Kirish 1-test Quyidagi ta’rif qaysi tilga nisbatan aytilgan? «Xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday»


Yomonga yondashgan yiqilmay qolmas, oxiri chuqurga tiqilmay qolmas



Download 3,89 Mb.
bet30/82
Sana28.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#588905
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
1. Testlar to\'plami (2)

Yomonga yondashgan yiqilmay qolmas, oxiri chuqurga tiqilmay qolmas
A) oʻrin holi B) vaziyat holi
C) payt holi D) toʻldiruvchi

16. Qaysi gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etgan?


A) Toza jonga tegdi-ku!
B) Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog'inch va orziqishlarda yashaymiz.
C) Ertan-kechin tinmaydi.
D) Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon bo'lmaydi.

17. Quyida berilgan ravishlar jami nechta ma’noli qismdan iborat?


qo'qqisdan, to'satdan, birdaniga, birdan
A) 8 ta B) 9 ta C) 4 ta D) 7 ta

18. Tub ravish berilgan javobni belgilang.


A) erta-indin B) tasodifan
C) jo‘rttaga D) gʹoyibona

19. Bemaslahat qilingan ishning ko‘p pushaymoni.


Yuqoridagi gapda ravishning sintaktik xususiyati nima?
A) ega B) hol C) aniqlovchi D) kesim

20. Payt ravishi qatnashgan gapni toping.


A) Ota-bobolarimiz mardona kurashib keldi.
B) Ha, ul janob ertalabgi yugurishga boribdilar-da-a!
C) Ikki erkakning janjali xotinchasiga davom etib ketdi.
D) Ustozim bolalarcha beg‘ubor kulib yubordi va kechga qaytishini aytdi

21. Tub so‘zni toping.


A) harflab B) minglab
C) tonnalab D) haftalab

22. Asosi sifat bo‘lgan yasama ravishni toping.


A) ertan-kechin B) ochin-to'qin
C) ostin-ustun D) hozircha

23. Holat ravishini toping.


A) beri B) har joy
C) yayov D) bir talay

24. Tub ravishlar qaysi qatorda berilgan?


A) hali-beri, qadam-baqadam B) nari-beri, erta-indin
C) naridan beri, erta-indin D) tez-tez, juda-juda

25. Qaysi gapda holat ravishi ishtirok etgan?


A) Ertasiga azonda uni otasi uyg'otdi.
B) – Eskirgani uchun orqasi chiribdi, – deb g'udrandi otasi, bolaning yonidan sal nari yurib, – endi suv kiradi.
C) Bola otasining keskin gaplaridan ranjimadi, aksincha, g'ururlantiravchi ohangda «yigit»ga ishora qilganini tushunib so'zlariga sekingina borib quloq soldi.
D) Tushga yaqin, issiq kiyinib olib, hovlida o'ynab yurgan Oqyo'l ko'cha darvozasi oldida oyoq tovushlarini eshitdi.

26. Ma᾽no turi nisbiy boʻlgan (bir nechta ma’no turiga oidlik) ravish qaysi gapda qatnashgan?


A) Yaqinda Oqsaroy bekatida bo'lib o'tgan voqea hammamizni o'ylantirib qo'ydi.
B) To'rtko'z oyoq bosib turdi va shiddat bilan uzoqlarga – kimsasiz qir tomon chopdi.
C) Otam kerza etigi qo'njidan to'satdan suyak dastali, dastasiga shisha ko'zlar qadalgan pichoqni sug'urdi.
D) Is'hoq birdaniga avval bo'lib o'tgan voqeani esladi.

27. Ikki oʻrinda ravish qoʻllangan qatorni aniqlang.


A) Rivoyat qilishlaricha, o'limga mahkum etilganlar ichida bir ayol ham bor ekan.
B) U tezda qaddini rostladi-yu, ichkariga kirib kelayotgan bo'lim mudirini ko'rdi.
C) Oramizda kasbdoshingiz yutug'i, obro'si, mol va dunyosini ko'rolmay, duch kelganga yomonlaguvchilar bor.
D) Turg'unlikka, ayniqsa, uzoq davom etgan turg'un holatga ko'nikadi.

28. Qalbiga rahmli, qudratli Olloh


Rahm-u shafqat nurin solmagan inson
Elga ziyonkordir har yerda, har chog'
Hasrat, nadomatda qolguvchi har on.
Nechta ravish qatnashgan?
A) 2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta

29. Shunda bechora qo'shimchalar battar o'ksinibdilar va hatto yig'lab ham yuboribdilar. Shu payt asta-sekin davraga Gap xola kelib qolibdi. Aka-ukalar unga voqeani aytib berishibdi. O'zak, Negiz, So'zlar qo'shimchalarni ajratib, yolg'izlatib qo'yishibdi. Shunda Gap xola ularning oldiga borib, avval O'zakdan:


– Qani, O'zakvoy, bergan topshirig'imni bajardingmi, menga koʻplab gap tuzib kelgin, degandim, – debdi.
Shunda O'zakvoy darrov qo'shimchalarni izlabdi, ammo Gap xola ularni axtarib hech qayerdan topa olmabdi. O'zakvoy har qancha urinmasin, gaplar, so'zlar, ma'nosiz chiqibdi. Shunda So'z, O'zak, Negizlar Gap xolaga yalinib, uzr so'rashibdi. Gap xola esa ularni kechiribdi. So'ng O'zakvoy Qo'shimchalar bilan birga, bemalol gaplar tuzibdi, she'rlar to'qibdi.
Yuqoridagi matnda nechta ravishga oid so‘z qatnashgan?
A) 10 ta B) 12 ta C) 11 ta D) 9 ta

30. Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko'rsatilayotgan xizmatimiz sizga so'zsiz manzur bo'ladi.


Bundagi ravishlarning birlashtirib turuvchi xususiyati nimaligini aniqlang?
A) holning bir turiga oidligi B) tuzilishi
C) undoshlarining hosil boʻlish oʻrni D) yasamaligi


2-test

1. Shu bilan birga, «Bir zumda» oshxonasida tavallud kunlaringizni, nikoh kechalarini va boshqa turli tantanalarni o'tkazishingiz mumkin. (“E’lon”)


Berilgan gapda nechta yasama soʻz qatnashgan?
A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta

2. Soʻz yasovchi qo‘shimchasi uch ochiq boʻgʻindan iborat soʻz qatnashgan gapni toping.


A) Biron-bir foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan odam hech baxtli bo‘lolmaydi. (H. Heyne)
B) Kishi o‘z fazilatlari haqida qancha kam bilsa, bizga shuncha yoqadi. (R. Emerson)
C) Barcha maqtanchoqlarning birdan-bir qismati shuki, ular ertami-kechmi pand yeyishadi. (V. Shekspir)
D) Dushmaningiz bilan tortishayotganingizda ham ochiqchasiga va fikr bildiring. (A. Abdullayev)

3. Miqdor ravishi ishtirok etgan gapni ko‘rsating.


A) Kiyikcha ota-onasidan bir umr ajralib qolayotgandek his qildi o‘zini.
B) Vladimir janoblari Namoz Pirimqul o‘g‘li ishini qabul qilib olganiga bir hafta bo‘lgan bo‘lsa ham uni darrov tergovga chaqirmadi.
C) Men o‘rtoqlarimga juda maqtanadigan bo‘ldim-da.
D) Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim.

4. Ravishlarni necha xil usulda yasash mumkin?


A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

5. Qaysi gap(lar)da ravishning ikki ma᾽no turiga oid soʻz qatnashgan?


A) Bu voqea xuddi kechagina bo‘lgandek, ammo darrov uch yil o‘tibdi.
B) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda.
C) Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti.
D) Picha sabr qiling, yetib olay!

6. Maqsad-sabab ravishi berilgan qatorni toping.


A) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo‘rtib ketishibdi.
B) Gdanskda Sobir Rahimov mardlarcha halok bo‘lgan.
C) Shoqosim jo‘rttaga uning jig‘iga tegardi.
D) Archa daraxti qishin-yozin bir xil libosda bo‘ladi.

7. Kesimga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlana olmagan ravish qaysi gapda ishtirok etgan?


A) Hurmatli o‘rtoqlar, meni oldinda shon-u shuhrat kutardi.
B) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asosga sabab boʻlolmaydi.
C) Borib anhordan suv ochaman deb engashganimni bilaman, changalzor bilinar-bilinmas shitirlab ketdi.
D) Inson, millat, xalq biron narsaga erishmagan bo‘lsa, yo o‘zi go‘l, yo o‘zi tanbal, yo majburan uyquda, bexabarlikda tutilgan!

8. Azza-bazza ravishi ravishning qaysi ma’no turiga kiradi?


A) holat B) payt
C) maqsad-sabab D) miqdor-daraja

9. 1) o‘zicha; 2) o‘zidan; 3) o‘z-o‘zidan; 4) o‘zboshimcha; 5) o‘zlari; 6) o‘zbilarmon


Nechta yasama ravish ishtirok etgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

10. jim, yayov, chindan, qo‘qqisdan, to‘satdan, piyoda, majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, mardlarcha


Yasama ravishlar sonini toping.
A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 8 ta

11. Ravish+ yuklamali qatorni belgilang.


A) Men do‘stlarimga yetarlicha sadoqatliman?
B) Ertalab tursa, ko‘cha eshik lang ochiq, yong‘oqqa bog‘loqlik sigir yo‘q.
C) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi.
D) Ho‘kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog‘ quruq poyani tashlab qo‘yar ekan.

12. Ravishdan o‘tgan ko‘makchi qaysi qatorda berilgan?


A) Shu payt uydan – yotog‘imizdan bolalar ham birin-ketin ko‘zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi.
B) O‘rtancha botir qo‘rqmadi, jim turdi.
C) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so‘ng uning tarxini yaxshilab qog‘ozga chizajagini aytdi.
D) Bular piyoda asta-sekin o‘rdaga bordilar.

13. Nuqtalar oʻrniga bir boʻgʻinli ravish tiklanadigan gapni toping.


(Qavs ichidan foydalaning)
A) Tinglar edim betinim, Uzun tunlar yotib...(ataylab, jim, mardlarcha) (H.Olimjon)
B) Ikki oshna kechki salqin bilan... (piyoda, ataylab, yaqqol) yo‘lga tushishdi. (O‘.Umarbekov)
C) ...( Birdan, majburan, bemalol) xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi. (O‘.Hoshimov)
D) Jo‘raboyev ham …(jimgina,astoydil,zo‘rg‘a) o‘tirib, hammaga razm solardi. (Sh. Rashidov)

14. Ravishning birdan ortiq ma’no turiga kiruvchi so‘zlari qaysi javobda berilgan?


A) uzoq, nari-beri B) yaqinda, unda-bunda, ajib
C) yonma-yon, yakkama-yakka D) nari-beri, juda, endi

15. Aralashmani keragicha qo‘shamiz.


Tagiga chizilgan ravish qaysi so‘z turkumidan hosil qilingan?
A) ot B) sifat C) modal D) undov

16. O‘z so‘zidan hosil bo‘lgan ravishni ko‘rsating.


A) O‘zligin unutmagan O‘zluq avlodisan
B) Ahmad Sardor o‘zicha fitna qo‘zg‘ab yotar edi
C) O‘zbilarmonliging boshingni yedi
D) O‘ziga o‘zi savol nazari bilan qarolmadi hech

17. Ochiqchasiga, poyma-poy gapiring , tortinmang, zo‘raki fikrlamasdingiz-ku,axir.


Affiksatsiya yo‘li bilan yasalgan nechta so‘z mavjud?
A)2 ta B)3 ta C)4 ta D)5 ta

18. mardlarcha, yoʻldoshlarcha, do‘stlarcha ravishlari jami nechta ma᾽noli qismga ajraladi?


A) 8 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta

19. O‘g‘il bolacha gapiraman, u bolachani men urmadim, lekin o‘nlab balo toshlari menga yillab otildi, lekin mag‘rurona harakatlanishni erta-yu kech qo‘ymadim.


Nechta yasama ravish mavjud?
A)1 ta B)2ta C)3ta D)4 ta

20. Otlashgan ravishni ko‘rsating.


A) Oz-oz o‘rgangan dono bo‘lur
B) Men noilojlikdan bu ishga kirmadim
C) Olg‘a boruvchilar,bir muddat to‘xtang
D) Ko‘kka boqma, ko‘pga boq

21. Harakat-holatning belgisini bildirgan so‘z qaysi birikma tobesi?


A) tonggi shabada B) quvonchli xabar
C) atayin gapirmoq D) a’lo kayfiyat

22. Narsaning belgisini bildirgan so‘z qaysi birikma tobesi?


A) sekin yurmoq B) tez o‘qimoq
C) bulturgi imtihon D) ko‘p ovqatlanmoq

23. Vladimir janoblari1 Namoz Pirimqul o‘g‘li ishini qabul qilib olganiga2 bir hafta3 bo‘lgan bo‘lsa ham, uni darrov4 tergovga chaqirmadi. (X. To‘xtaboyev)


Ravishni toping. (Shartli raqam orqali ko‘rsatilgan)
A) 1 B) 2
C) 3 D) 4

24. 1) Taxminan, 20 ming so‘mga uchastka sotib olgan edim.


2) Taxminan uyingizni topib keldim.
Tagiga chizilgan so‘zlarning turkumini toping.
A) 1-modal, 2-ravish B) 1-ravish, 2-ravish
C) 1-modal, 2-modal D) 1-yuklama, 2-ravish

25. Qaysi qatorda o‘zaro sinonim ravishlar berilmagan?


A) har gal, doim, hamisha
B) galma-gal, oldin-ketin, birin-sirin
C) ataylab, qasddan, jo‘rttaga
D) sekin-sekin, oz-oz, yoppasiga

26. Payt ravishi qatnashgan gapni ko‘rsating.


A) Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib yo‘rtib ketishibdi.
B) Bu voqea xuddi kechagina bo‘lgandek, ammo darrov uch yil o‘tibdi. (M. Normatov)
C) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. (Hamid Olimjon)
D) Choyni naridan beri ichib, otxonaga yugurdim. (Abdulla Qodiriy)

27. Ertalab chiqib ketasan, yarim kechada qaytasan. (O‘. Hoshimov)


Ushbu gapda qaysi turkum so‘zi ishtirok etmagan?
A) ravish B) son
C) fe’l D) ot

28. Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. (P. Qodirov)


Ravishning qaysi ma’no turiga oid so‘z qatnashmagan?
A) miqdor B) o‘rin
C) holat D) payt

29. 1) Qish-yoz − sovuq va issiqligi bilan e’tirofli fasllar.


2) U qishin-yozin sovuq va issiqligi bilan e’tirofli;
Tagiga chizilgan so‘zlarning turkumi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) 1-ravish, 2-ravish B) 1-ravish, 2-sifat
C) 1-ravish, 2-ot D) 1-ot, 2-ravish

30. Omonim so‘z yasovchi qo‘shimcha orqali yasalgan ravishni ko‘rsating?


A) bolalarcha B) o‘zicha
C) erkakchasiga D) qatorasiga



Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish