210
XULOSA
Montaj – kinoni san’atning bir turiga aylantiruvchi muhim
ifoda vositasi hisoblanadi. Montaj ulkan ijodiy va ta’sir kuchiga
ega. Montaj vositasi ila eng rang-barang mazmunli kadrlarni
birlashtirib, o‘z mavzusi, syujetiga ega film ham yaratsa bo‘ladi.
Buning ustiga kadrlar turli davrlarda, turli mamlakatlarda har xil
planlar-u, rakurslarda suratga olingan bo‘lishi mumkin. Shu
bois rejissyorlar va operatorlar montaj san’atini shunchaki
emas, balki to‘liq, chuqur bilishlari lozim.
Rejissyor kinodagi montaj xususiyatlarini yaxshi bilmog‘i
lozim. U plan, rakurslar, tasvirga olish usuli bir xil bo‘lgan ikki
kadrni birlashtirib bo‘lmasligini, bunday holatda harakat
yo‘qolishini bilishi kerak. Harakatsiz kino esa kino emas.
Filmni to‘g‘ri montaj qilish, badiiy kinematografik
ifodalilikka erishi uchun tasvirga olish paytidayoq uni
montajbop qilib suratga olish kerak. Shuni unutmaslik keraki,
filmning eng yaxshi montaji – bu uning montaj qonun
qoidalariga asosan tasvirga olinishidir. Natijada u rejissyor va
ijodiy guruhga asarning g‘oyasini, mavzusini, obrazlarni chuqur
ochib berishga imkon beradi.
Yosh rejissyor, operator montajning ahamiyatini amaliyotda
tushunib yetadi. U montajdagi muhim jihatlarini o‘zlashtirib
olsa bas. Masalan, kinoda montajning qanday tamoyillari,
badiiy shakllari va ularning imkoniyatlarini bilishi lozim.
Rejissyor bir filmda uning dramaturgiyasidan kelib chiqib,
montajning turlaridan uyg‘unlikda foydalanishi mumkin. Bu ish
filmni suratga olish jarayonida bajaradi. Shunday qilinsa
montaj-sayqal paytida filmni “yig‘ib” olish, unda kerakli vaqt
va makonni yaratishi, qahramon obrazini ochishi, unga nisbatan
o‘z munosabatini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
211
Ichki kadr ritmi- rejissyor tanlagan mizanssena, aktyor
plastikasi, so‘z va musiqa yoki boshqa ovozlar yangrashi bilan
ta’minlanadi. Montajda ichki kadr ritmi orqali butun film
harakatini,
jumladan,
uning
tempini
kuchaytirish
yoki
susaytirish
mumkin.
Kadrlarning
noto‘g‘ri
montaji,
epizodlarning harakat xarakteriga mos tushmasligi tempning
buzilishiga olib keladi. Bunday noto‘g‘ri montaj, agar jang
epizodi bo‘lsa, kim kim bilan jang qilayotganini bilib
bo‘lmaydigan tartibsizlikni keltirib chiqaradi.
Rejissyor tomonidan tanlangan montajning barcha turlari,
uning
prinsiplari
yagona
bir
maqsadga
– asarning
kinematografik ta’sirchan chiqishiga qaratiladi. Rejissyor aql-
idroki, mahorati ila qo‘llagan montaji orqali filmda o‘z g‘oya va
maqsadini to‘la amalga oshiradi. Demak, montajning barcha
nozik jihatlarini bilish rejissyor uchun muhimdir.
Mazkur o‘quv qo‘llanmani o‘qib bo‘lganingizdan keyin,
Siz o‘zingizni montajni “suv qilib ichib yuborgan” mutaxassis
deb hisoblashingiz mumkin. Biroq, kitobni o‘qib chiqish unda
yozilgan barcha narsalarni to‘liq o‘zlashtirib olish degani emas.
Siz olgan bilimlaringizni hali amaliyotda sinab ko‘rishingiz va
olgan bilimlaringizni mustahkamlab olishingiz kerak. Balki, bu
jarayonda Siz kitobni yana qo‘lingizga olib, ayrim mavzularni
yana bir bor o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelar.
Montaj
haqidagi
bilimlar
majmui
rejissyorlar,
operatorlarning tasvirga olish maydonchasidagi kundalik
ishlarida, amaliyotida juda zarur. Chunki, haqiqiy professional
bilim va ko‘nikmalar olingan nazariy bilimlarni amaliyotda
sinovdan o‘tkazgan paytdagina shakllanib boradi. Amaliyotda
bir necha bor sinovdan o‘tib mustahkamlanib ulgurgan bilimlar
tasvirga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki
212
shubhalarni bartaraf etishda yordam beradi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu o‘quv qo‘llanma kino,
televidenieda ishlovchi rejissyorlar, operatorlar va montaj
ustalarining va media mahsulotlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi
boshqa mutaxassislarining ijodiy faoliyatida juda qimmatli
manbaa bo‘lib hizmat qilishi mumkin.
213
Do'stlaringiz bilan baham: |