Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/86
Sana30.06.2021
Hajmi2,75 Mb.
#105266
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
Bog'liq
Монтаж ўқув қўлланмаси ТАТУ 26 01

 
Nazorat savollari: 
1. Ob’ekt harakat tezligi deganda nimani tushunasiz?  
2.  Ob’ektning  harakat  tezligida  o‘zgarish  yuz  berganda  bu 
qanday ko‘rsatiladi? 
3. Ob’ektning harakat tezligini to‘g‘ri aks ettirish nega muhim? 
4. Travelling nima? 
5. Panoramaning qanday usullari bor? 
 
1.7. Oltinchi tamoyil:  
Kadrlar kompozitsiyasi bo‘yicha montaj  
Bu  mavzu  montajning  oltinchi  tamoyiliga  bag‘ishlangan 
bo‘lib,  kadrlarni  kompozitsion  qurilish  xususiyatlari  bo‘yicha 
o‘zaro  montaj  qilish  va  tomoshabinga  filmni  idrok  etish  uchun 
qulay  sharoit  yaratib  berish  bu  tamoyilning  asosiy  talabi 
hisoblanadi. 
Kino  san’ati  bilan  ko‘pdan  beri  shug‘ullanib  kelayotgan 
kishilarga  qadimgi  davrlardan  buyon  “Charx  effekti”  nomli 
tushuncha  ma’lum,  albatta.  U  ovozsiz  kino  paytidayoq  ma’lum 
bo‘lgan.  Hozirgi  paytda  ham,  kimki  kino  tasmasiga  tasvirga 
olingan  filmni  montaj  qilsa,  bu  g‘aroyib  effektni  kuzatishi 
mumkin.  Montaj  stoli  ustida  o‘n  yoki  o‘n  beshta  kadrlardan 
tarkib  topgan  uncha  uzun  bo‘lmagan  kinotasmani  u  g‘altakdan 
bu  g‘altakka  katta  tezlikda  o‘rang.  Siz  g‘altak  aylanayotgan 
paytda  kinotasma  bo‘ylab  uzluksiz  qora,  oq  yoki  turli  rangdagi 
chiziqlarning  yugurayotganini  ko‘rishingiz  mumkin.  Kadrlar 
ulangan  chokli  joylarda  bu  chiziqlar  birdan  kinotasmaning  eni 


114
 
 
bo‘ylab  sakray  boshlaganini  ko‘rasiz.  Ba’zan  qora  chiziq 
yuqorida  ko‘rinib  qoladi,  ba’zan  esa  u  plyonkaning  quyi 
qismiga sakrab o‘tadi (63-rasm).  
 
63-rasm. 
 
Afsuski,  televidenie  hodimlari  magnitli  tasmalarni 
o‘rayotgan  paytlarida  bunday  effektni  kuzata  olmaydilar. 
Magnit  tasma  tez  aylanayotgan  paytda  kassetadagi  tasma 
ma’lumot  o‘qiydigan  magnit  kallakdan  chetlashadi,  monitor 
ekranida  esa  qorong‘ulik  paydo  bo‘ladi.  Bevosita  tasvirni 
ko‘rgan  holda  tasmani  tez  aylantirilganida  esa,  televizion 
kadrlar  almashinuvi  tezligi  bunday  effektni  kuzatish  uchun 
yetarli bo‘lmay qoladi. 
Qiziquvchan o‘quvchida shunday savol tug‘ilishi mumkin: 
tamomila  fizik  effektning  kadrlar  montajiga,  yana  kadrning 
kompozitsion  qurilishi  bilan  bog‘liq  qonuniyatlarga  nima 
aloqasi bor? Javob beriga urinib ko‘ramiz. 
Birinchidan,  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  kadrlarning 
kompozitsion o‘xshashligi va farqlariga qarab eng maqbul holda 
birlashtirishga  oid  qonuniyatlar  va  tushunchalar  “montaj 
qonuniyatlari”  endigina  shakllanib  kelayotgan  davrlarda  paydo 
bo‘lgan.  
Bir  qarashda  juda  qo‘pol  ko‘rinsa  ham,  lekin  hammaga 
yaxshi  tushunarli  bo‘ladigan  variantni  ko‘rib  chiqamiz.  Bu 
variant  deyarli  hammaning  yodidan  chiqib  ketib  ulgurgan  keng 
formatli 
kinotasmaga 
tasvirga 
olingan 
keng 
ekranli 
kinofilmlarda  yoki  kashelangan  ramkali  filmlardagina  mumkin. 
Bu  vaziyatda  kadr  va  ekran  tomonlarining  nisbati  1:2,25  yoki 
1:2  ga  teng  bo‘ladi.  Operator  va  rejissyor  oldiga  aynan  bir 
qahramon  aks  ettirilgan  ikkita  kadrni  suratga  olish  va  bu 


115
 
 
kadrlarni  o‘zaro  montaj  qilish  vazifasini  qo‘yamiz.  Faraz 
qilaylik, ular qo‘shni kadrlar kompozitsiyasi haqida o‘ylab ham 
o‘tirmay  tezgina  topshiriqni  bajardilar  va  64  “a”-rasmda 
ko‘rsatilgandek  natijaga  ega  bo‘ladilar.  Bu  planlarning  montaji 
yaxshi bo‘ladimi, degan savol tug‘iladi.  
 
 
64 “a”rasm. 
 
Planlar  yirikligi  bo‘yicha  montaj  tamoyili  nuqtai 
nazaridan  bu  yerda  xato  yo‘q.  Kadrdagi  ob’ekt  harakat  fazasi 
bo‘yicha  montaj  talablari  bo‘yicha  ham  –  hammasi  to‘g‘ri. 
Ammo  baribir  kadrlar  yaxshi  ulanmayapti.  Bundan  tashqari, 
bunday  ulangan  joy,  montaj  choki  ekranda  juda  qo‘pol 
ko‘rinadi.  
Nimaga? Qaerda xato qilindi, degan savol tug‘iladi.  
Epizod  voqeasi  rivojlanish  jarayonida  birinchi  kadrdagi 
kompozitsiya  markazi,  bu  holatda  u  tomoshabin  uchun  ham 
e’tibor  markazi  bo‘lib  hizmat  qilyapti,  kadr  so‘ngida  juda 
chapga,  deyarli  kadrning  chap  burchagiga  borib  qoldi.  Demak, 
bu  holatda  tomoshabinning  asosiy  nigohi  kadrning  aynan 
ekrandagi qahramonning yuzi joylashgan qismiga yo‘naltirilgan.  
Kadrlar almashinuvi ro‘y berdi.  
Tomoshabin  ekrandagi  aynan  o‘sha  joyga  qaraydi,  lekin 
qahramon u yerda yo‘q. U g‘oyib bo‘ldi! Qani u?  


116
 
 
Tavsiya  etilayotgan  kadrlar  montajidan  tomoshabin 
oladigan taassurot shunday bo‘ladi. Biz sinovdan o‘tkazayotgan 
tomoshabin  ekrandagi  qahramonni  qidirib  ma’lum  bir  vaqt 
sarflaydi. Natijada noto‘g‘ri tasvirga olish oqibatida tomoshabin 
uchun  voqealar  rivojining  uzluksizligiga  putur  yetadi  va  bu 
uning  film  yoki  ko‘rsatuvdan  ijobiy  tasavvur  olishiga  yordam 
bermaydi,  aksincha,  bu  sahnadagi  qahramonning  ichki 
kechinmalari tomoshabinga tushunarsiz bo‘lib qolaveradi. 
Bu  “qadimiy”  tamoyilning  qonun-qoidalarini  rejissyorlar 
va  operatorlarning  allaqachon  qon-qoniga  singib  ketgandek 
ko‘rinadi.  Ammo,  unday  emasligiga  guvoh  bo‘ldik.  Televizion 
ekran bizga hammasi  aslida  aksincha ekanligini ko‘rsatib berdi. 
Yoshlar  hayotidan  hikoya  qiluvchi  ko‘rsatuvlarning  birida 
boshlovchi  huddi  65-rasmda  ko‘rsatilgan  ko‘rinishda  tasvirga 
olingan va ekranda namoyish etilgandi.     
 
 
65-rasm. 
 


117
 
 
Boshlovchi  juda  yirik  planda,  ekranda  yuzining  yarmi 
ko‘ringan holda uch sekund davomida yetti-sakkizta so‘z aytadi 
va  birdaniga  umumiy-o‘rta,  deyarli  umumiy  planda  bo‘lib 
qoladi.  So‘zida  davom  etib  bir  ikki  og‘iz  so‘z  aytadi  va  endi 
yuzining  boshqa  yarmi  bilan  yirik  planda  ekranda  namoyon 
bo‘ladi. Daxshatli yirik planda besh-olti og‘iz gap gapirib bo‘lib 
yana  ekranning  o‘ng  burchagida  umumiy  planda  paydo  bo‘ladi. 
Boshlovchi  o‘z  matnini  o‘qib  bitirguniga  qadar  tomoshabin 
qariyb 30 soniya davomida bu “chapdast” boshlovchini ko‘zdan 
qochirmaslik  uchun  uning  ortidan  quvish  bilan  mashg‘ul 
bo‘lgan.    Birinchi  va  ikinchi  kadrlar  ulargan  joyda  kadrdagi 
diqqat  markazining  ekranning  bir  nuqtasidan  qarama-qarshi 
nuqtaga  keskin  o‘zgarishi  yuz  bergan.  Ikkinchi  va  uchinchi 
kadrlarning  montajida  esa  aksincha,  kadrdagi  diqqat  markazi 
o‘zgarishsiz  qolib  kadr  kompozitsiyasida  prinsipial  o‘zgarish 
yuz  berdi.  Huddi  shu  holat  efir  davomida  o‘n-o‘n  besh  marta 
takrorlangan.  Yirik  planda  –  diqqat  markazi  ko‘z  edi,  ikkinchi 
o‘rta planda esa - yuz. 
Ko‘rinib  turganidek,  “Charx”  tamoyili,  yoki  boshqacha 
aytganda  diqqat markazining siljish tamoyili faqat kadrda inson 
bo‘lgan  holatlarnigina  qamrab  olmaydi.  Muallifning  o‘z 
oldilariga  qo‘ygan  maqsadlaridan  kelib  chiqib  kompozitsiya 
markazi vazifasini kosadagi ovqat, devorga osig‘lik surat, jarlik 
yoqasida  turgan  otliq,  garizont  bo‘ylab  uchayotgan  samolyot 
ham  bajarishi  mumkin.  Kompozitsiya  bo‘yicha  ikki  kadrni 
montaj  qilish  tamoyilining  umumiy  qonuniyatiga  ko‘ra 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish