Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning so‘nggi uch yil uchun, shu jumladan soliq organlariga taqdim etilgan, auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan balans hisobotlari;
(49-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-martdagi 8/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2014-11, 18.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 16-son, 163-modda)
tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar uchun qo‘shimcha ravishda mazkur yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etayotgan har bir ishtirokchining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va to‘lov rekvizitlari, shuningdek, ularning ulushi (foiz ko‘rinishida);
agar yuridik shaxs ustav kapitalida yirik ishtirokchi-jismoniy shaxs bo‘lsa, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq u to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq bankni tashkil etayotgan muassis-yuridik shaxs kengashi va boshqaruvi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) o‘zaro bog‘langan shaxslar haqida ma’lumotlar:
muassis-jismoniy (yuridik) shaxs yoki muassis-jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari, yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki munosabati bilan yoki boshqa usullar bilan ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida hamda muassis-yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushi (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va to‘lov rekvizitlari;
muassislar ro‘yxati va mazkur yuridik shaxs ustav kapitaliga kiritilgan badallar summasi (jumladan, ustav kapitali umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida);
moliyaviy holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar (moliyaviy hisobot, jumladan chiqarilgan obligatsiyalar, olingan kreditlar va berilgan bank kafolatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
5) tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh yoki undan ortiq foiziga egalik qiladigan muassislar qo‘shimcha ravishda ariza taqdim qilingunga qadar oxirgi besh yil mobaynida sud yoki davlat organlari tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan barcha jazo choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Markaziy bank zarur hollarda mazkur kichik banda keltirilgan ma’lumotlarni tashkil etilayotgan bank ovoz beruvchi aksiyalarining besh foizidan kam bo‘lgan ulushiga egalik qiladigan muassislardan ham talab qilishga haqli;
6) tashkil etilayotgan bank kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatilgan holda bank kengashi a’zolarining hamda boshqaruv raisi va boshqa rahbar xodimlar ro‘yxati, jumladan, ularning avvalgi mehnat faoliyatlari, ma’lumot darajalari hamda ularga nisbatan qo‘llangan jazo choralari to‘g‘risidagi, shuningdek ularning Markaziy bank tomonidan rahbar xodimlarga qo‘yilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |