Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

 
Nazorat savollari: 
1. Nazmiy montaj nima va uning imkoniyatlari qanday? 
2. Nazmiy montajdan badiiy filmlarda ham foydalaniladimi? 
3. Nazmiy montajini biror misol bilan tushuntirib bering. 
 
 
2.7 Ritmli montaj va klip montaji 
 
Ritmli montaj. 
Ritm so‘zi lotincha 
rhythmus – oqim

tizilish 
so‘zlaridan 
olingan. Muntazam ritm tirik bir organizm sifatida inson uchun 
ham tabiiy hisoblanadi. U inson tomonidan vaqt va makonni idrok 
etish davrida yurak urishi, nafas olish, kun va tunning, yil 
fasllarining almashib turishi kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi. 
Montajda ritm musiqa bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Kino endigina san’at turi sifatida shakllanishni boshlagan 
ovozsiz kino davrida kino darg‘alari tomonidan montaj nazariyasi 
naqadar chuqur va puxta ishlab chiqilganligiga faqat tan berish 
kerak. Buni yanada yaqqolroq tushunish uchun tasavvurda 
o‘tmishga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. 
Ovozsiz filmlar uchun voqealarni qisqa kadrlarda tasvirga 
olish va montaj qilish xarakterlidir. Rejissyorlar odatda ikki yoki 
uchta oddiyroq qahramonlar obrazlari va ob’ektlar harakatlarini 
bitta plan, bitta kadrga kiritishga harakat qilishgan. Kadrlar bir-
biri bilan so‘zlar yoki ierogliflar bilan birlashtirilardi. O‘sha 


173
davrda “kadrlar orqali so‘zlash” va “montaj iborasi” kabi 
tushunchalar paydo bo‘lgan. Uzunligi bir soniyadan besh 
soniyagacha bo‘lgan hamda qandaydir voqeaning rivojlanishi 
ko‘rsatuvchi qisqa kadrlarning davomliligi, haqiqatdan ham 
ma’lum so‘zlardan tarkib topgan gapni yodga solgan.
Ritmli montajga misollarni Dziga Vertov, Vsevolod 
Pudovkin, Lev Kuleshov va boshqa ko‘plab ijodkorlarning 
asarlarida uchratish mumkin. Huddi musiqa asarida qisqa va uzun 
bo‘laklar 
almashinib 
turganidek, 
ritm 
ham 
planlar 
almashinuvining davomliligi, kadrlarning o‘rin almashinish 
tezligi sifatida qabul qilingan. 
Aytaylik, bir soniya vaqtni shartli o‘lchov birligi sifatida 
oldik. Ritmli ko‘rinishda montaj qilingan kadrlarning ekrandagi 
uzunligini,yoki boshqacha aytganda, bu kadrning ekranda 
namoyish etilish vaqtini raqamlar shaklida yozib chiqilsa 
quyidagicha ko‘rinishda namoyon bo‘lgan bo‘lardi:1-1-1-3-1-1-1-
3yoki 2-2-4-2-2-4- 2 – 2 - 4. 
Bu mutlaqo, eng qisqa kadrning uzunligi bir soniya bo‘lishi 
kerak degan ma’noni anglatmaydi. Bu montaj ketma-ketligidagi 
eng qisqa plan istalgan uzunlikda, masalan 1,3 soniya, 2,2 soniya 
bo‘lishi mumkin. Lekin bu, boshqa kadrlar eng qisqa kadrga 
nisbatan ikki yoki uch marta kattaroq uzunlikkaega bo‘lishi 
mumkinligini bildiradi, masalan, 2,6 soniya yoki 4,4 soniya va 
h.k. 
Aka-uka 
Vasilevlar 
hatto 
ekranda 
o‘q otayotgan 
pulemyotning ritmini ko‘rsatib berishga urinib ko‘rishgan. Buning 
uchun ular bor yo‘g‘i ikki kadrikli uzunlikka ega bo‘lgan va goh 
chap tomonga, goh o‘ng tomonganavbatma-navbat o‘q otayotgan 
pulemyot aks etgan kadrlarni montaj qilishgan. Bu esa har bir 
kadrning uzunligi sekundning 1/12 qismichalik yoki 0,038 sekund 
uzunlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Ritmli montajda kompozitsiyasi jihatidan turlicha bo‘lgan 
kadrlarning muayyan musiqiy kompozitsiya ohangiga mos 
ravishda almashinib turishi albatta, ekranda effektli ko‘rinadi. 
Biroq, ko‘pincha hamma kadrlarni bir xil davomiylikka ega qilib 
kesish va ularni o‘zaro ulashga intilish yaqqol formalizmdan 
boshqa narsa bo‘lmay qoladi. Bu holatni ko‘pincha zamonaviy 
musiqiy videokliplarda uchratish mumkin. 


174
Gap shundaki, har bir kadr uning yirikligidan kelib chiqib 
o‘zida turlicha obraz, turlicha detallarni va tabiiyki, turli 
miqdordagi ma’lumotni aks ettiradi. O‘z-o‘zidan ayonki turli 
miqdordagi axborotni anglash uchun esa tomoshabinga shunga 
yarasha vaqt talab etiladi. Agar siz biror musiqiy klipni montaj 
qilayotganingizda ritmni saqlab turish maqsadida idrok etish 
uchun ko‘proq vaqt talab qilinadigan kadrni qisqaroq qilib kesib 
qo‘ysangiz, boshqacha aytganda, tomoshabinga bu kadrni 
tushunishi uchun kerak bo‘lgan vaqtdan kamroq vaqt bersangiz, u 
holda tomoshabinda sizning bu “asar”ingizga nisbatan ichki 
norozilik paydo bo‘ladi, yoki bo‘lmasa, unda ekranning tezlikda 
miltillashidan boshqa taassurot qolmaydi. 
Kino san’atida ovozning paydo bo‘lishi bilan musiqiy ritm 
bilan hisoblashmasdan tasvirlarni ritmli montaj qilish butunlay 
imkonsiz bo‘lib qoldi.
Bugun musiqiy va reklama kliplarni yaratishda mualliflar 
ritmli yig‘ilgan audio-vizual montajdan faol foydalanishga 
intilmoqdalar. Biroq bu usul tasvirga olishda va montaj jarayonida 
ijodkordan katta mahoratni, alohida yondashuvchi talab qiladi. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish