MASALA YECHISH USLUBI (ALGORITMI) O‘qituvchi masala yechish orqali o'quvchilarni tarbiyalaydi va masalalarni mustaqil yechishga o ‘rgatadi. Masala yechishni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 1. Masala shartini va undagi nom a’lum so‘z va iboralarning mazmunini tushuntirish. 2. Qisqacha shartini yozish va uning rasmi, shakli yoki grafigini chizish. 3. Masala mazmunini tahlil qilib, undagi hodisa va predmetlarni o ‘quvchilar aniq tasavvur qilishlarini ta ’minlash va uni yechishda zarur b o ‘lgan tushuncha, qonuniyatlarni eslariga tushirish. 4. Yechish rejasini tuzish (tajriba o ‘tkazish), zarur bo‘lgan o ‘zgarmas va jadval kattaliklarining qiymatlari bilan shartni to'ldirish, grafik materiallarni tahlil qilish. 5. Fizik kattaliklarning qiymatlarini (SI) xalqaro o ‘lchov birliklariga keltirish. 6. Berilgan va topish kerak bo‘lganlar orasidagi bog‘- lanishlarni ifodalovchi qonuniyatlarni aniqlash va unga mos formulalarni yozish. 7. Tenglama tuzish va uni umumiy ko‘rinishda yechish (tajriba asboblarini yig‘ish va uni bajarish). 8. Topish kerak bo‘lgan kattalikni hisoblab topish, tajriba natijasini tahlil qilish. 9. Olingan javobni tahlil qilish, yechishdagi soddalashtirishlarni baholash (tajribani bajarish). 10. Masala yechishning boshqa usullarini ko‘rish va ulardan eng qulayini topish. Masala yechishning bu sxemasi hamma turdagi masalalarga taalluqli b o ‘lib, turli masalalarda ba’zi bosqichlar bajarilmasligi mumkin. 103 Yuqoridagi masala yechish algoritmi (bosqichlari) masala yechish jarayonini to ‘la o ‘z ichiga olmaydi, unda faqat qonunlarni va matematik amallarni qo‘llash bosqichlari algoritmlashtiriladi xolos. Lekin u masala yechish rejasini tanlash, yechishning boshqa bosqichlariga ijodiy yondoshishga halaqit bermaydi. Berilgan fizik vaziyatga moslashtirilgan holda Nyutonning 2- qonuni formulasini almashtirish algoritmini ko‘rib chiqaylik. 1. Nyutonning ikkinchi qonuni formulasini yozib, undagi har bir kattalikning m a’nosini aniqlash. 2. Bu kattaliklarning qiymallarini aniqlash. a) inersial sanoq sistemasini tanlash; b) ko‘rilayotgan moddiy nuqta massasini aniqlash; d) uning tezlanishini aniqlash. Buning uchun quyidagi bosqichlar bajariladi: — nuqtaning trayektoriyasini, uning oniy tezligi y o ‘nalishini aniqlash; — tezlanishning tashkil etuvchilarini aniqlash, uni chizmada ko‘rsatish; — natijaviy tezlanishni grafik ravishda aniqlash (uning vektor formulasini yozish) lozim; e) moddiy nuqtaga ta’sir etuvchi hamma kuchlarning teng ta’sir etuvchisini aniqlash. Buning uchun quyidagi bosqichlar bajariladi; — m oddiy nuqta qaysi jism lar bilan o ‘zaro t a ’sirlashayotganini aniqlash; — grafik ravishda teng ta’sir etuvchini aniqlash va uning vektor ko‘rinishdagi formulasini yozish lozim. 3. Umumiy formulasidagi kattaliklarning 2-band b, d, e, qismlarida aniqlangan qiymatlarini qo ‘yamiz. 4. Dinamika II qonunining vektor ko‘rinishdagi tenglamasini hosil qilib, undan skalyar ko'rinishiga o ‘tamiz. Buni quyidagi masalani yechish orqali ko‘rib chiqaylik: K o 'tarish krani massasi 1000 kg b o ‘lgan yukni ko'tarmoqda. Agar yuk qisqa vaqt ichida 25 m /s2 tezlanish bilan harakatlansa ko‘tarilishning boshida tros tomonidan yukka ta ’sir etuvchi kuchni (yukning og'irligini) toping. 104 Tahlil. Bu yerda yuk bilan trosning o‘zaro ta’siri ko'rilib, ular Yer bilan o ‘zaro ta ’sirda bo‘ladi. 1. Yuk trosga nisbatan q o ‘zg‘almasdir; tros Yerga nisbatan tezlanishli harakat qiladi, Yer bilan bog‘liq sanoq sistemasi inersialdir. 2. Tros va yuk ilgarilanma harakat qilgani uchun ularni moddiy nuqtalar deb qarash mumkin.