Klip montaji.
Klip so‘zi (ingl.
clip)
–
bir-birini vaqt jixatdan davom
ettirishi shart bo‘lmagan badiiy usulda ketma-ket joylashtirilgan
kadrlar jamlanmasi
degan ma’noni anglatadi
Klip montaji – bu usul emas, aksincha, ko‘proq montaj
uslubi, ekranda hikoya qilish uslubidir. Agar 20-asr oxiriga kelib
klip montaji modaga aylanib ketmaganida va bu hol ayrim
“aqlli”larni miyasi aynitib qo‘ymaganida, klip montaji haqida
balki umuman gapirmagan ham bo‘lardik. Bu uslubni, bundan
avval sanab o‘tilgan deyarli barcha usullardan foydalanish paytida
qo‘llash mumkin.
Klip montajining mohiyati o‘zi nimada?
“Clip”so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda kesish,
qisqartirish, kaltalash, kesib tashlash, qirqib olish va hatto tez
yurish degan ma’nolarni ham beradi.
Klip – bu qisqa ekran asari bo‘lib, u o‘z mazmunini
ko‘pincha obrazlar orqali va uziq-yuliq ko‘rinishda bayon qilishi
bilan xaraktyorlanadi. Odatda, bu montaj uslubidan turli reklama
175
roliklarini yaratishda, estrada qo‘shiqlariga ishlangan musiqiy
videokliplarda foydalaniladi. Sahnaning parcha-parcha, uzuq-
yuliq ko‘rinishdagi, professionallik nuqtai nazaridan yomon
qilingan montaji– montajning klip uslubi bo‘lib, jargonda uni
“kadrlarni cho‘qilash” deb ataladi.
Badiiy
filmlarda
sahnalarni
montaj
qilishda
rejissyorlartomoshabinlar
ongidaekrandagi
voqealar
huddi
hayotdagidek uzluksiz ravishda sodir bo‘layotganligi haqida
illyuziyani hosil qilishga intiladilar. Bu illyuziyani yaratish uchun
esa kadrdan kadrga o‘tishlar montajning o‘nta tamoyillari
talablariga to‘liq amal qilgan holda bajarilishi kerak.
Taxlil qilish uchun bir sahnani ko‘rib chiqamiz va bir yo‘la
uni turli qismlarga bo‘lib olamiz.
1.Qahramon uydan chiqib qayoqqadir borib kelishga qaror
qildi. Paltosini kiydi. Kiyim ilgich yoniga keldi. Undan
yomg‘irpo‘sh va sumkasini oldi. Eshik yoniga bordi. Ichki qulfni
ochdi.
2.U eshikdan pod’ezdga chiqdi. Eshikni qulfladi. Qo‘shnisi
bilan salomlashdi.
3.Zina bo‘ylab 1-2 qavat pastga tushdi.O‘rtog‘ini ko‘rib
qoldi. Unga kvartirasining kalitini berdi.
4.U pod’ezddan chiqdi. Trotuar bo‘ylab bir necha o‘n
qadam yurdi. Yo‘lida gazeta o‘qib kelayotgan yo‘lovchi bilan
to‘qnashib ketdi.
5.Mashina oldiga bordi. Eshigini ochdi. Jomadonini otdi.
Mashinaga o‘tirdi. Mashinani o‘t oldirdi. Ketdi.
Agar bu qismlarning hammasi film mohiyatini va qahramon
ruhiyatini ochib berishda muhim o‘rin tutsa, u holda biz beshta
kadrni tasvirga oldik deb hisoblashimiz mumkin. Kadrda-kadrga
o‘tishda ravonlikni saqlab qolish uchun montajchilar, odatda, bir
kadrning oxiridan va boshqasining boshidan bir yoki bir nechta
kadrchalarni kesib tashlashadi xolos. Bunda ham “zaxlest” bilan
olingan kadriklarni, yana aktyor harakati boshlangunga qadar va
tugagandan keyin tasvirga olingan ortiqcha qismlarnigina olib
tashlanadi.
Huddi shu epizodni klip montaji uslubida montaj qiladigan
bo‘lsak bu voqea tamomila o‘zg‘acha ko‘rinish oladi.
Birinchidan, rejissyor aktyordan kadrda hamma harakatlarni tez
176
va g‘ayrat bilan bajarishni so‘raydi. Kadrlar sezilarli darajada
qisqa yoki juda qisqa bo‘lib qoladi. Rejissyorga kadrlarni shunday
yiriklikda tasvirga olish kerak bo‘ladiki, toki ekranning katta
qismi aktyorning faol harakati bilan to‘lib tursin, ya’ni kadrlarni
odatdagidan yirikroq tasvirga olish kerak bo‘ladi. Birinchi
variantda ekran vaqtining qanchadir qismini egallagan bir
harakatdan ikkinchisiga o‘tishlar tamomila olib tashnalandi.
Montajning o‘zi esa quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:
1.Yigit tezgina o‘z paltosini kiydi, o‘girildi. (uning kiyim
ilgich yoniga kelishi kesib tashlangan).
2.Yomg‘irpo‘sh va sumkani oldi, eshik tomon yurdi.
(Eshikni ochish va tashqariga chiqish harakatlari kesib
tashlangan).
3. Kvartira eshigi yopiladi, yigit qo‘shni ayolga yuzlanadi,
“Salom” deydi, o‘giriladi, bir qadam tashlaydi. (Zina tutgichlari,
yigitning zina bo‘ylab tushib kelishi ko‘rinishlari kesib
tashlangan).
4.Oyoqlar zinida 3 qadam tashlaydi va kamera yigitning
qo‘llariga panorama qiladi, yigit boshqa bir odamning qo‘liga
kalitlarni tutqazadi. (Zinadan tushish va pod’ezd eshiklariga
yaqinlashish ham kesib tashlanadi).
5.Yigit pod’ezddan tashqariga chiqadi. Gazeta o‘qib
kelayotgan yo‘lovchiga urilib ketadi. (Uning mashina oldiga
yaqinlashishi, eshikni kalit bilan ochishi va sumkani mashina
o‘rindig‘iga tashlashi ham hammasi kesib tashlanadi).
6.Mashinaning ochiq turganeshigidan ichkariga o‘tiradi.
(Uning rulga o‘tirishi va mashinani kalit bilan o‘t oldirishi ham
ko‘rsatilmaydi).
7.Mashina tezlikda o‘rnidan qo‘zg‘aladi.
Bunaqa montajda faqat ikkita montaj tamoyillarini bajarish
kerak xolos: kadrdan kadrga o‘tishda kadrdagi ob’ekt harakat
yo‘nalishini saqlab qolishhamdaekrandagi asosiy massalar harakat
yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash. Muhimi faqat tomoshabin uchun
voqeaning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash.
Musiqa esa kadrdan kadrga o‘tishda yuzaga kelgan sakrashlarni
tekislashga yordam beradi.
Biz hozircha klip montajining faqat birinchi variantini
ko‘rib chiqdik. U reklama roliklarini, musiqiy videokliplarni,
177
badiiy filmlarni yaratishda ham qo‘laniladi. O‘z xususiyatiga
ko‘ra, bu montaj uslubi harakatli plastik obrazlarning o‘ziga hos
ketma-ketligini ifodalaydi. Ochig‘ini aytganda, badiiy kino uchun
bu uslub unchalik yangi narsa emas. Alohida epizodlarning bu
usuldagi montajini, hatto ovozsiz kinofilmlarda ham kuzatish
mumkinedi.
Ekran san’atidagi klip montajiga o‘xshash usul adabiyotda
ham mavjud bo‘lib, u M.Jvaneskiyning novellalarida yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Agar uzoq tarixga nazar tashlasak, Aleksandr
Makedonskiyning “Keldim, ko‘rdim va g‘alaba qozondim!” deb
aytgan mashxur so‘zlari ham klip montajining o‘zginasidir.
Lekin bir tomondan, o‘ta zamonaviy uslubda ijod qiluvchi
ijodkor degan nomga da’vogarlik qilayotgan ayrim o‘zbilarmon
rejissyorlar ba’zida butun boshli filmlarni ham shu uslubda
tasvirga olishga va montaj qilishga intilishadi. Bunday “buyuk
rejissyor”lar
haqida
o‘tgan
asrning
30-yillaridayoq
N.D.Anoщenko o‘zining kino san’atiga oid darsliklaridan birida
shunday yozgandi: “...Montajdan faqat montaj uchun foydalanish,
huddi
bizning
ayrim
“o‘ta
zamonaviy
fikrlovchi”
kinoijodkorlarimiz kabi, odatda juda mayda kadrlardan tashkil
topganko‘rinishda namoyon bo‘ladigan “titrovchi montaj”
uslubidan foydalanishga berilib ketish aslo mumkin emas! Bu
kabi “g‘ayrioddiy montaj” uslubi, tomoshabinning g‘ashiga
tegish, boshini achitishdan boshqa hech narsa bermaydi”
41
.
Klip montaji uslubining ikkinchi varianti –navbatdagi har bir
kadrda asosiy tasvirga olish ob’ektining, fon va atrof muhitning
o‘zgarishiga, personajlar kiyimlari va pariklarining, tasvirga
olishda planlar yirikligi va rakurslarning o‘zgarishiga asoslanadi.
Hech qanday qoida va ta’qiqlashlar yo‘q! Qo‘shni kadrlardagi
ob’ektlar tamomila turlicha bo‘lishi mumkin – qanday istasang
shunday montaj qilaver! Biroq bunday ekran asari ijodkorlardan
yuqori darajadagi sezgi va badiiy didni, kadrlarning tasviriy
yechimini belgilashda katta maxorat ko‘rsatishni talab qiladi.
Afsuski, hozirgi kunda ijod qilayotgan ko‘pgina “klipmeykerlar”
bunday mahorat va didga ega emaslar.
41
Anoshenko N.D. Obshiy kurs kinematografii. T.3.- Moskva, 1930. S 43/29. R 229/114.
178
Bundan tashqari, yana
S.M.Eyzenshteyn tomonidan ihtiro
etilgan montaj turlari ham mavjud quyida ulardan ikkitasi haqida
qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |