Guruhning muvozanatlik tenglamasi quyidagicha ifodalanadi: (3)
Tenglamada kuchlarining miqdorlari noma`lum. Shulardan 2 tasini aniqlash uchun 2 va 3 bo’g’inlarga ta`sir etuvchi kuchlardan V nuqtaga nisbatan momentlar olib ularning yig’indisi nolga tenglashtiriladi.
2- bo’g’inga ta`sir etuvchi kuch momentlari:
(4)
bundan
3- bo’g’inga ta`sir etuvchi kuchlardan olingan momentlar yig’indisi:
(5)
bundan
(3) tenglama asosida kuch rejasi (4-shakl) chiziladi.
Rejaning masshtabi N/mm
Demak, kuchi av kesmasi bilan ifodalanadi.(av kesma ixtiyoriy uzunlikda tanlanadi). Qolgan kuchlarni ifodalovchi kesmalar hisoblanishi kerak, ya`ni , va x.k.
4-shakldagi kuch rejasi a nuqtasidan boshlanib, miqdor va yo’nalishlari ma`lum bo’lgan kuchlarni ketma-ket qo’shib borilishi natijasida h nuqtada tugaydi. a va h nuqtalaridan AB va BC bo’g’inlari holatiga parellel ma va mh chiziqlarni o’tkazib, ular kesishgan m nuqta aniqlanadi. Natijada (ma kesmasi) va (mh kesmasi) kuchlarini yo’nalishi aniqlanadi. m nuqtasi b nuqta bilan tutashtirilib reaksiya kuchi aniqlanadi. Shuningdek, h va m nuqtalari tutashtirilib reaksiya kuchi aniqlanadi.
2 va 3 bo’g’inlarni bog’lovchi kinematik juftdagi (B nuqtasi) reaksiya kuchini aniqlash uchun bo’g’inlardan biri (masalan 3 bo’g’in) fikran tashlanib, uning qoldirilgan 2 bo’g’inga ta`sir reaksiya kuchi F23 bilan almashtiriladi. Qoldirilgan 2 bo’g’inni muvozanatda deb qarab unga ta`sir etuvchi kuch vektorlarining yig’indisi nolga teng bo’lishini nazarga olib, F23 kuchi aniqlanadi.
4-shaklda keltirilgan kuch rejasidan foydalanamiz. 2-bo’g’inga ta`sir etuvchi kuchlarni yig’indisini nazarga olsak bularning boshlanishi m nuqta bo’lsa, d tugash nuqtasidir. Shu nuqtalarni o’zaro tutashtiruvchi md kesmasi V kinematik juftdagi reaksiya kuchini ifodalovchi kesma bo’ladi. Kuch rejasidan reaksiya kuchlarini miqdorlari aniqlanadi.
F23= μF · md [H]
F21= μF · bm [H]
F36= μF · gm [H]
F21=- F12 nazarga olib, krivoshipni kinetostatik hisobi bajariladi. 2-shakldan krivoship bo’lak ravishda chiziladi. Unga ta`sir etuvchi kuchlar quyidagilardir:
F21 – shatunning krivoshipga ta`sir(reaksiya) kuchi.
FM– krivoshipni (mexanizmni) muvozanatovchi kuch. Bu kuch krivoship holatiga tik F21 reaksiya kuchiga qarshi yo’nalgan.
F16- tayanchning krivoshipga ta`sir(reaksiya) kuchi.
5-shakl. Krivoshipni aylanish markazi 0 nuqtani nisbatan kuchlardan moment olinib FM kuchi aniqlanadi. FM · lOA+ F12 · h · μe =0
FM= [H]
Krivoshipga ta`sir etuvchi kuchlar rejasini μF masshtabida chizamiz (5-shakl) va F16 kuchini aniqlaymiz.
Kuch rejasi masshtabi: [N/mm]
5.b shaklida keltirilgan kuch rejasidan:
F16= μF · ac [H]
Muvozanatlovchi moment va quvvat quyidagicha aniqlanadi:
Mm= Fm· lOA ,
Nm= Mm · ω1= Fm VA