Kino san’ati va yoshlar ma’naviyati Reja: Mustaqillik yillarida kino san’ati



Download 391,45 Kb.
bet1/2
Sana24.06.2022
Hajmi391,45 Kb.
#699047
  1   2
Bog'liq
Kino san’ati va yoshlar ma’naviyati


Kino san’ati va yoshlar ma’naviyati


Reja:

  1. Mustaqillik yillarida kino san’ati

  2. O’zbek kino san’ati va undagi mavzularning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri

  3. Bugungi kun yoshlarini jahon va o’zbek kinosiga bo’lgan munosabati

  4. Yoshlar va kino forumi va uning faoliyati


K ino san’ati. Mustaqillik yillarida kino san’ati rivoj topdi. 1996-yil-da «O‘zbekfilm» tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30 ga yaqin mustaqil ijo-diy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996-yilda tashkil etilgan «O‘zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihat-dan qo‘llab-quvvatlanishi kino san’atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1991-2002-yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. «Te-mir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma’rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir Te-mur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda mil-liylik va zamonaviylik uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi. 1997-yil 22-29-may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san’ati ustalari qat-nashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini – «Neksiya» avtomobili berildi.
Mustaqillik yillarida o‘nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O‘zbekiston ba-horlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o‘qigan edilar», «O‘zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg‘ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Kamolot” yoshlar oromgohida “Kino va yoshlar” II respublika forumi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan forumda “O‘zbekkino” milliy agentligi qoshidagi badiiy kengash a’zolari, kinoijodkorlar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faollari, yoshlar ishtirok etdi.
Forumda mamlakatimizda milliy kinematografiyani har tomonlama rivojlantirish, buning uchun zarur moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Milliy kino san’atimizni yoshlarning ichki dunyosi, ma’naviyatiga ijobiy ta’sir etuvchi omilga aylantirish bugungi kun talabi ekani haqida so‘z yuritildi. Birinchi Prezidentimizning 2004-yil 16-martdagi “Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Tadbirda milliy kino san’atini rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish, tajriba almashishni keng yo‘lga qo‘yish, yosh ijodkorlar uchun mahorat saboqlari tashkil etish, zarur o‘quv qo‘llanmalari hamda metodik materiallar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
– Mamlakatimizda har yili ko‘plab filmlar suratga olinmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Hilol Nasimov. – Ushbu filmlar tomoshabinlarining aksariyati yoshlar ekanini inobatga olsak, kartinalarning g‘oyaviy-badiiy saviyasi, ko‘tarilayotgan mavzuning hayotiyligiga alohida e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Shuning uchun bugungi tadbirda mutaxassislar va yoshlar o‘rtasida qizg‘in savol-javob, bahs-munozara bo‘ldi. Xususan, “Adabiy ssenariy – kino san’ati asosi”, “Kinodebyut – dastlabki qadam”, “Qisqa metrajli kino”, “Kinotexnologiya, kinotanqidchilik va prodyuserlik” kabi qator dolzarb mavzulardagi munozaralar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Forum doirasida keyingi yillarda yaratilgan bir qator badiiy va hujjatli filmlar namoyish etildi. Ushbu filmlar ijodkorlari bilan suhbatlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Naim Karimov. Kino san’atimiz kashshofi
XX asr boshlarida o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy va ijtimoiy hayotida ro‘y bergan qutlug‘ voqealar to‘g‘risida so‘z borganda, yangi usuldagi maktab, zamonaviy badiiy adabiyot, matbuot va teatr san’atining paydo bo‘lgani to‘g‘risida iftixor tuyg‘ulari bilan so‘z yuritamizu, ammo foto va kino san’atlarini nima uchundir qariyb tilga olmay kelamiz. Holbuki, xuddi shu san’atlar bilan birga XX asrning ulug‘ mo‘‘jizasi – texnik taraqqiyot o‘zbek zaminiga kirib kelgan. Bu yil tug‘ilgan kuniga 125 yil to‘lgan birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov ana shu madaniy va texnik taraqqiyot davrining dastlabki qaldirg‘ochidir.
Xudoybergan Devonov 1878 yili, bir qaraganda, Milliy Uyg‘onish harakatining markazlaridan xiyla chetda – Xivada tug‘ilgan. Uning otasi Xorazm xonining yaqin kishilaridan biri — Qadam yasovulboshida mirza bo‘lib xizmat qilgan. Mirzaning Xiva shahri yaqinidagi Badirxon qishlog‘ida 6 gektar yeri, 4 ho‘kizi va 2 oti bo‘lgan. U o‘ziga qarashli yerlarni dehqonlarga ijaraga berib, ulardan kelgan foyda evaziga to‘kin-sochin turmush kechirgan.
Xudoybergan dastlab kiyim-kechak do‘konini ochib, savdo ishlari bilan shug‘ullana boshlaydi. Lekin yoshlik kezlaridanoq texnikaga qiziqqani bois, ko‘p o‘tmay savdo do‘konini tashlab, soatsozlik bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1918 yili Xudoybergan otameros yerni dehqonlarga taqsimlab berib, ulardan kelgan foyda hisobiga yashashga urinadi.
1927 yili hali o‘n yoshga to‘lib ulgurmagan sovet davlati o‘ziga to‘q kishilarning rizq-nasibasiga chang solib, ular qo‘lidagi «ortiqcha» yer-suvni tortib ola boshlaydi. Xuddi shu yillari Xudoybergan ham ko‘ziga «ortiqcha» bo‘lib ko‘ringan mol-mulkini o‘z erki bilan sovet davlatiga in’om etadi.
X .Devonov keyinchalik ushbu xatti-harakatining sababini tushuntirib, bunday degan: «Agar men 1926—27 yillarda 15 yarim tanob keladigan yer-suvimni davlatga topshirmaganimda, meni o‘sha vaqtdayoq, albatta, quloq qilgan va butun xo‘jaligimni tortib olgan bo‘lardilar. Men shu holni e’tiborga olgan holda shunday qilishga majbur bo‘ldim».
Shubhasiz, Xudoybergan Xorazm xonligida biror mavqega ega bo‘lmagan, yersiz-suvsiz bir oilada dunyoga kelganida na texnikaga qiziqqan, na kino-foto san’atining O‘zbekistondagi birinchi namoyandasi o‘laroq ulg‘aygan bo‘lardi. U xon saroyiga yaqin kishining farzandi bo‘lgani uchun ham yoshligida XX asr texnikasining dastlabki samaralarini ko‘rib o‘sdi. Otasi tufayli Moskva va Peterburg safarida bo‘lib, u yerda «sinematograf jinnisi»ga aylandi-qoldi. Peterburgdan qaytishida esa O‘zbekistonga birinchilardan bo‘lib grammofon, fotoapparat va «Pate» rusumli kinoapparatni – foto va fonotexnikaning bu uch mo‘‘jizasini olib keldi.
Diniy fanatizm va bid’at avj olgan Xorazmda yangi san’atga poydevor qo‘yish oson kechmadi. Uni kofirlikda, shaytonning izmiga o‘tganlikda ayblovchi kimsalar oz bo‘lmadi. Ammo Xudoybergan har qanday qiyinchilik va do‘q-po‘pisalarga qaramay, o‘zi tanlagan yo‘ldan og‘madi. U Xivadagi me’moriy yodgorliklar, bozor manzaralari, bolalar hayoti lavhalarini lentalarga muhrlab, ularni ko‘cha va maydonlardagi o‘zi tashkil etgan «ochiq kinoteatr»larda namoyish etdi. Texnik taraqqiyotning g‘aroyib samarasi bo‘lgan kino san’ati qariyb o‘rta asrlar sharoitida yashayotgan Xorazm ahlini larzaga keltirdi. Bu ham ma’rifatni targ‘ib qilish, xalqda ma’rifatga nisbatan samimiy mehr-muhabbat uyg‘otish namunasi edi.
Taniqli kinoshunos Hamidulla Akbarovning taxminicha, X.Devonov bunday kinoseanslarni faqat Xorazm vohasida emas, balki asr tongida hatto Samarqandda ham o‘tkazgan. Agar olim taxmin etganidek, 1901 yil 18 mart kuni kech soat sakkizda Sherdor madrasasi hovlisida boshlangan va hatto N.P.Ostroumovni ham hayratga solgan kinoseansi X.Devonov nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, demak, u mamlakatimizning boshqa shahar-qishloqlarida ham xalqni yangi va istiqbolli san’at bilan oshno etib borgan.
Xorazm xalq respublikasi tashkil topganidan keyin X.Devonov moliya noziri, taftish komissiyasi raisi va boshqa mas’ul lavozimlarda xalqqa xizmat qilib, yosh respublikadagi madaniy qurilishda faol qatnashdi. Uning sa’y-harakati bilan kinoteatrlar ochiladi, maktab, internat va bilim yurtlarida kino-foto to‘garaklari tashkil etiladi. U kinooperator va fotograf sifatida XX asrning 20-yillaridagi O‘zbekiston hayotining kinoyilnomasini yaratadi. Xorazmda yer-suv islohotining o‘tkazilishi bormi, dalalarga birinchi traktorning kirib kelishi bormi, xotin-qizlarning paranjini tashlashlari bormi, bular hammasi — X.Devonovning nazar-e’tiboridan chetda qolmaydi.
X.Devonovning 100 yilligi nishonlangan kunlarda «Xorezmskaya pravda» gazetasi bunday yozgan edi: «Uning qancha metr kinoplyonkaga surat olgani, qancha kishilarning fotosuratlarini yaratganini aniqlash amri mahol. Afsuski, biz uning hujjatli kinoda olib borgan ishi va izlanishlari to‘g‘risida faqat ba’zi bir parchalar asosidagina f ikr yuritishimiz mumkin. Uning zamonaviy hayot manzaralari muhrlangan fotosuratlari taqdiri esa birmuncha yaxshiroq.
O‘zbekiston kinematografchilari o‘lkamiz tarixiga, o‘tgan va hozirgi asr boshlaridagi xorazmliklarning milliy turmush tarziga murojaat etganlarida, uning kinokadrlari, foto ishlaridan samarali foydalanib keldilar».
X.Devonov o‘tgan asrning 30-yillarida «Uzbekistanskaya pravda» gazetasining muxbiri sifatida Farg‘ona vodiysini aylanib chiqdi. Uning shu davrda olgan fotosuratlari respublika gazeta va jurnallarida muntazam ravishda bosilib turdi. H.Akbarov bergan ma’lumotga qaraganda, X.Devonov Toshkent kinostudiyasiga taklif etilib, undan studiyaning mahalliy kinomuxbiri bo‘lish so‘raldi. Kinostudiya X.Devonovga kinoapparatura va plyonka yuborib, hujjatli filmlar uchun mavzular berdi. X.Devonov Moskvadagi Qishloq xo‘jalik ko‘rgazmasi uchun «O‘rta Osiyoning me’moriy yodgorliklari», «Xiva va xivaliklar» kabi bir necha qisqametrajli filmlarni suratga oldi. Keyinchalik u «Sovkino»ning muxbiri sifatida Moskvaga «Sho‘r ko‘l», «Ishchi ayollar» singari syujet va lavhalarni yuborib turdi.
«Butunrossiya «Sovkino» fotokinematografiya jamiyati, — deb yozadi Hamidulla Akbarov, — Devonovga xronikali-hujjatli filmlarni suratga olishda qatnashishni taklif etgan. Devonovning Moskvaga yuborgan har bir syujeti tajribali kinematografchilarning malakali bahosini olgan. Rus san’atdosh birodarlar Devonov professional mahoratining oshishida unga yordam berganlar».
1935 yili Xudoybergan Devonov ijodiy faoliyatining 35 yilligi keng nishonlanadi. Uning O‘zbekistonda kino va foto san’atlari rivojiga qo‘shgan hissasi yuksak baholanadi. X.Devonov o‘sha yilning 18 avgustida «Inqilob quyoshi» gazetasida chop etilgan «Fotomuxbirlarni yetkazishga zo‘r ahamiyat beraylik» degan maqolasida Xorazmda fotografiyani rivojlantirishga qaratilgan bir-biridan muhim fikr va takliflarni o‘rtaga tashlaydi.
X.Devonov sovet davlati bilan murosai madora qilib yashashga, uning mustahkamlanishiga hissa qo‘shishga qanchalik harakat qilmasin, 1937 yilning qonli voqealari boshlangach, xorazmlik boshqa davlat va jamoat arboblari qatorida u ham qamoqqa olindi. O‘sha yilning 30 avgust kuni NKVD xodimlari birinchi o‘zbek kinooperatorini «sobiq xon nozirining o‘g‘li, Asfandiyor va Madraim xonlarning shaxsiy fotografi, inqilobdan keyin esa XXRning moliya noziri» sifatida hibsga olib, uning ham Yangi Urganch shahridagi, ham Xivadagi uylarida tintuv o‘tkazdilar. Tintuv paytida qo‘shotar miltiq bilan birga 300ga yaqin fotosurat, 120 varaqdan iborat yozishma, 17ta turli-tuman hujjat olib ketildi va ko‘p o‘tmay, kuydirib tashlandi.
Shu vaqtda uning oilasi 56 yoshli xotini Bekajon Otajonova, Xazorasp tuman xalq ta’limi bo‘limida fotograf bo‘lib xizmat qilayotgan 40 yashar o‘g‘li Masharif Xudoyberganov hamda Onajon va O‘g‘il ismli singillaridan iborat edi.
Mahbuslik anketasida yozilishicha, X.Devonov madrasada tahsil olgan va o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan.
X.Devonov 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan so‘roq paytida tergovchi savollariga javob berish asnosida tariximizning, Abdulla Qodiriy ifodasi bilan aytsak, «kirli» davrlari bo‘yicha muayyan ilmiy qimmatga molik quyidagi ma’lumotlarni bayon etgan:
Mahbusning shahodat berishicha, Xorazm xalq respublikasi endigina e’lon qilingan bo‘lishiga qaramay, uning sovet respublikalaridan biriga aylantirilayotganini ko‘rgan va bu holning fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligini sezgan maorif noziri Mulla Bekjon Rahmonov 1921 — 1922 yillari Junaidxonga xat yozadi. Nozirlar kengashi raisi Aminov, Markaziy ijroiya komitet raisi Ota Maxsum Oxunov, harbiy nozir Mirkomil Mirsharopov va boshqa bir qancha hukumat a’zolari nomidan bitilgan bu xatda Junaidxondan Xorazmdagi sovet hokimiyatini ag‘darishda yordam berish so‘ralgan edi. Ammo bu xat GPU ayg‘oqchilari tomonidan qo‘lga tushirilib, uning barcha tashabbuskorlari qamoqqa olinadi yoki xizmat lavozimidan chetlashtiriladi. Bu yangi ma’lumot XXR rahbarlari, shu jumladan, harbiy nozir Mirkomil Mirsharopovning 1921 — 1922 yillardayoq sovet davlati mohiyatini anglab yetgani va o‘zbek xalqining tub manfaatlaridan kelib chiqqan holda tegishli choralar ko‘ra boshlaganidan dalolat beradi.
Xudoybergan Devonov shu vaqtda Xorazm xalq respublikasining moliya noziri lavozimidan ozod etilib, endigina yosh respublikaning Moskvadagi muxtor vakili qilib tayinlangan edi. Lekin Moskvaning XXRdagi vakili Bek X.Devonovning Moskvaga borishiga ruxsat bermaydi va u moliya noziri sifatida faoliyatini davom ettiradi.
1923 yili X.Devonov XXRning Moskvada ochilajak ko‘rgazmasini tashkil qilish bo‘yicha komissiya tarkibiga kiritiladi. 1923 yil 12 avgustda Moskvaga borib, dekabrning so‘nggi kunlarida ona diyoriga qaytadi. X.Devonov komissiya raisi Aminatdinov bilan birga Xonqaga yetib kelganida Xiva Junaidxon lashkarlari tomonidan qurshab olingan, binobarin, XXR sobiq rahbarlarining 1921 — 1922 yillardagi murojaati kechikib bo‘lsa-da, Junaidxon tomonidan e’tiborga olingan edi. X.Devonov vaziyatdagi mazkur o‘zgarish sababli Aminatdinov bilan birga To‘rtko‘lga yo‘l oladi. Ammo Junaidxon lashkarlari mag‘lubiyatga uchraydilar va X.Devonov Xivaga qaytadi. U o‘sha kunning ertasiga ChK tomonidan hibslanadi. To‘g‘ri, Xudoybergan hibsxonada bir kun yotgach, qo‘yib yuboriladi. Oradan ikki yoki uch oy o‘tgandan so‘ng u Madraim Devonov bilan birga yana qamaladi. Ma’lum bo‘lishicha, M.Devonov XXRning tashqi savdo noziri sifatida Moskvaga borgan kezlarida o‘zining xizmat vazifasidan foydalanib, Germaniyaga paxta sotish masalasida nemislarning Moskvadagi vakolatxonalaridan biri bilan shartnoma tuzgan ekan. M.Devonov sudda bu «ayb»ini bo‘yniga oladi va Moskvaning ruxsatisiz nemis vakolatxonasi bilan shartnoma tuzgani uchun otib tashlanadi.
1928 yili Karim Boltaev Toshkentda, Yer ishlari xalq komissarligida ishlayotgan edi. Xudoybergan Devonov shu yili Toshkentga fotoapparat sotib olish uchun keladi. Ammo puli yo‘qligi uchun K.Boltaevning huzuriga kirib, undan moddiy yordam so‘raydi, o‘zining Farg‘ona vodiysiga sayohat qilish va vodiyda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni tasvirga tushirish niyatida ekanligini aytadi. Uning iltimosiga javoban K.Boltaev bunday deydi: «Siz xalq maorifi sohasida samarali ishladingiz, shuning uchun ham biz iltimosingizni inobatga olibgina qolmay, sizni o‘zimiz safarga yuboramiz».
K.Boltaev shu so‘zlarni aytishi bilanoq Xalq maorif komissarligidagi Jargin degan kimsaga qo‘ng‘iroq qiladi va unga X.Devonov uchun mablag‘ topish masalasini topshiradi.
Shu yerda so‘roqnomada keltirilgan ma’lumotlardan biroz chekinib, «Uzbekistanskaya pravda» gazetasining 1928 yil sonlarida e’lon qilingan fotosuratlarni bir esga olsak. X.Devonovning mazkur gazetada nashr etilgan Farg‘ona vodiysi hayotiga oid turkum suratlari uning kinooperator va fotograf sifatida yangi-yangi g‘oyalar bilan yashagani va o‘zi hamnafas bo‘lgan tarixiy davrning chin ma’nodagi fotoyilnomachisi bo‘lishga intilganini ko‘rsatadi.
X.Devonov bergan ma’lumotga qaraganda, Akmal Ikromov 1935 yoki 1936 yilning sentyabrida Urganch shahriga borgan va xorazmlik rahbarlar bilan birga shoira Zulfiyaning akasi Normat Isroilovning uyida mehmon bo‘lgan. Shu kuni toshkentlik mehmonni suratga olish uchun X.Devonov ham Normat Isroilov xonadoniga taklif etilgan. X.Devonov oliy mehmonni suratga olmoqchi bo‘lganida Akmal Ikromov dasturxon atrofida o‘tirgan xorazmlik rahbarlarga murojaat qilib, bunday degan: «Buni qaranglar-a, Devon ota ham keksayib qolipti. Unga nafaqa tayinlashni so‘rab okrug ijroiya komiteti nomidan xat tayyorlang va tezroq Toshkentga yuboring».
X .Devonov shu voqeadan keyin tegishli xat va hujjatlarni olib, Toshkentga keladi. A.Ikromov yo‘qligi tufayli Qurbon Bereginning huzuriga kiradi... Xullas, oradan roppa-rosa uch kun o‘tgandan keyin F.Xo‘jaev imzosi bilan X.Devonovga nafaqa belgilash to‘g‘risida qaror tayyor bo‘ladi va u oyiga 300 so‘mdan nafaqa olib yashay boshlaydi.
1881 yili Xivada tug‘ilgan Nazirqul Sholikorov 1937 yil 16 avgustda Xudoybergan Devonov to‘g‘risida ko‘rsatma berib, jumladan, quyidagi so‘zlarni aytgan:
«Xorazm inqilobidan keyin Xudoybergan Devonov moliya xalq komissari bo‘lib ishladi. Devonov o‘sha paytda o‘z oldiga mustaqil milliy respublikani barpo etish, barcha yevropaliklarni Xorazm vohasidan chiqarib yuborish vazifasini qo‘yib, Xorazm xalq respublikasining boshqa rahbarlari bilan birga sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib bordi. Chunonchi, Devonov o‘zining aksilinqilobiy faoliyatini amalga oshirar ekan, 1923 yili boshqa rahbarlar bilan birga Junaidxon bilan aloqa o‘rnatdi. 1924 yil boshlarida Junaidxon hokimiyat tepasida o‘tirgan aksilinqilobiy tashkilot a’zolari bilan kelishib, Xivaga hujum qildi. Ammo o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar sabab bo‘lib, Junaidxon Xivani bosib ololmadi, hokimiyat tepasida o‘tirgan barcha rahbarlar esa hibsga olinib, otib tashlandi. O‘sha paytda Xudoybergan Devonov ham ayblandi. U Junaidxonga fotograf bo‘lib xizmat qilgan, Junaidxonning talabi bilan ayrim sahnalarni suratga olgan».
Tergovchi Xudoybergan Devonovni aksilinqilobiy faoliyatda ayblash uchun bu so‘zlarni N.Sholikorovdan qiynoq ostida olgan bo‘lishi mumkin. Ammo agar so‘nggi ma’lumotni yuqorida keltirilgan faktlar bilan o‘zaro muqoyasa qilsak, uning haqiqatga biroz bo‘lsa-da yaqinligi ayon bo‘ladi.
N.Sholikorov 1920 yili Xivani qo‘riqlash guruhining boshlig‘i bo‘lib xizmat qilgan. U xizmat burchiga ko‘ra, XXRga xayrixoh bo‘lmagan yoki shubhali xatti-harakat bilan shug‘ullangan kishilarni kuzatib yurgan. Shunday kishilardan biri Zaki Validiy edi. U Validiyning Xorazmga kelishi haqida so‘zlab, bunday degan:
«Men uch kungacha (Xorazmga) kimning kelganini bilolmay yurdim. Yusupov (so‘z o‘sha paytda XXR hukumati boshlig‘i Polvonniyoz hoji Yusupov haqida bormoqda – N.K.) boshliq barcha xalq komissarlari uylariga ham kelmay, qaerdadir yig‘ilish o‘tkazayotgan edilar. Bu hol menda shubha uyg‘otdi. Xorazm bilan Buxoroning birlashgan holda kurash olib borishi uchun Xorazmga buxorolik vakillar kelishgan edi. Men muzokara olib borish uchun rais (to‘g‘rirog‘i, vakil – N.K.) etib tayinlandim. Romanov men bilan birga bo‘ldi. Mening yonimda o‘tirgan Mulla Bekjon oradan bir necha soat o‘tmay, kengashni ertaga qoldirishimni so‘radi va o‘zining bu iltimosini uyida mehmoni borligi, ketishi zarurligi bilan izohladi. Men rozi bo‘ldim va biz ikkimiz bir otga minib u bilan birga ketdik. Xudoybergan Devonovning uyiga yaqin qolganimizda u otdan tushib qoldi. Men uyimga kelganimdan so‘ng tog‘am Ollonazar Matjonovni (u o‘lgan) xalq komissarlarining uydami-yo‘qmi ekanliklarini tekshirish uchun yubordim. U militsiya bilan yurib, kechasi soat uchda Yusupovni tutib keltirdi, ammo men uni qo‘yib yubordim.
Ertalab Yusupovning oldiga borib, o‘tgan kecha qaerda bo‘lganini surishtirdim. U Rahmonov Bekjonning, Jumaniyoz xoji Polvonniyozovning, so‘nggi kechada esa Xudoybergan Devonovning uyida bo‘lganini aytdi. U yerda Zaki Validiy bilan birga Aydarov ham bo‘lgan. Yusupovning so‘zlariga qaraganda, ularga kiyim-bosh va pul berib, Buxoroga kuzatib qo‘yishgan ekan».
N.Sholikorovning bu so‘zlari X.Devonovning keyinchalik garchand sovet davlati bilan murosai madorada yashagan va ishlagan bo‘lsa-da, XX asrning 20-yillari boshlarida bu davlatga qarshi bo‘lgani, uning Xorazm aholisi va XXRning milliy manfaatlariga zid harakat etuvchi davlat, deb bilganidan dalolat beradi.
X udoybergan Devonovning shogirdlaridan biri, 1905 yili Xivada tug‘ilgan va fotografiya bilan shug‘ullangan Madrasul Yusupov esa, 1937 yil 15 avgustda o‘tkazilgan so‘roqda bunday ma’lumotni bergan:
«Xudoybergan Devonov inqilobga qadar Said Abdullaxonning kumush va qog‘oz pullarni chiqarish bo‘yicha noziri bo‘lgan. Inqilobdan keyin Xorazm xalq respublikasining moliya ishlari bo‘yicha xalq komissari va taftish komissiyasi raisi bo‘lgan. Taxminan 1924 yildan shu vaqtga qadar Devonov suratkashlik qiladi. Men 1925 yildan 1930 yilgacha Devonovdan suratkashlikni o‘rganganman, binobarin, uni o‘z oldiga sovet hokimiyatini ag‘darib tashlash vazifasini qo‘ygan millatchi sifatida bilaman.
Men Devonovga shogird bo‘lgan 1925 yildan 1930 yilgacha bo‘lgan davrda Komiljon Devonov (hozir Toshkentda qaerdadir xizmat qiladi, yozuvchilar idorasida bo‘lsa kerak) va yana bir qancha kishilar muntazam ravishda yig‘ilishib turardi. Xudoybergan Devonov bu yig‘ilishlarda aksilinqilobiy millatchilik targ‘iboti bilan muntazam ravishda shug‘ullangan. Devonov, bunday der edi: «Biz sovet hokimiyatiga hamma narsamizni — yer-suvimizni ham, otlarimizni ham berdik, mana endi yolg‘iz o‘zimiz so‘ppayib qoldik...»
O‘sha davrda sovet davlatidan bunday shikoyat so‘zlarini faqat Xudoybergan Devonov emas, balki shu davlat tufayli xonavayron bo‘lgan minglab-o‘n minglab kishilar ham aytishgan. 1937 yili yigirma yoshga to‘lib, qaddi-qomatini tiklab olgan davlat endi ana shunday kishilarni bitta ham qoldirmay qirib tashlashga tayyor edi. U shu yovuz maqsadini amalga oshirish yo‘lida mahalliy aholidan, kishilardagi hasad, g‘ayirlik, xudbinlik, qo‘rqoqlik va sotqinlik singari salbiy xislatlardan ustalik bilan foydalandi.
1938 yil 5 oktyabrda Xudoybergan Devonovning jinoiy ishi yuzasidan chiqarilgan hukmda bunday dahshatli tuhmat so‘zlari bor:
«Devonov 1920 yildan «Milliy ittihod» aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a’zosi bo‘lgan, Xorazmda bosmachilik harakatini tashkil etishda faol qatnashgan, Angliya razvedkasi agenti – Turkmanistondagi bosmachilik harakati boshlig‘i Junaidxon bilan aloqa o‘rnatib, u bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Keyinchalik O‘zbekiston SSR hududlarida faoliyat ko‘rsatgan va o‘z oldiga O‘zbekistonni SSSRdan ajratib, Sovet hokimiyatini ag‘darish va burjua davlatini barpo etish maqsadini qo‘ygan aksilinqilobiy millatchilik, qo‘zg‘olonchilik, terrorchilik va qo‘poruvchilik-zararkunandachilik tashkiloti rahbari Xo‘jaev bilan aloqa o‘rnatgan. Devonov tashkilotning VKP(b) va Sovet hukumati rahbarlariga nisbatan kurashning terrorchilik metodini to‘la ma’qullagan. Yuqorida tilga olingan tashkilot rahbari Xo‘jaev Fayzullaning topshirig‘iga ko‘ra, Angliya razvedkasi uchun O‘zbekiston SSR tumanlari bo‘ylab josuslik materiallarini to‘plagan...»
Agar tarix hujjatlariga ishonsak, mash’um sud majlisi 1938 yil 5 oktyabr kuni ertalab soat 10dan 35 daqiqa o‘tganda boshlangan. Sudda ushbu aybnoma so‘zlari yozilgan hukm mahbusga o‘qib berilgan. Ammo yana bir hujjatga ko‘ra, birinchi o‘zbek kinooperatori va fotografi Xudoybergan Devonov o‘sha yilning 4 oktyabr kuni, ya’ni suddan bir kun avval Toshkentning Yunusobod dahasidagi qatlgohda otib tashlangan va unga shaxsan tegishli bo‘lgan mol-mulk davlat foydasiga musodara etilgan.
Oradan roppa-rosa yigirma yil o‘tgach, X.Devonov ishi qayta ko‘rila boshlandi. Shu vaqtda ushbu maqolada tilga olingan faqat bir kishi – Madrasul Yusupovgina barhayot edi. U NKVD xodimlarining savollariga javob berib, oldingi so‘roq paytida bayon etilgan ko‘rsatmalaridan voz kechgan va ularni o‘qimay turib imzolashga majbur bo‘lganini aytgan va Xudoybergan Devonov to‘g‘risida bunday so‘zlarni aytishni o‘zining vijdoniy burchi deb bilgan:
«Devonov inqilobga qadar Xorazm pulini bosib chiqaruvchi ustaxonaning boshlig‘i edi... Inqilobdan keyin Devonov Xorazm xalq respublikasining moliya xalq komissari bo‘ldi. Taxminan 1924 yoki 1925 yillari suratxona ochib, o‘sha vaqtdan boshlab hamma vaqt surat olish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uni suratkash sifatida qadrlashgan, negaki, u turli-tuman ko‘rgazmalar uyushtirib, ularda Xorazm viloyatining madaniyat, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida erishgan yutuqlarini aks ettirgan. Foydali mehnati uchun Devonovni bir necha marotaba mukofotlab, yubileyini o‘tkazishgan va hatto uni Moskvaga ko‘rgazma ishtirokchisi sifatida yuborishgan. Men uzoq vaqt u bilan birga ishlaganman, sirasini aytganda, suratkash sifatida uning shogirdi bo‘laman».
Bu yil o‘zbek kinopublitsistikasi va foto san’atining qaldirg‘ochi Xudoybergan Devonovning tug‘ilganiga 125 yil to‘ladi. Umid qilamizki, shu muborak sana munosabati bilan kinoshunoslarimiz yana Xudoybergan Devonov ijodiy faoliyatini o‘rganishga qaratilgan ishlarini davom ettiradilar. Qadimiy va navqiron Xorazm esa bu ajoyib farzandi xotirasini munosib bir shaklda e’zozlaydi.
Kino olami - Ta'sirli kinolar

San’atlar orasida so‘nggi asrda eng tez rivojlangani va tomoshabinni o‘ziga juda tez jalb etib, ekranga mixlagan turi — kino haqida ko‘p gapirish shart emas. Sababi, ayni kunlarda kinofilmlar san’atning boshqa turlariga nisbatan juda ommaviylashib ketdi.


B ugun kim bilan suhbatlashmang, qaysi davrada bo‘lmang, albatta seriallar va badiiy filmlar haqida so‘z boradi. Ayniqsa, teleekranlarimizni egallab olgan Janubiy Koreya, Yaponiya, Lotin Amerikasi seriallari e’tirof etilyapti. So‘nggi yillarda “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda ko‘plab xususiy kinostudiyalar tomonidan bir qator filmlar tasvirga olinsa-da, tomoshabinni junbushga solayotgan filmlar kamdek.


Xo‘sh, o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilayotgan filmlar xususida tomoshabinlarning fikri qanday?
Karima Mahmudova, bog‘cha tarbiyachisi: — Bolaligimizda “Mahallada duv-duv gap”, “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi”, “Taqdir hazili yoki qushday yengil bo‘ling” kabi qator filmlarni zo‘r ishtiyoq bilan tomosha qilgan bo‘lsak, bugun ham bu filmlarni ko‘raveramiz. Buning sababi, lavhalar juda jonli, hayotiy chiqqan. Bu filmlarda ishtirok etgan aktyorlar o‘ziga xos maktab yaratib, ijrochilik qobiliyati va mahoratini to‘la-to‘kis namoyon etgan.
Amerika kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Sheryurak” badiiy filmini ko‘rmagan odam bo‘lmasa kerak. Bu filmda aktyorlarning ijrosi shu qadar samimiy va jonli chiqqanki, tomoshadan so‘ng vatan qadrini yana ham ko‘proq anglay boshlaysiz, sizning ham o‘z vataningiz uchun nimadir qilgingiz kelib ketadi. Vatan ozodligi, uning har bir qarich tuprog‘i muqaddas ekanligini anglaysiz. Men yaqin vaqtlarda “Nahotki, sen...”, “Fotima va Zuhra”, “Kelgindi kuyov” kabi filmlarni bolalarim bilan birga tomosha qildim. To‘g‘risi, bu kinolardan birortasini tushunmadim. Rejissyor nima demoqchi, odamlar qalbiga qanday ezgu g‘oyalarni singdirmoqchi? Yosh tomoshabinni qaysi yo‘lga boshlayapti? Bu filmlarni ko‘rgan bolalar hayot shu ekan-da, demak boylik, molu mulk ko‘p narsalarni hal qilar ekan, kim nimani xohlasa qilaverishi mumkin ekan, deb o‘ylamaydimi, ularga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmaydimi? Balki bunday filmlarning ekran yuzini ko‘rayotganligi moddiyat bilan bog‘liqdir. Bugun bir so‘m topamiz deb, ertaga bizga millionlab foyda keltiradigan ma’naviy hayotimizni izdan chiqarib qo‘ymayapmizmi?
Ha, haqiqiy san’at asari bo‘lgan badiiy filmlar bilan birga, yengil-elpi, voqelikdan yiroq, tomoshabinni ishontira olmaydigan kinolar ko‘payib ketganligi haqida oddiy tomoshabin ko‘p va xo‘p gapirmoqda. Aslida ham shundaymikan? O‘zbek kinoijodkorlari yaxshi film yaratmayaptimi? Mutaxassis bu borada nima deydi?
Saodat Xo'jayeva, kinoshunos: — O‘tgan yilning sentyabr oyida Almati shahrida “Yevroosiyo” xalqaro festivali bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha yerda 52 ta mamlakatdan vakillar ishtirok etdi. Har bir davlat o‘z kinomahsulotini keng jamoatchilik nazaridan o‘tkazib oldi. 52 ta davlatning tanlovga olib kelgan filmidan 14 tasi saralab olindi. “O‘zbekfilm” kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Erkak” filmi ham saralandi. Festivalning bir kuni o‘zbek kinosiga bag‘ishlandi. Yosh rejissyorlardan Yolqin To‘ychievning “Orzu ortida” filmi ham juda yuqori baho oldi. Filmning rejissyori haqida so‘rashdi, o‘zbek kinosining o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqida bahs bordi.
Oddiy tomoshabin ba’zi filmlar haqida salbiy fikr bildirishi mumkin. Lekin, masalan, “Erkak” filmi dunyo miqyosida haqiqiy milliy kino deyishga arziydigan asardir. Film rejissyori Yusuf Roziqovning dadil izlanishini kuzatdik. Uning “Dilxiroj” filmini kinomuzeyida namoyish etish uchun yaponiyaliklar sotib oldi.
Yurtimizda badiiy asar darajasidagi filmlarni ishlab chiqarish kamdan-kam uchraydigan hodisa bo‘lib qoldi. Lekin o‘zbek kinosan’atida iqtidorli, mahoratli rejissyorlar — Jahongir Qosimov, Zulfiqor Musoqov, Ayub Shahobiddinov, Yolqin To‘ychievlar bor. Biz ulardan haqiqiy badiiy asar darajasidagi filmlarni kutamiz.
“O‘zbekkino” milliy agentligi mutaxassislari yaratilayotgan filmlar haqida nima deya oladilar?
— Albatta, har bir film “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan qo‘yilgan talablar asosida nazorat qilinadi. Har yili davlat byudjetidan 15 ta badiiy, 10 ta multiplikatsion film olish uchun mablag‘ ajratiladi. Bu filmlar professional rejissyorlar, stsenariynavislar, tasvirchilar hamkorligida ishlanadi. Ayub Shahobiddinovning “Ko‘rgulik”, Qamara Kamolovaning “Yo‘l bo‘lsin”, Jahongir Qosimovning “18 kvadrat (“Vatan tuprog‘i”)” filmlari yuqori saviyada ishlangan deyish mumkin, — deydi “O‘zbekkino” Milliy agentligi kinostsenariylar tayyorlash, badiiy va multiplikatsion, kino va videofilmlar tematikasini rejalashtirish bo‘limi bosh muharriri Asad Dilmurod.
Hayotning o‘zi ustoz, murabbiy. Kishi turmushda ko‘rgan, eshitgan voqealaridan ma’lum xulosani yasaydi. O‘qigan asarlarimiz hayotning in’ikosi, tomosha qilgan spektakl va filmlarimiz ham mutlaqo to‘qima yoki yolg‘on narsalar emas. Shu jihatdan olganda, qaysidir asar yoki hayotiy voqea asosida yaratiladigan ekran maxsulotlarining yana xalqqa, ya’ni, minglab tomoshabinlarga qaytarilayotganligini unutmaslik kerak. Albatta, yuqorida ta’kidlanganidek, chinakam mahorat bilan dunyoga kelgan badiiy filmning umri boqiy bo‘ladi, aksincha shoshma-shosharlik bilan, faqat katta daromad olishnigina ko‘zlab yaratilgan film esa shishirilgan pufak kabi o‘tkinchidir.

Download 391,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish