Bu bobimizda ulushlar va ulushlarni o’rganish metodikasi. Ulushlarni taqqoslash.Sonni ulushini vaulushga ko’ra sonni topish, 4-sinflarda ulush mavzusini o’rgatish usullari hamda kasrlarga oid masala turlari va ularni yechish bo’limlari berilgan. Bu bobning asl mohiyati shundan iboratki, o’quvchilarga ulush mavzusini tushuntirish usullari, ulushlarga doir misol va masalalarni yechish metodlari ko’rsatib berilgan. Bir xil maxrajli kasrlarni qo’shish va ayirish, ulushlarni taqqoslash, sonni ulushini topish va ulushga ko’ra sonni topishga oid misollarni yechish usullari berilgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ulush mavzusini o’rgatganda albatta ko’rgazmali qurollardan foydalanish shart deb hisoblayman. Chunki biror predmetni bo’laklarga bo’lib, bolalarga ko’rsatilganda, bolalarni tushunishi oson bo’ladi. Butun, qismlarga bo’lish tushunchalarini tushunib oladi. Kasrning surati va mahraji nimalarni anglatishini bilb oladi. Kasr mavzusini o’tganimizda o’tilayotgan matematika darsini amaliy yoki laboratoriyalarni tashkil qilib o’tilsa maqsadga muofiq bo’ladi.
UMUMIY XULOSA. Boshlang’ich sinf o’quvchilar ilgari amalga oshirilgan o’quvchilar bilan ta‘lim-tarbiya ishlarini olib borishda boshlang’ich sinflarda ulush tushunchasini shakllantirish jarayonidagi kamchilik va nuqsonlar hisobga olindi. Bitiruv malakaviy ishni tashkil qilishda bir xil maxrajli ulushlar ustida amallar bajarishga samarali yondashishning metodologik va metodik asoslariga tayanildi.
O’quvchilarga ulush tushunchasini tarkib toptirish jarayoni tabaqali yondashish amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirishni psixologik va pedagogik jihatdan amaliy tayyorlash, tarbiyaning turli shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini kengaytiradi.
Matematikani o’qitishda boshlang’ich sinflarda ulush tushunchasini shakllantirish va bir xil maxrajli ulushlar ustida amallar bajarish metodlaridan muvaffaqiyatli foydalanishda o’quvchilarda ulush to`g`risida tushuncha va tasavvurlaridagi kamchilik hamda nuqsonlarni aniqlashda mazkur amalda foydalanish metodikasi bilan qurollantirish hamda o’quvchilarga matematika o’qitishning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish bo’yicha rejali ishlarni amalga oshirish zarur.
O’tkazgan shakllantiruvchi va nazorat eksperimentlari quyidagilarni sharxlash imkonini berdi:
- sharxlovchi, shakllantiruvchi va nazorat eksperimentlarida foydalanilgan metodlar o’zini to’la oqladi va ulardan faqat ilmiy tadqiqotlarda emas, balki maktab o’quvchilarini ulushlar, bir xil maxrajli ulushlar ustida amallar bajarish, ulushlarga oid tushunchalar orqali vatanparvar qilib tarbiyalash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlarda ham foydalanish mumkin:
- bitiruv malakaviy ish jarayonida belgilangan barcha vazifalar ijobiy hal qilindi va olg’a surilgan faraz to’la tasdiqlandi.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilar va ulush metodikasining barcha komponentlari matematika o’qitish metodikasi materiallari mazmuni bilan o’zaro uyg’unligi va ta‘sirlashuvi haqidagi farazimiz asosliligini ko’rsatdi
Boshlang’ich sinf o’quvchilar bilan ta‘lim-tarbiya ishlarini takomillashtirib olib borishda ulushlar va bir xil maxrajli ulushlar ustida amallar bajarish, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholashning mezonlari ishlab chiqildi hamda eksperiment asosida isbotlandi.
- boshlang’ich sinf o’quvchilari ulush tushunchasiga oid masalalar yechish jarayoni ijobiy-hissiy ta‘sir etib, o’quvchi uchun muhim matematik bilimlar tarkib toptirdi. Bu ayniqsa, matematik bilimlar mustahkamlanadigan ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishiga yordam berdi.
Izlanishimiz yakuni o’quvchilar matematika o’qitishning nazariy va amaliy muammolarini hal qilish boshlang’ich sinflarda ulush tushunchasini shakllantirish xususiyatlarini nazarda tutib, tarbiyaviy ishlarga asos bo’la oladigan nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi.