1.2.3. Shirin kartoshkaning tashqi muhit omillariga
bo'lgan talabi.
Shirin kartoshka namlikni yaxshi ko'radi, lekin uning ko'pligiga chiday olmaydi. Ayniqsa, butaning o'sishi davrida shirin kartoshka uchun juda ko'p suv talab qilinadi, shuning uchun bu vaqtda hosil tez-tez sug'oriladi. Ammo har qanday holatda, sug'orish jadvali ob-havo va yog'ingarchilikni hisobga olgan holda belgilanishi kerak.Batat yorug‘likka talabchan. Ammo, o‘simlik noldan past haroratlarga toqat qilolmaydi. Ushbu «mehnatsevar» o‘simlik uzoq vegetativ mavsumni boshdan kechirib, issiqlikni yaxshi ko‘radi va uzoq davom etuvchi issiq yozda kamida 150 kun juda yaxshi o‘sadi.
Batat yorug‘likka talabchan. U yorug‘sevar, qisqa kunlik o‘simlik. Tuprоqning namligiga va оzuqaga juda talabchan. Kaliyli o‘g‘itlarni ham xush ko‘radi. Оrganik o‘g‘itlar unib o‘sgandan so‘ng sоlinadi. Batatning o‘suv davri 5-6 оy davоm etadi. Shirin kartoshka hamma narsada barqarorlikni afzal ko'radi: namlik miqdori, saqlashda harorat rejimi.Vegetatsiya davrida shirin kartoshka uchun 15 dan 33 °C gacha bo‘lgan harorat oralig‘i talab qilinadi, shu bilan birga, optimal harorat 20 dan 25 °C gachadir. Eng yuqori mahsuldorlik kunduzgi yuqori harorat (25-30 °C)da, kechasi esa past harorat (15-20 ° S)da boshlanadi; tunggi past harorat ildiz hosil bo‘lishiga, kunduzgi yuqori harorat vegetativ rivojlanishga yordam beradi. Ammo, sabzavotning rivojlanish jarayoni faqat 20 dan 30 °C gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida, optimal 25 °C da sodir bo‘ladi va odatda, 10 ° C dan pastroqda to‘xtaydi.
Har qanday o'simlikda bo'lgani kabi, shirin kartoshkani sug'orish ham muvaffaqiyatli yetishtirishning kalitlaridan biridir. Shirin kartoshka namlikni yoqtiradi. Yerda nam bo'lishni yaxshi ko'radi 85% namlik bo'lgan muhit. Shuning uchun, sug'orishda tuproqni mo'l-ko'l namlash kerak, ammo uni meyyoridan ortiq suv berish hafli, chunki bu zararli va ildizlarni chiriydi.
Hulosa.
Barcha olingan malumotlarga tayanib ushbu o'simlik sabzavot o'simligini yetishtrish uchun bizning iqlim sharoitim ancha mos kelishni ko'rishimiz mumkin. Sababi bu o'simlik uzun kunli yorug'likni va issiqlikni yoqtiradi. Buning usdiga qurg'oqchilika ham bir muncha chidamliligi bilan boshqa oiladoshlaridan alohida ajralib turadi. Ushbu o'simlikni Qaraqalpogh'iston sharoitida yetishtirishni agrotexnikasini ishlab chiqish tajribaning oldiga qo'ygan asosiy maqsadi hisoblanad. Bu sabzavot o'simligi oldin bizning sharoitda o'stirilmaganligi sababli barcha chet el tajribalari o'rganildi. Turli xil davlatlardagi ekish usullari sxemalari yetiahtirish texnalogiyalari o'rganilgan holda tajriba qo'yilishi nazarda tutildi.
Qaraqalpog'iston respuplikasidagi tuproqlarning pH miqtori juda yuqoriligini inobatga olgan holda ushbu o'simlikni yetishtirishda unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Shirin kartoshka tuproqning pH 7 gacha chidamlili sababli ham bizning tuptroq sharoitida yetishtirishni yo'lga qo'yish samara berisbi aniq.
Shirin kartoshka aslini olganda kam tarqalgan sabzavot ekinlari qatoriga kiradi. Uning tarkibidagi makro va mikro elementlar vitamin va oqsilar odiy kartoshkadagiga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. Shu sababli ham ushbu sabzavot o'simligini yetishtrishni qaysi navlarni yetishtirish isteqboli ekanini o'rganish uchun turli xildagi adabiyotlardan olingan malumotlarga asoslanib bizning sharoitga moslarini tanlash nazarda tutildi. Shirin kartoshka o'simligi agrotexikasi kartoshkanikidan deyari farq qilmaydi. Ekish usulari ham kartoshkaniki bilan bir xil hisoblanadi.
Shirin kartoshkani yetishtirish agrotexnikasi talangan navga bog'liq. Chunki ushbu sabzavot boshqa sabzavot ekinlarga qaraganda vegitatsiya davri ancha uyoqligi bilan ajralib turadi. Bu esa shirin kartoshkani yetishtirish uchun bir muncha uzoq muddat va mehnat talab qiladi. Ushbu tatqiqot natijasida shirin kartoshkaning turli xil navlarini ekgan holda Qaraqalpag'iston sharoitiga mos keladigan navlarni saralab ularni yetisbtirish agrotexnikasini yaratamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O'simlikshunoslik. X.N.Atabayeva, J.B.Xudayqulov. Toshkent.2018-yil. S.279-285
2. Sabzavotchilik va polizchiliv.V.I.Zuyev,O.Qodirxo'jayev,M.M.Adilov.Toshkent 2010-yil. S. 313-315.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |