Kino, televideniye va radio sanati



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana31.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#229246
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
Нодира Диплом иши

Fathulla  Xо‘jayev:  “Mening  bu  sohani  sevib  qolishimga  o’qituvchimiz 

Vladimir  Sergeyevich  Iogelsenning  ta’siri  kuchli  bо‘lgan.  Hozirgacha  u  odamni 

minnatdorlik bilan eslayman. Qо‘g‘irchoq teatri aktyorida bolalarga xos soddadillik, 

samimiylik kabi xislatlar muhim sanaladi, agar kasbi qо‘g‘irchoq teatri bilan bog‘liq 

kishilarda  sof  kо‘ngillik,  ishonuvchanlik  kabi  pokiza  tuyg‘ular  bо‘lmasa  ularning 

bolalarga  kо‘rsatayotgan  tomoshalarida  ham  samimiylik  bо‘lmaydi.  Bolalar  esa, 

kattalar har doim ham his eta olmaydigan nosamimiylikni darrov ilg‘aydilar.”

24

 

Respublika  qo’g’irchoq  teatri  repertuarida  rang-barang  spektakllar  mavjud  va 



ularning  har  birini  yaralishida  aktyorlar  jamoasining  ma’lum  obrazga  yondashish 

tassurotlari  bor.  Masalan,  N.Abbosxonning  “Quloqsiz  uloqcha”  pyesasi  asosida 

yaratilgan  spektaklda  aktyorlarning  obrazga  yondashish  yuzasidan  fikr  va 

mulohazalariga e’tibor qaratamiz.  

Asar jajji tomoshabinlarga atalgani uchun voqe’ligi ham oddiygina. Ayyor tulki 

va  bо‘rining  gapiga  kirib,  quloqsiz  uloqcha  о‘rmonga  borib  xatarli  holatga  tushib 

                                                           

23

 



“Jannatmakon” jurnali, 2011. 4-son.

 

24



 O’sha manba. 


 

48 

 

qoladi,  vaqtida  yetib  kelgan  Bobojon  hamda  dо‘sti  quyon  uni  bu  vaziyatdan  halos 



etadilar. Bobosining gapiga quloq solmagan uloqcha qattiq pushaymon bо‘ladi. 

Bastakor  tomonidan  yozilgan  qо‘shiq  va  kuylar,  rassom  yaratgan  yorqin 

dekoratsiya  hamda  qо‘g‘irchoqlar,  aktyorlarning  ta’sirchan  ijrolari  jajji 

tomoshabinlarni, albatta befarq qoldirmaydi. 

Maktabgacha  bо‘lgan  yoshdagi  bolajonlarga  va  boshlang‘ich  sinf 

о‘quvchilarlariga  mо‘ljallangan  mazkur  tomoshada  sahnalashtiruvchi  rejissor 

X.Axunov,  sahnalashtiruvchi  rassom  M.Rо‘zmetova  va  bastakor  A.Ikromov. 

Spektaklda  Bobojon  rolida  O.Isoqov,  Uloqcha  rolida  D.Shermatova,  Bо‘ri  rolida 

S.Jо‘rayev, Tulki rolida L.Azimova, Quyon  rolida Sh.Ishmuhamedova kabi aktyorlar 

gavdalanadi.  Ahamiyatli  jihati,  bu  aktyorlar  jamoasi  ham  o’zbek,  ham  rus  tilidagi 

spektakllarda rol ijro etadilar. 

Aktyorlar  jamoasi  bergan  ma’lumotlarga  qaraganda,  ular  qo’g’irchoq  teatri 

xususiyatlariga  mos  ravishda,  tomoshabin  tasavvuri  va  o’zlarining  aktyorlik 

imkoniyatlari  asosida  pyesani  qayta  ishlashadi.  Ular  asar  bo’yicha  o’zlarining 

mulohazalarini  erkin  bildiradilar  va  shu  orqali  asarning  g’oyasi,  maqsadi  va 

mohiyatini teran anglaydilar.  

Shunday qilib, obrazning ikki qiyofasi mavjud:  

Birinchisi,  aynan  tashqi  qiyofa  bo’lib,  bu  qaysidir  jonivor  bo’lishi  mumkin. 

Masalan,  Uloqcha.  Aktyor  Uloqchaning  harakatlanishi,  jonivor  sifatidagi 

xususiyatlarini  o’z  tasavvuridan  o’tkazadi.  U  to’rt  oyoqlab  yuradi,  biroz  qo’rqoq, 

sho’x, o’yinqaro va hokazo. Mana shu xususiyatlardan kelib chiqib unga ovoz beradi. 

Ikkinchisi,    mana  shu  qiyofadagi  asl  personaj,  ya’ni,  ichki  qiyofa.  Avval 

aytganimizdek,  teatrdagi  personajlar  asosida  aslida  insonlar,  insonga  xos 

munosabatlar  va  insonga  xos  xarakter  mujassam  bo’ladi.  Uloqcha  personaji  kichik 

yoshdagi bolakayga xos xususiyatga ega. 40 yoshlar atrofidagi aktrisa D.Shermatova 

atiga 4-5 yoshdagi bolakay obrazini yaratish uchun aynan mana shu bolalardek fikrlat 

olishi  kerak  va  bu  tasavvur  ana  shunday  bolalarni  kuzatish  asnosida  shakllanadi. 



 

49 

 

“Men  avval  personajning  kechinmalarini  o’zimda  his  etaman  va  uni  qo’g’irchoqqa 



o’tkazishga harakat qilaman, bu nafaqat hissiy jarayon, balki intellektual faoliyatdir” 

deydi aktrisaning o’zi.  

Aynan,  har  bir  aktyor  individual  o’z  personajlarini  shakllantirgandan  so’ng, 

jamoaviy  tarzda,  musiqa  va  dekoratsiya,  chiroqlar  va  partnyorlar  bilan  ishlashni 

boshlaydilar. Mazkur spektaklning to’liq tayyor bo’lishi uchun uch oyga yaqin vaqt 

sarflangan. Mana shu vaqt mobaynida butun ijodiy jamoa yagona maqsad – spektakl 

yaratish uchun mehnat qilganlar. 

Bir  so’z  bilan  aytganda,  qo’g’irchoq  teatri  aktyorining  ma’lum  obrazga 

yondashuvi  uning  muhabbatidan  boshlanib,  pyesa  mohiyatini  anglashi,  mahorat 

nuqtai  nazaridan  (nutq,  plastika,  tezkorlik,  ovoz)  o’z  ustida  ishlashi,  personajni 

mustaqil  tarzda  sharhlashi,  tomoshabin  tasavvuri  darajasida  fikrlay  olishi,  doimiy 

ravishda  aktyorlik  dunyoqarashini  shakllantirib  borishi,  qo’g’irchoq  boshqarish 

borasida  tinimsiz  mashq  qilishi,  o’zlashtirilgan  tajribalar  asosida  repetitsiyalarda 

ishtirok  etishi  bilan  davom  etadi  hamda  o’zi  yaratgan  obrazga  tanqidiy-tahliliy  ko’z 

bilan qaray olish va baholash bilan yakunlanadi. Mana shu nuqtada spektakl dunyoga 

keladi va tomoshabin uchun havola etiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish