1.4. Suyuklik moddalarning satxini o’lchash.
Sanoatning barcha tarmoklarida texnolik jarayonlarni borishida moddaning satxini bir xilda saqlash asosiy o’rin tutadi. Asosan omborxonalarda keladigan xomashyolarni, tayyor maxsulotlarni saqlashda ularni satxini doimiy saqlab yoki tekshirib turish talab etiladi.
Ishlash usuliga ko’ra satx o’lchagichlar kuyidagilarga bo’linadi. Ko’rsatish oynasi, qalqovichli, gidrostatik, elektrik, radioizotopli, ultratovushli va vaznli satx o’lchagichlar.
Suyuklikni satxini o’lchashda asosan ko’rsatish oynasi, qalqovinli xamda gidrostatik satx o’lchagichlar ko’llaniladi.
Satxni o’lchashda ko’llaniladigan tuzilishi jixatidan eng sodda asbob ko’rsatish oynasi xisoblanib, bug kozonlarida xamda turli xil sigimlarda tozalangan suyukliklar satxini o’lchashda ishlatiladi. U satxi o’lchanayotgan suyuklik solingan idish bilan birlashtirilib, trubka satx o’lchov birligida darajalangan shkalaga ega.
Suyuqlik moddalar satxini o’lchash sanoat texnologik protsesslarini avtomatlashtirishda muxim axamiyatga ega. Satxni o’lchash moddaning sig’imdagi miqdorini aniqlash va texnologik protsessdagi ishlab chiqarish aparatini satx xolatini nazorat qilishdan iborat.
Ishlash xarakteri jixatidan satx o’lchagichlar uzlukli va uzluksiz (releli) bo’ladi. Releli satx o’lchagichlar modda muayyan satxga erishgganda ishlay
boshlaydi, bu asboblar signalizatsiya maqsadidia ishlatiladi va satx signalizatorlari deyiladi.
Satx o’lchagichlar ishlash prinsipi va o’zining tuzilishi jixatidan bir-biridan farq qiladi. Satx o’lchagichlarning xilma-xilligi, sig’im chegaralarining ko’pligi, eksplatatsiya sharoitlarining xar xilligi, va o’lchanayotgan moddalarning turlicha fizik, kimyoviy hususiyatlari bilan xarakterlanadi. Masalan suyuqlik satxini o’lchashga mo’ljallangan ko’pchilik asboblar sochiluvchan moddalar satxini o’lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq sig’imlarda ishlatiladigan qurilmalar esa yuqori bosimda ishlaydigan sig’imlar uchun yaroqsizdir.
Satxni nazorat qilish asboblari tuzilishi bo’yicha shkalaliy va shkalasizlarga bo’lnadi. Bu priborlar odatda ikkilamchi asboblar bilan ishlaydi, yoki satxning chegara xaqida mustaqil signal beradi.
Ishlash prinsipiga ko’ra satxni o’lchash asboblari quyidagi guruxlarga bo’linadi: ko’rsatish oynasi; qalqovichli; gidrostatik; elektrik; radioizotopli; ultratovushli; vaznli va boshqalar. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida bu satx o’lchagichlar bir qator talablarni qanoatlantirmaydi.
Bunga sabab ko’pchilik ishlab chiqarish apparaturalarining yuqori bosim va temperaturalarda ishlashi va nazorat qilinayotgan moddalarning xususiyatlaridir (agressivlik, zararlilik, o’ta qovushqoqlik va xokazo). Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turli talablariga muvofiq suyuqlik satxini o’lchashni turli usullari ishlatiladi. Agar ko’rsatishlarni uzoq masofaga uzatish kerak bo’lmasa, suyuqlik satxi talab qilingan aniqlik bilan ko’rsatish oynalari yoki ko’rsatuvchi ditmanometr – satx o’lchagichlar yordamida o’lchanishi mumkin. Ko’rsatish oynasi o’rqali satx o’lchash tutash idishlar prinsipiga asoslangan.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda, shuningdek nazorat qilish va boshqarishda suyuqlik va oquvchan qattiq jismlarni (sement, qum, tuz, albaster, soda va boshqalar) satxlarini o’lchash muxim axamiyatga ega. Agar ishlab chiqarish yong’inga xavfli yoki portlashga moyil bo’lsa, satx o’lchagichni ahamiyati yanada ortiq bo’ladi. Satx o’lchagich datchiklari neftni qayta ishlash sanoati, kimyo sanoati, oziq-ovqat sanoati va farmotsevtika keng qo’llaniladi.
Satx o’lchash datchiklari ikki maqsadda ko’llanilishi mumkin. Birinchi xolatda bunday datchaiklarni satx signilizator deb atalib, satx biror nuqtaga etganda signal beradi. Bunda zaruriy satx qiymati oldindan belgilab qo’yiladi. Ikkinchi tur datchiklarini ko’pchiligi idishdagi maxsulotni xajmini, miqdorini uzluksiz nazorat qilish uchun qo’llaniladi.
Ikkinchi tur datchiklari birinchi tur datchiklarini funksiyasini olgan bo’lishi ham mumkin. Ya’ni idishdagi moddani xajmini ko’rsatishdan tashqari belgilangan nuqtaga etganda signal berishi mumkin. Texnologik jarayonni xarakteridan kelib chiqqan xolatda satxni o’lchash turli metodlar yordamida aniqlanadi. Oddiy xolatlarda vizual ko’rsatishga asoslangan satx o’lchash tizimlaridan foydalaniladi. Olingan natijani uzoq masofaga uzatuvchi satx o’lchash datchiklari murakkab bo’lib turli fizika xodisalariga asoslangan. Ishlab chiqarish korxonalaridan bir bo’lmish Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida satxni turli usullar va turli asboblar yordamida o’lchanadi. Bularga: ko’rsatish oynasi; qalqovichli; gidrostatik; radioizotopli; ultratovushli; vaznli va boshqalar kiradi. Ko’rsatish oynasi orqali satxni o’lchashda tutash idishlar prinsipiga asoslangan bo’ladi. Ko’rsatish oynasining materiali va armatura tuzilishi satxni nazorat qilish bo’lgan suyuqlikning bosim va temperaturasiga bog’liq. Yassi ko’rsatish oynalari 2,94 mN/m2 (30 kgk/sm2) bosim va 3000S temperaturaga mo’ljallangan. Kimyo sanoati, oziq-ovqat sanoati, neft sanoati, farmotsevtika va boshqalarda asosan satx o’lchash qurilmalari maxsulot saqlanadigan idishla(parklar)ga o’rnatilib, uning balandligi orqali maxsulot xajmi aniqlanadi.
An’anaviy satx o’lchash qurilmalariga qalqovichli satx o’lchagichlar (rasm 1.1.) va gidrostatik (rasm 1.2.) satx o’lchagichlar kiradi. Qalqovichli satx o’lchagichlar suyuqlik satxini o’lchashda keng tarqalgan. Bu qurilmaning sezgir elementi qalqovichning massasi suyuqlik massasidan kam (odatda metall idish). SHu sababli qalqovich suyuqlik ustida suzib yuradi. Qalqovichli satx o’lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlik satxi o’zgarishi natijasida qalqovichning siljishiga asoslangan. Qalqovichli satx o’lchagichlarning turli madifikatsiyalari mavjud. Ular bir-birlaridan tuzilishi, o’lchash xarakteri (uzluksiz
yoki qayd qiluvchi), masofaga uzatish sistemasini (pnevmatik, elektr va boshqalar) ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi. Qalqovichli satx o’lchagichlarda doimiy va davriy cho’kadigan (buykali) qalqovichlar ishlatiladi.
Doimiy cho’kadigan qalqovichli satx o’lchagichlarda qalqovichning vertikal siljishi satx o’zgarishiga bog’liq, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |