomashyodir. Bunda maxsar tovar donining texnologik sifati yuqori bo’lishi talab etiladi. Tovar qattiq maxsar ning xarid bahosi yumshoq maxsar niki kabi 1-2-3-4 sinf bo’yicha belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 29 mayda tasdiqlagan № 147-sonli boshoqli ekinlar donining kelishilgan xarid narxlari narxnoma bo’yicha 1 tonna qattiq maxsar ning xarid bahosi 1 sinfga 623490 so’m, 2 sinfga 549890 so’m, 3 sinfga 500270 so’m, 4 sinfga 380000 so’m. Bu ko’rsatgichlar tegishli ravishda yumshoq maxsar uchun 519000; 441430; 380000; 339960 so’mni tashkil etdi binobarin qattiq maxsar ning xarid bahosi barcha sinflar bo’yicha yuqoridir. Bu maxsar yetishtirishning ayniqsa, 1 sinfga mansub maxsar donining iqtisodiy samaradorligini ko’rsatadi. Keyingi ikki yilda dunyoda qattiq va yumshoq maxsar donining xarid narxi sezilarli darajada oshdi. Maxsar yetishtirish maydonlarini kengaytirilishi respublikamiz iqtisodiyotiga ijobiy tasir ko’rsatadi.
Hozirgi vaqtda ham xalqaro bozorda qattiq maxsar ning sifatli doniga bo’lgan talab to’liq qondirilmayapti, bu esa ularning narxi oshishiga olib kelmoqda. Masalan 1 tonna sifatli maxsar doni 4 tonna makkajo’xori doniga ekvivalent hisoblanadi. O’zbekistonda esa maxsar doni noyob hisoblanib, unga bo’lgan talab qator yillardan beri qondirilmay kelmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda maxsar yetishtirish bo’yicha sezilarli darajalarda muvaffaqiyatlarga erishildi, ammo yetishtirilgan barcha maxsar donining sifati davlat andozalariga javob beradi deb bo’lmaydi.
Ma’lumki, Respublika lalmikor mintaqalarida yetishtirilgan qattiq maxsar ning don sifati sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladigan navlar don
sifatiga qaraganda bir muncha yuqori bo’ladi (Mamirov,1984).
Yaqin kelajakda Respublika axolisining yanada ko’payishi munosabati bilan uning don va un mahsulotlariga, oqsilga boy, ekologik toza turli xil qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan extiyojini qondirish muammolarini xal etishda sug’oriladigan maydonlar bilan bir qatorda lalmikor yerlardan ham samarali foydalanish muhim dolzarb ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda Respublikamizda lalmikor yerlarda kuzgi muddatlarda ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan qattiq maxsar ning navlariga ixtisoslashgan alohida urug’chilik xo’jalik va fermerlarning bo’lmaganligi, hamda respublika miqyosida qattiq maxsar urug’chiligiga etibor berilmaganligi, uning ilmiy asoslangan yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqilmaganligi tufayli to’liq o’z o’rnini topmagan.
Mamlakatimizda kuzda ekiladigan maxsar ulushining kamayib borayotganligi tasodifiy emas. Qattiq maxsar ning yetishmasligi sababli makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda yumshoq maxsar ning shaffof (kuchli) navlari donidan foydalanilmoqda.Har bir uy bekasi uning natijasini yaxshi biladi. Makaron, vermishel va yorma qaynatilganda bo’z tusga kira boshlaydi, ular bo’shashib va bir-biriga yopishib qoladi. Shu boisdan uning sifati haqida gapirmasa ham bo’ladi.
Respublikamizda lalmikor yerlarda yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosili azaldan ichki ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining donga bo’lgan ehtiyoji asosan sug’oriladigan yerlarda yetishtiriladigan hosil hisobiga qondirilmoqda. Lalmikorlikda maxsar , ayniqsa maxsar yetishtirish, hosildorlikni, don sifatini oshirish g’allachilikdagi dolzarb muammolardan biri bo’lib hisoblanadi. Joriy yilda respublikamizda 200 ming gektardan ortiq lalmikor maydonlarga maxsar urug’lari, shu jumladan maxsar ham ekildi.
Xalq xo’jaligida maxsar juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega.
Maxsar doni bir qator texnologik xususiyatlarga ega bo’lib, uning unidan
tayyorlangan mahsulotlar to’yimli va juda hushbuydir, undan yuqori sifatli yorma, makaron, vermishel va bir qancha qandolat (pechenye, tortlar, pryanik va boshqalar) mahsulotlarini ishlab chiqarishda tengsiz xomashyo hisoblanadi.
Hozirgi paytda respublikamiz lalmikor maydonlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga qattiq maxsar ning Marvarid, Leukurum-3, Javohir navlari kiritilgan. Bu navlar yumshoq maxsar navlariga nisbatan issiqqa, qurg’oqchilikka, qorakuya va zang kasalliklariga chidamli bo’lib, donlari pishganda to’kilib ketmaydi, lalmikor sharoitda barqaror va sifatli hosil beradi.
O’zbekistonning tabiiy-iqlim sharoiti lalmikor mintaqalarda maxsar o’stirishga juda qo’laydir. Respublikamizning lalmikor maydonlarida ekish uchun qattiq maxsar ning bir necha navlari yaratilgan bo’lishiga qaramay bu navlarning ekin maydonlari juda kam va respublikamizda rivojlanib borayotgan makaron-konditer sanoatining maxsar doniga bo’lgan talabini qondira olmaydi. Vaholanki, respublikamizda qattiq maxsar ni yetarli miqdorda yetishtirishning ilmiy va amaliy imkoniyatlari mavjud. Ammo, keyingi yillarda lalmikorlikdan foydalanish keskin darajada kamaydi. Ayrim yillari ob-havoning qurg’oqchil kelishi, dehqonchilik madaniyatining, yerlar unumdorligining pasayishi, navlarning biologik xususiyatlari hamda tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ekish muddatlarining o’rganilmaganligi buning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Respublikamizda lalmikor yerlarida yetishtirilgan maxsar hosili azaldan aholini maxsar doniga bo’lgan ichki ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ko’p yillar davomida don yetishtirishning asosiy manbai bo’lib kelgan. Lalmikor yerlarda yetishtirilayotgan maxsar hosildorligi asosan vegetasiya davomidagi atmosfera yog’ingarchiliklariga bog’liq. Ob-havo qulay kelgan (seryog’in) yillar lalmikorlikda maxsar hosili 20-30 s/ga ga yetishi mumkin. Respublikamizda maxsar ning lalmikorlikdagi hosili past 5-9 s/ga. Almashlab ekishni to’la joriy qilish, hamma agrotexnik usullarni o’z vaqtida, tez, sifatli bajarish hosildorlikni oshiradigan eng muhim vazifalar hisoblanadi. Lalmikorlikda maxsar yetishtirishni ko’paytirish, hosildorlikni, don sifatini oshirish g’allachilikdagi dolzarb muammolardan biri bo’lib hisoblanadi.
Lalmikor yerlarda yog’ingarchiliklarning asosiy manbai g’arbdan keladigan iliq havo oqimidir. Bu havo oqimlari tog’li mintaqalarga kelib sovib boshlaydi va yomg’irga, qorga aylanadi. Shu sababli yog’in-sochin miqdori ko’p yillik ma’lumotlarga ko’ra respublikamizning tekislik mintaqalarida 70-200 mm, tog’ oldi mintaqalarida 300-400 mm va tog’li lalmikor yerlarda 400-500 mm ni tashkil etadi.
Respublikamizning lalmikor dehqonchilik qilinadigan mintaqalari arid iqlim tipiga mansubdir. Bu mintaqalariga barcha qir-adirlik va tog’ oldi lalmikor yerlar kiradi.
Qir-adirlik va tog’ oldi lalmikor mintaqalarida yog’in-sochinning yil davomida mavsumiy o’zgarishi quyidagicha: ular asosan yarim yillikning sovuq (qish) davrida bo’lib o’tadi. Bahordagi sernam havo oqimi yozning quruq va issiq havosi bilan tezlikda almashinadi.
Respublika xududidagi lalmikor yerlarda o’simliklarning vegetasiyasini to’xtatadigan dastlabki sovuqlar asosan oktyabr oyida, bazan sentyabrning ikkinchi yarmida bo’lib o’tadi. Sovuqsiz kunlar 200-237 kunni tashkil etadi. Lalmikor yerlarda aksariyat yillarda kuzgi yog’ingarchiliklar asosan oktyabr-noyabr oylarida bo’lib o’tadi. Yog’in-sochin kech bo’lishi, tuproqning yetarli darajada namlanmasligi natijasida respublikaning markaziy va sharqiy mintaqalarida kuzda ekilgan maxsar urug’i aksariyat yillarda faqat bahorda unib chiqadi.
Respublikadagi sobiq lalmikor dehqonchilik ilmiy – tadqiqot institutida uzoq yillar davomida olib borilgan izlanishlar samarasi o’laroq, bu maydonlardan dehkonchilik yuritishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan, buning asosini lalmikor yerlarning har bir mintaqasi uchun g’alla-toza shudgor almashlab ekish tizimlari tashkil etadi. O’zbekistonning janubiy mintaqasi lalmikor yerlarida maxsar yetishtirish foydali va keng avj oldirishga sazovor ish bo’lar edi. Birinchidan, O’zbekiston lalmikor yerlar hisobiga o’zining makaron sanoati talablarini qondiradigan darajada maxsar yetishtirish imkoniyatiga ega bo’ladi, ikkinchidan janubiy mintaqada qattiq maxsar dan yuqori hosil olish uchun qulay (qishning yumshoqligi, tuproqning mexanik tarkibi birmuncha yengilligi va yerlarning unumdorligi) sharoit mavjud, uchinchidan maxsar yumshoq maxsar ga nisbatan zang kasalligiga chidamli, binobarin bu ofat keng tarqalgan yillari yumshoq maxsar ko’chati ko’plab nobud bo’lgan hollarda ham maxsar barqaror hosil beradi, to’rtinchidan yoz haddan tashqari issiq kelgan yillari maxsar yuqori haroratga yaxshi bardosh beradi. Demak, hatto garmsel urish xavfidan xoli, beshinchidan qattiq maxsar ni davlat sotib olish narxlari yuqoriligi hisobiga fermer xo’jaliklari lalmikorlikda rentabelligini oshirish imkonini beradi.
Hozirgi paytda lalmikor yerlarda qattiq maxsar ning Marvarid, Javohir, Leukurum-3 kabi navlari ekilmoqda. Bu navlarning potensial imkoniyatlaridan to’la foydalanish uchun, ularning eng qulay, ilmiy asoslangan ekish muddatlarini o’rganish bilan ushbu texnologik elementlarni maxsar hosili va sifatiga ta’sirini aniqlash muhimdir.
Maxsar — Markaziy Osiyoda keng tarqalgan moyli ekin. U qurg'oqchilikka chidamli. Maxsar moyi bevosita oziq-ovqatga ishla- tiladi hamda margarin tayyorlashda foydalaniladi. Urug'idan 25—32 % yarim quriydigan, och sariq moy olinadi. Sifatiga ko'ra kungaboqar moyidan qolishmaydi.
Maxsar pistalarini qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan kunjarasining mazasi achchiqroq, ammo kam miqdorda qoramollarga bersa bo'ladi. Uning 100 kg kunjarasida 55 o.b., 7—8 % yog' saqlanadi. Unidan o'g'it sifatida ham foydalanish mumkin. Maxsar urug'lari parrandalar uchun yaxshi oziqa.
Hindiston, Afg'oniston, Markaziy Osiyoda, Kavkazortida maxsar moyli ekin sifatida qadimdan ma’lum.^Uning tojbarglaridan bo'yovchi
modda kartamin olingan. Tojbarglari palovga rang beruvchi sifatida ishlatiladi. O‘zbekistonda keyingi yillarda maxsar ekiladigan maydonlar bir necha baravar oshdi. Hozirda O'zbekistonning lalmikor yerlarida 15—20 ming ga maydonga ekiladi. U qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgani uchun yashil massasi oziqa uchun ham o'stiriladi. Urug‘ining o‘rtacha hosildorligi 10—12 s/ga, sug'oriladigan yerlarda 19—22 s/ga.
Botanik ta’riji. Maxsar astradoshlar Astezaceae oilasiga, Cazthamus L. avlodiga kiradi. Uning 19 tun ma’lum, shulardan faqat bitta tur C. tinctozius L. madaniy.
Madaniy maxsar baquwat rivojlangan, tarmoqlangan, yerga 2 m va undan ortiq chuqurlikka kirib boruvchi o‘q ildiz tizimiga ega.
Poyasi tik o‘sadi, dag‘al, oq rangda, juda ko‘p shoxlaydi, bo‘yi 40—90 sm. Poyasi pastdan boshlab uchigacha yoki yuqori qismidan shoxlaydi.
Barglari — bandsiz, tuksiz, qalin, lansetsimon, lansensimon-oval, ellipssimon, cheti tishli yoki tekis qirrali, tikonli yoki tikonsiz. Poyasi va yon shoxlarining uchidagi barglar maydalashib, to'pgulning tashqi barg o'ramasiga aylanadi.
To‘pguli — savatcha, diametri 1,5—3 sm. Bitta o'simlikda 5—50 savatcha hosil bo‘ladi. Savatchalar tikonli yoki tikonsiz. Ko‘p gulli, ko‘p urugii, bitta savatchada 30—70 ta pista bo'ladi. Savatcha o'rama barglar bilan o‘ralib turadi, shuning uchun pistalar yetilganda to£kilib ketmaydi.
Gullari — ikki jinsli, besh bo‘lakli naysimon gultoj hosil qiladi, zarg‘aldoq yoki sariq, goho qizil va oq bo‘ladi. Changchisi beshta, tugunchasi bir uyali, uzun ustunchasi bilan tumshuqchasi bor. Chet- dan changlanadi.
Mevasi — oq, tuksiz, yaltiroq, to‘rt qirrali — oval, asosiga torayib boradigan pistacha. Pistachaning po‘chog‘i qattiq, qalqonli, qalin, pista vaznining 50—60 % ini tashkil qiladi, 1000 pistacha vazni 40—50 g.
Biologik xususiyatlari. Maxsar issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli, yozi quruq, qishi sovuq kontinental iqlim sharoitiga moslashgan o'simlik. U gullash va pishish fazasida issiqlikka juda talabchan bo‘ladi. Maysalari 5—6 °C sovuqqa bardosh beradi. Maxsar O'zbekiston sha- roitida kuzda ekilganda maysalari yaxshi qishlab chiqadi. Kuzda ekil- gan maxsar bahorda ekilganiga nisbatan yuqori hosil beradi.
Gullash davrida sernam, bulutli ob-havo kuzatilsa, gullar yomon changlanadi, pistachalar kam hosil bo‘ladi, savatcha chiriy boshlaydi.
Maxsar tuproqqa talabchan emas. U lalmikorlikda, sug'oriladigan mintaqadagi bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda o‘sadi. Sho'rga chidamliligi tufayli sho‘r tuproqlarda ham o‘sa oladi. Unumdorligi yu¬qori, nam bilan ta’minlangan tuproqlarda yuqori hosil beradi.
Navlari. Maxsarning Milyutinskiy—114 navi O‘zbekiston «G‘alla» IICH birlashmasida yaratilgan. Tikonsiz, bo‘yi 60—70 sm, 4—5 bi- rinchi tartib shoxlari bor. Savatchasining diametri 3,0—3,5 sm, bitta
o‘simlikda 6—8 savatcha bo‘ladi. Guli zarg‘aldoq-qizil, so'liganda qi- zaradi. 1000 pistacha vazni 34—50 g.. Qisuv davri 95—120 kun, po‘chog‘ining chiqishi 41 %, tarkibida 32 % moy bor. Urug‘ va ko‘k massa hosili ynqori. Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va boshqa viloyatlarda lalmikorlikda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Maxsarni lalmikorlikda va suvlikda yetishtirish. O‘zbekistonda max- saming Milyutinskiy—114 navi Davlat ro‘yxatidan o‘tgan va u lalmikor¬likda, suvlikda o'stiriladi. Almashlab ekishlarda maxsar kuzgi g‘alla ekinlari, toza shudgor, band shudgordan keyin joylashtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘za, makkajo'xori, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlaridan keyin ekilsa, yaxshi natija beradi. Maxsarning o‘zi ham boshoqli don ekinlari uchun o'tmishdosh.
Lalmikor yerlarda maxsar ekiladigan maydonlar 20—22 srn chu- qurlikda haydaladi. Sug‘oriladigan yerlarda maxsar uchun tuproq 25—27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Yerni ekishga tayyor- lash erta bahorda nam saqlaydigan boronalashdan iborat.
O‘g‘itlash. Maxsar o‘g‘itlashga juda talabchan. Lalmikorlikda nam bilan ta’minlangan mintaqada N30R60 kg/ga solish hosildorlikni 4—5 s/ga oshiradi.
Ekish. Ekish uchun tozaligi 95 %, unuvchanligi 85 % dan kam bo'lmagan urug‘lardan foydalaniladi.
Maxsar juda erta bahori don ekinlari bilan bir vaqtda eka bosh- lanadi. Maxsarni qator oralari 30 va 45 sm qilib ekish keng tarqal- gan. Ekish me’yori 10—12 kg/ga. Ekish chuqurligi 5—8 sm.
Parvarishi maysalarni ko‘ndalangiga boronalash, qator oralarini 3— 4 ishlashdan iborat. Sug‘oriladigan yerlarda 3—4 marta sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 600—800 m3/ga.
Hosil bir fazali usulda, to‘la pishish fazasida qayta jihozlangan kombaynlarda o‘rib yanchib olinadi.
Lalmikor yerlar, bahorikor yerlar — adir zonasidagi sugʻorilmay dehqonchilik qilinadigan yerlar. Lalmi dehqonchilik oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 200 mm dan yuqori boʻlgan hududlarda tarqalgan. Tuproqda tabiiy namlikni toʻplash va uni saqlash, oʻgʻitlash, begona oʻtlarga qarshi kurash, tuproq eroziyasi oldini olish kabi tadbirlar qoʻllaniladi. Lalmikor dehqonchilik sugʻorish uchun noqulay boʻlgan yerlardan foydalanish imkonini berganligi uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. U, asosan, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Oʻrta Osiyo, Jan. Qozogʻiston va Zakavkazyening togʻ oldi va vohalari atroflarida tarqalgan. Sugʻorish imkonining yaratilishi bilan Lalmikor yerlar sugʻoriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda katta rezerv hisoblanadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida suv chiqarilgach, Lalmikor yerlarning katta maydonlari sugʻorma dehqonchilik r-nlariga aylantirildi.
Oʻzbekistonda lalmi ekin maydoni 734 ming ga, shu jumladan, uning asosiy qismi (ming ga) Jizzax (220,9), Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) viloyatlarida joylashgan. Bu yerlarning 99,8 ming ga maydoni yogʻingarchilik bilan yetarli, 553,7 ming ga maydoni yarim va 89,5 ming ga maydoni kam taʼminlangan
Mazkur bitiruv malakaviy ishning maqsadi lalmikorlikda maxsar navlari don hosili va sifatiga ekish muddatlarining tasirini o’rganish va optimal ekish muddatlarini aniqlash hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalariga quyidagilar kiritildi:
lalmikorlikda maxsar navlari don hosili va sifatiga ekish muddatlarining tasiri haqida ma’lumotlarni tahlil qilish;
- lalmikorlikda maxsar navlari don hosili va sifatini ekish muddatlariga bog’liq holda o’rganish;
-olingan natijalar asosida xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ishda qattiq
maxsar navlarining lalmi yerlarda eng maqbul ekish muddatlari aniqlandi. Bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida lalmikor mintaqalarda qattiq
maxsar navlarining eng maqbul ekish muddatlari aniqlandi va shu ekish muddatlari ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Mazkur malakaviy bitiruv ishimni bajarishda o’zlarining nazariy va amaliy ko’rsatgan yordamlari uchun « Qishloq xo’jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» kafedrasi professor-o’qituvchilari jamoasiga o’zimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |