Kinematika o’qitish metodikasi


ILOVA……………………………………………………………………………



Download 61,9 Kb.
bet2/12
Sana23.06.2022
Hajmi61,9 Kb.
#697608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
dilfuza opaga

ILOVA……………………………………………………………………………..

KIRISH
Ta'limning mazmuniga qo’yilayotgan yangi talablar yosh avlodga, xususan, fanlarning asoslari bo’yicha yuksak ilmiy-nazariy bilimlar berishdan iborat bo’lib, bu ish nazariy bilish metodlariga, shu jumladan, o’quvchilarni mantiqiy fikrlash, mantiqiy operatsiyalarni bajarish usullari bilan qurollantirishni tobora kuchaytirishni taqozo etadi. Shuni ta'kidlash kerakki, o’qitish metodlarining yagona ta'rifi yo’q. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning ta'limiy-tarbiyaviy vazifalarini hal qilishga qaratilgan o’zaro hamkorlikdagi faoliyat usullarining tartibga solinishidir. Umuman, o’qitish metodlarining majmui – atrofdagi voqelikni bilishning yo’li, deya xulosa chiqarish mumkin. O’quvchilar aqliy kamol topishining xarakterini belgilaydigan yo’l bilimlarni o’zlashtirish imkoniyatini yaratadi, shaxsning xususiyatlarini shakllantiradi. O’qitishning maqsadi insoniyatning tajribasini o’zgartirishning o’zidir. O’qitish nazariyasi metodlarini insoniyat tajribasidan oladi va ularni o’quv mashg’ulotlariga moslashtiradi. Shuning uchun o’qitish metodlari doimiy ravishda yangilanadi, takomillashadi, fan-texnikaning rivojlanishi va ijtimoiy rivojlanish asosida yangi metodlar vujudga keladi. O’qitish metodlarining juda ko’p turlari mavjud va ularning sonini aniq belgilab bo’lmaydi. Metodlar o’qitishning mantiqiy tomonlariga, komponentlari va vazifalariga asoslanib tasniflanadi. O’qitish metodlarining yagona tasnifi yo’q. Nazariya va amaliyotda bir qancha tasniflar mavjud bo’lib, ular o’zaro zid kelmaydi, biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir-birini to’ldiradi, o’qitish jarayonini ko’rish imkoniyatini yaratadi. Tasnif tartib va tizimni vujudga keltiradi, umumiy va muayyan nazariy va amaliy, muhim va tasodifiy o’qitish metodlarini aniqlashga yordam beradi, shu orqali ulardan amaliyotda samaraliroq foydalanishga xizmat qiladi. O’qitish metodlarini tasniflashda o’quvchiga dastur materialini o’rganishning maqsadga muvofiqroq yo’llarini tanlash imkonini yaratadi, o’z ishidagi yutuq va kamchiliklarni tushunishda yordam beradi, o’qituvchilarning faoliyatini takomillashtirish uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi.Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekomunikatsiyalarni zamonaviy usullarini o’zlashtirish bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday yutuqlar ta’lim muassasasiga balki har qaysi oila hayotiga kirib borishi kerak bo’ladi. Barkamol avlodni tarbiyalashda davr talabi bilan hamohang bo’lgan va davr talabiga javob beradigan yangi davlat standartlari, o’quv dasturlari elektron versiyasi o’quv adabiyotlarini yaratishdan tashqari jahon standartiga javob beradigan laboratoriya jihozlarini nafaqat maktab, litsey va kollejlarni ta’minlab qolmay balki oliy o’quv yurtlaridagi laboratoriyalarni ham zamon talabi asosida alohida fanlar tuzilib, uni yetarli darajada valyuta mablag’lari bilan tahminlash ko’zda tutildi.Hozirgi kunda kompyuter hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Turli mutaxassislar, tadbirkorlar, olimlar, ijodkorlar o’z mehnat faoliyatida kompyuterlardan keng foydalanmoqdalar. Kompyuter yordamida ajoyib mo’jizalar yaratilmoqdaki, kelajakni usiz tasavvur qilish mumkin emasligi shu kunda barchaga ayondir. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, taxrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash mumkin.
Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va hatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylandi. Ma`lumki, fizika ta`limida eksperimentlarga katta o`rin beriladi. Fizikada har bir qoida eksperimental isbotini topganidan keyingina qonun, tamoyil va qoida huquqini oladi. Psixologik jihatdan ham o`quvchilarning bilim olishlarida ko`rgazmali qurollar va namoyish tajribalar muhim rol egallaydi. Fanga oid qonun va tushunchalarni o`quvchilarga sodda usullarda o`rgatish maqsadida Respublika ta`lim markazi, Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan 6-9-sinflar uchun elektrondarslik, o`quv film, virtual laboratoriya ishlari animatsiyali ko`rgazmalar ishlab chiqilmoqda. Ulardan amalda samarali foydalanish uchun fizika fani o`qituvchisi kompyuter va boshqa elektron qurilmalarni muayyan darajada ishlata olish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim. Bu dars tuzilishini o`zgartiradi, pedagog faoliyati samaradorligini oshirib, vaqtni tejaydi, o`quvchi diqqatini jamlab, fanga bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi. Fizikani o`qitishda o`qituvchi qanchalik mohirona o`z fikrini bayon etmasin, baribir tabiatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni o`quvchi anglab olishi qiyin. Shu sababli tabiatda sodir bo`ladigan jarayonlarni o`z ko`zi bilan ko`rib, mantiqan fikrlab hamda u bo`ysunadigan qonun qoidalarni o`zlashtirsa, o`qitishning samarasi yanada oshadi. Namoyish tajribalarning har biri o`ziga xos xarakterga ega bo`lib ma`lum bir maqsadni ko`zda tutadi. Shuning uchun namoyish qilinayotgan tajriba o`tilgan yoki yangi bayon qilinayotgan mavzuga doir hodisa va jarayonlarni aniq ko`rsatib berishi, ya`ni nazariy olingan bilimlarni amaliyotda tasdiqlashi lozim. Ma'lumki, barkamol shaxs hamisha o’z vatani kamolotini rivojlantiradi, uning ravnaqi yo’lida umrini bahshida etishni o’z burchi dеb biladi. Yurtimiz kеlajagi, xalqimiz, mamlakatimizning intеllеktual salohiyatiga, aql-zakovatiga, milliy ta'lim-tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirish, ta'lim tizimini yangi zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga bеvosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan barkamol tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lishi uchun avvalo ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko’tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etyapti.

Download 61,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish