2.2 Jismlarning erkin tushishi
Erkin tushish deb, tinch holatdan jismning og’irlik kuchi ta’sirida havosiz joyda Yerga tushishiga aytiladi. Erkin tushish quyidagi ikki qonunga bo‘ysunadi.
Birinchi qonun: Jismlarning erkin tushishi boshlang’ich tezliksiz tekis o’zgaruvchan harakatdan iborat bo’lib, uning tezlanishi o’zgarmas qoladi.
Ikkinchi qonun: Yerning berilgan joyida havoning qarshiligi bo’lmaganda barcha jismlar erkin tushish tezlanishi deb ataluvchi bir xil tezlanish bilan tushadi
Jismning erkin tushish tezlanishi g harfi bilan belgilanadi va uning son qiymati Yerning geografik kengligiga bog‘liqdir. Masalan, qutbda gqutb = 9,8324 m//s2 ga teng bo‘lgan eng katta qiymatdan to ekvatordagi gekv = 9,7805 m//s2 bo‘lgan eng kichik qiymatlar oralig‘ida o‘zgarib boradi; Moskvada g = 9,8156 m//s2 va Toshkentda g = 9,8008 m//s2 ga teng; Yerning 450 geografik kengligidagi jism
erkin tushish tezlanishi g=9,80665 m//s2 qiymati normal qiymat deb hisoblanadi Hisoblashlarda Yerning barcha nuqtalarida g ning qiymati bir xil va g=9,81 m/s2 deb qabul qilinadi
Erkin tushish tekis tezlanuvchan harakatdan iborat bo‘lgani uchun to’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat tenglamalardagi S yo‘lni h balandlik bilan, a tezlanishni esa g erkin tushish tezlanishi bilan almashtirilsa, boshlang‘ich tezlik bilan tashlangan jismning tenglamalari hosil bo’ladi
Havosiz joyda yuqoriga otilgan jismning ko‘tarilish va tushish balandligi o‘zaro teng bo‘lganidan, jismning ko‘tarilish vaqti tushish vaqtiga teng bo‘ladi. Xuddi shuningdek, yuqoriga otilgan jismning boshlang‘ich tezligi qaytib tushishdagi tezligiga teng bo‘lidb, bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi
2.3 Aylana bo’ylab tekis va notekis harakati
Moddiy nuqtaning egri chiziqli harakatlarining eng ko’p tarqaladigan va sodda turlaridan biri aylana bo’ylab tekis harakatidir.Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab tekis harakati deb, barobar vaqtlarda teng yoylarni bosib o’tgan harakatga aytiladi.Har qanday tekis aylanma harakat davr va chastota deb ataluvchi fizik kattaliklar bilan xarakterlanadi.Tekis aylanma harakatning T davri deb, nuqta (jism)ning bir marta to’liq aylanishi uchun ketgan vaqtga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.Agar tekis aylanma harakatda nuqta (jism) t vaqt ichida N marta to’liq aylansa, ta‘rifga binoan, aylanish davri quyidagiga teng bo’ladi.Tekis aylanma harakatning chastotasi deb, nuqta (jism) ning vaqt birligi ichidagi to’liq aylanishlar soniga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.Shunday qilib, tekis aylanma harakatning davri va chastotasi o’zaro teskari munosabat bilan bog’langan. Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakat traektoriyasiga urinma bo’ylab yo’nalgan tezligiga chiziqli tezlik deyiladi.Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab tekis harakatining chiziqli tezligi deb, vaqt birligi ichida bosib o’tilgan yoyning uzunligiga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.Ta‘rifga binoan moddiy nuqtaning tezligi bo’ylab o’tilgan yoyning s uzunligini shu yoyni o’tish uchun ketgan t vaqtga nisbatiga teng
Moddiy nuqta aylana bo’ylab tekis harakatinining chiziqli tezlik vektori miqdor jihatdan o’zgarmas bo’lib, bu harakat davomida esa o’z yo’nalishini o’zgartirib boradi.Qattiq jismning tekis aylanma harakatida ixtiyoriy nuqtalarning chiziqli tezliklari hamma vaqt harakat traektoriyasidan iborat bo’lgan aylanalarga urinma ravishda yo’nalgan bo’lib, uning kattaligi nuqtadan aylanish markazigacha bo’lgan masofalani radiusiga proporsional.Aylana bo'ylab tekis harakat qilayotgan moddiy nuqta markaziga intilma tezlanishning absolyut qiymati chiziqli va burchakli tezliklarning ko'paytmasiga teng.Moddiy nuqtaning tekis aylanma harakatida markazga intilma tezlanish aylanish radiusiga proporsionaldir.
Tekis aylanma harakat qilayotgan jismning ixtiyoriy nuqtalari barobar vaqtlarda burilish burchaklari bir xil bo’lganligidan, bu harakatni burchak orqali ifodalanuvchi burchakli tezlik bilan xarakterlanadi.Tekis aylanma harakatning burchakli tezligi deb,vaqt birligi ichida burilish burchagiga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.Ta‘rifga binoan, tekis aylanma harakatning burchakli tezligi, ω (grekcha «Omega») burilish burchagi φ (grekcha «fi») ni burilish uchun ketgan vaqt t bo’lgan nisbatiga teng. Hamma birliklar sistemasida burchakli tezlikning o’lchov birligi bir xil 1 radian deb, qarshisidagi yoyining uzunligi radiusiga teng bo’lgan markaziy burchakka aytiladi. Eslatma: Burchakli tezlik ham vektor kattalik bo’lib, uning yo'nalishi aylanish o'qi bo'ylab yo'nalgan. Burchakli tezlik vektorining yo’nalish parma qoidasi asosida aniqlanadi:
Agar parma dastasining aylanish yo’nalshi aylanma harakat yo`nalishi bilan mos tushsa, parmaning ilgarilama harakati burchakli tezlik yo'nalishini ko’rsatadi.
Har qanday tekis aylanma harakatning asosiy sharti: burchakli tezlik vektorining miqdor va yo’nalish jihatdan o’zgarmas qolishidir. Aylanayotgan qattiq jismning biror nuqtasidagi chiziqli tezligi, burchakli tezligining aylanish radiusiga ko’paytmasiga teng. To’g’ri chiziqli tekis o‗zgaruvchan harakatda tezlanish harakat tezligini t miqdor jihatdan o’zgarishini xarakterlar edi. Tekis aylanma harakatda esa tezlikning son qiymati o’zgarmas qolib, yo’nalishi o’zgarganligi uchun bu harakatda ham tezlanish mavjuddir. Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab tekis harakatidagi tezlanish vektori deb, vaqt birligi ichida tezlik vektorining o’zgarishiga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.Moddiy nuqtaning aylana bo'ylab tekis harakatida tezlanish harakat traektoriyasiga perpendikulyar ravishda markazga tomon yo'nalgan bo'ladi.
XULOSA
Hozirgi davrda O’zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonini jahon talablari darajasiga yetkazish borasida aql-zakovatli, mustaqil fikrlay oladigan, intellektual salohiyatga ega yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu o’z navbatida ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratish kerakligi, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish fan va texnika sirlarini chuqur egallashga yo’llaydi.
Fizika o’qituvchisi, avvalambor, o’z fanini o’qitishda avvalambor o’z mutahassisligini yetuk egallagan va zarur ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim. Chunonchi, hozirgi texnika rivojlanishi asri davom etayotgan davrda ayniqsa, fizika fanlarini o’quvchilarga o’qitish va jahon standartlarigsa javob bera oladigan mutahassis va yetuk kadrlar tayyorlash bizning pedagoglarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan biz ayni vaqtdan boshlab fizika fanlarini o’qitishni turli metod va texnologiyalarini o’rganishimiz, o’ylab topishimiz va qo’llash usullarini o’zlashtirib borishimiz lozim. Shu maqsadda men ushbu kurs ishimni shu mavzularga qaratdim. Kurs ishimni birinchi bobida esa men o’qitishning innovasion, interfaol texnologiyalar, dasturiy vositalarar haqida keltirib o’tdim. Va bu bobning birinchi qismidan shunday hulosaga keldimki, ta’lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim olishiga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O’quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligigi ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bulardan shuni xulosa qilshim mumkinki, interfaol usullardagi dars o`quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar echimini topishga, hamkorlikda ishyuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi.
Men ikkinchi bobda fizika fani uni inson hayoti, turmush va texnikada tutgan o’rni haqida ma’lumotlar keltirdim. Ikkinchi bobning keying qismlarida esa kinematikaga oid asosiy tushunchalar, to’g’ri chiziqli tekis va o’zgaruvchan harakat, jismlarning erkin tushishi, aylana bo’ylab tekis va notekis harakat haqida to’xtalib o’tdim. Birinchi bobga bog’lagan holda buni shunday deyish mumkinki, “fizika” fanini o’qitish samaradorligini oshirish o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o’qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularni o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda “fizika” fanini o’qitishda innovasion, interfaol, texnologiyalar va dasturiy vositalarar foydalanish holatini o’rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |