Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

Nazorat savollari: 
1.  Montajning  to‘qqizinchi  tamoyili  bo‘yicha  montaj  qanday 
qoidalar asosida bajariladi? 
2. “Rakurs” nima? 
3. “Tasvirga olish o‘qi” nima? 
 
 
1.10. O‘ninchi tamoyil:  
Kadrda asosiy massa harakat yo‘nalishi bo‘yicha montaj  
 
Ushbu  mavzu  montajning  o‘ningchi  tamoyili  talablariga 
bag‘ishlangan  bo‘lib,  u  kadrda  harakatlanayotgan  asosiy 
massaning  harakat  yo‘nalishini  belgilash,  kadrda  aks  etgan 
ob’ektlarning  ekran  maydonini  egallash  talablari  va  qoidalari 
haqida ma’lumotlar beradi. 
Birinchi  qarashda  montajning  bu  tamoyili  anchagina 
murakkab  va  mavxumdek  ko‘rinadi.  Qandaydir  tushunarsiz  
massa  allaqayoqqa  nimagadir  harakatlanib  ketyapti.  Va, 
umuman,  ekranda  qanaqa  massa  bo‘lishi  mumkin,  buning 
ustiga,  ekranda  oq-qora  yoki  rangli  xayoliy  shakl  va  jismlar 
harakatlanayotgan bo‘lsa? 
Grek  tilidan  olingan  kinematos  –  “harakat”  so‘zi 
insoniyatning  buyuk  ixtirosi  bo‘lgan  kinematografiyaning, 
undan  keyin  esa  televideniening  nomiga  asos  bo‘ldi.  Harakatni 
tasvirga  olish  va  ekranda  namoyish  etish  bu  san’at  turlarining 
insonlar qalbidan mustahkam joy olishiga imkon yaratdi.  
Kinematografiya 
va 
radioning 
davomchisi 
bo‘lgan 
televidenie  ularga  mansub  bo‘lgan  hamma  asosiy  elementlarni 
meros qilib oldi. 


141
 
 
Tasavvur qilib ko‘ring, ekranda «harakat» to‘xtab qoldi... 
Va,  hammasi  tamom:  hech  qanday    televidenie,  hech  qanday 
kino endi yo‘q! 
Montajning  o‘ninchi  tamoyili  har  ikki  san’at  turida 
kadrlarni  o‘zaro  biriktirishda  –  eng  muhim  tamoyillardan 
biridir.  U  eng  turli  vaziyatlarda,  usul  va  variantlarda  o‘z  
talablari va qoidalarining bajarilishini talab qiladi. 
Kadrda harakatlanayotgan asosiy massa – bu nima o‘zi? 
Eng  sodda  misolni  ko‘rib  chiqamiz,  statik  kadr  tasvirga 
olingan:  qalin  o‘rmon  fonida,  umumiy  planda  inson  tasvirga 
olingan.  Kadrda  aks  etgan  uning  gavdasidan  tashqari  barcha 
narsalar  ekranda  shu  insonning  tezligi  bilan  bir  xil  tezlikda 
harakatlanmoqda.  Bu  insonning  boshi,  shimi,  pidjagi,  botinkasi 
va  qo‘llari  alohida-alohida  emas,  balki  aynan  hammasi  bir 
vaqtda. 
Insonning, 
tomoshabinning 
olamni 
idrok 
etish 
xususiyati  shunday  tuzilganki,  bizning  ko‘zimiz  –  eng  birinchi 
navbatda  va  majburiy  ravishda  –  harakatlanayotgan  ob’ektga 
moslashadi.  Ko‘zlarimiz  bu  ob’ektning  barcha  harakatlarini 
ilg‘ab  olishga  harakat  qiladi.  Bunda  bizning  nigohimiz  deyarli 
uzluksiz ravishda bu ob’ektni kuzatib boradi. 
Demak,  –  bosh,  pidjak,  shim,  botinka  va  qo‘llar 
birgalikda,  bu  vaziyatda  ekranning  nisbatan  kichik  qismini 
egallab  turgan  qandaydir  “harakatlanayotgan  massa”ni  tashkil 
qiladi.  Hayotda  ham,  ekranda  ham  biz  o‘z  nigohimiz  bilan, 
avvalo  harakatlanayotgan  narsalarni  ko‘ramiz,  keyin  esa  uning 
atrofidagi harakatsiz narsalarga razm solamiz. 
Ekranda    harakatlanayotgan  ob’ekt  kadrning  istalgan 
qismini, hatto butun kadr maydonini egallagan bo‘lishi mumkin. 
Ekrandan  joy  olgan  ob’ektning  atrofidagi  barcha  narsalar  ekran 
bo‘ylab  harakat  qiladi  va  tomoshabin  uchun  ilk  soniyalarda 
kadrda  harakatlanayotgan  massa  vazifasini  bajaradi.  Shuning 
uchun,  montajning  o‘ninchi  tamoyili  rejissyor  va  operatorga 


142
 
 
kadr  ichida  qandaydir  harakat  aks  etgan  kadrlarni  tasvirga 
olayotganda  ekrandagi  massa  bilan  qanday  ishlashni  aniqlab 
beradi. 
Navbatdagi boshqotirmani yechish bilan mavzu yuzasidan 
jiddiyroq masalalarni hal qilishni boshlaymiz. 
Qahramon  poezdda  ketyapti.  Siz  esa  buni  ekranda  to‘g‘ri 
ko‘rsatib berishingiz kerak. Qahramonimiz bemor buvisi haqida 
o‘ylab yo‘lda bir oz g‘amga botadi. 
Siz  birinchi  kadrni  statik  holatda  (kamera  harakatsiz) 
tasvirga  tushirasiz:  kadrda  uzundan-uzun  poezd  sostavi  o‘tib 
bormoqda.  Kamera  oldida  birma-bir  vagonlar  o‘tyapti.  Keyin, 
ikkinchi  kadr:  qahramonimiz  vagon  darchasi  oldida  o‘tiribdi  va 
(poezd  ketayotgan  yo‘nalish  tomonga)  darchadan  tashqariga 
qarayapti. 
Umid  qilamizki,  siz  montajning  uchinchi  tamoyili 
talablarini inobatga olgan holda tasvirga olish nuqtalarini to‘g‘ri 
tanlagansiz  va  ob’ektning  birinchi  kadrdagi  harakat  yo‘nalishi 
bilan  ikkinchi  kadrdagi  harakat  yo‘nalishi  bir  xilligi  saqlangan. 
Bu  epizod  uchun  tasvirga  olish  mizanssenasi  76,  77-rasmlarda 
tasvirlangan. 
 
76-rasm.   
 
 
 
77-rasm. 


143
 
 
Xo‘sh, bu  yerda  xatolik nimada,  deb savol berarsiz balki. 
Hammasi  juda  oddiy,  tushunarli  va  to‘g‘ri!  Buning  ustiga,  Siz 
kadrlarga  yorqin  ifodalangan  jo‘shqinlik  berishga  harakat 
qildingiz.  Buning  uchun  esa  siz  eng  asosiy  narsa  –  keskin 
harakatdan  foydalandingiz.  Uni  ekranda  ta’sirchan  qilib 
yetkazib  berish  mumkin.  Shuning  uchun,  birinchi  kadrda  aks 
etgan  harakatlayotgan  vagonlar  ekran  maydonining  katta 
qismini  egallagan.  Biroq,  ikkinchi  kadrda  siz  vagon  darchasida 
aks  etib  turgan  maftunkor  tabiat  manzarasini  deyarli  to‘liq 
ekranda ko‘rsatib berishga urindingiz. 
Endi,  bunday  kadrlarni  o‘zaro  montaj  qilinganda  nima 
hosil  bo‘lishi  va  bunda  tomoshabin  nimalarni  ko‘rishi  va  his 
qilishi  haqida  fikr  yuritib  ko‘ramiz.  Tomoshabinlar  olgan 
taassurotni biz ham olib ko‘ramiz. 
Birinchi  kadrda,  chapdan  o‘ng  tomonga  poezd  vagonlari 
birin-ketin  harakatlanib  o‘tib  bormoqda.  Kadr  o‘ng  tomonga 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish