Kimyoviykinetika va kataliz


Radiatsion-kimyoviy reaksiyalar



Download 170 Kb.
bet2/6
Sana21.07.2022
Hajmi170 Kb.
#833897
1   2   3   4   5   6
. Radiatsion-kimyoviy reaksiyalar
Yuqori energiyali nurlanishlar ta’sirida boruvchi kimyoviy jarayonlarni o’rganuvchi fizik kimyoning bo’limi - radiatsion-kimyoviy reaksiyalar yoki radiatsion kimyo deb ataladi.
Yuqori energiyali nurlanishlarga avvalo rentgen nurlari va - nurlanishlar kiradi. Shuningdek neytronlar, elektronlar, musbat va manfiy ionlar ham radiatsion-kimyoviy reaksiyalar sodir qiladi. Yuqori energiyali nurlanishlarning moddalar bilan ta’siri tufayli ionlar va erkin radikallar hosil bo’ladi. Ular o’zaro ta’sirlarning birlamchi mahsulotlari deb ataladi. So’ngra ularda navbatdagi o’zgarishlar kuzatiladi.
Radiatsion – kimyoviy reaksiyalarning eng sodda turlaridan biri suvning radiolizi hisoblanadi. Radioliz - bu moddalarning ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’sirida kimyoviy bo’linishidir. Ionlashtiruvchi nurlanishlar tufayli suv molekulalarida quyidagi birlamchi aylanishlar kuzatiladi:

Radikallar bir-biri bilan vodorod, vodorod peroksid va suv hosil qilib ta’sirlashadi:

Nurlanish tufayli hosil bo’lgan H va OH radikallar biologik ob’ektlarda ferment va oqsillar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin. Bu jarayonlar organizmdagi ko’pgina funksiyalarning o’zgarishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda radiatsion-kimyoviy reaksiyalar kimyo sanoatida turli xil polimerlar va bir qancha boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda esa ko’pgina kasalliklarni davolashda qo’llanilmoqda. Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatida oziq-ovqat xom ashyo mahsulotlarini sterlizatsiya, pasterizatsiya va dezinesksiya uchun, kartoshkani saqlashda uni o’sishdan saqlash uchun radioaktiv nurlanishlar, asosan  -va -nurlanishlardan keng foydalaniladi.


. Kataliz to’g’risida umumiy ma’lumot
Reaksiyani tezlatuvchi moddalar katalizatorlar deb, katalizatorlar ishtirokida boruvchi reaksiyalar esa katalitik reaksiyalar va bunday reaksiyalarning borish hodisasi kataliz deb ataladi. Katalizator mahsulot tarkibiga kirmaydi va reaksiyadan so’ng to’la ajralib chiqadi.
Agar katalizator ishtirokida reaksiya tezligi ortib borsa, u holda kataliz musbat; reaksiya tezligi kamayib borsa – manfiy hisoblanadi. Odatdagi musbat katalizni sodda kataliz deb ataladi. Kimyoviy reaksiyalar tezligini kamaytiruvchi katalizatorlar ingibitorlar deb ataladi. Katalizatorlar to’g’ri va teskari reaksiyalar tezligini bir xil darajada o’zgartirib, kimyoviy muvozanatni buzmaydi. Katalizatorlar muvozanat qaror topishini tezlatishi va sekinlatishi mumkin, ammo uning holatiga ta’sir qilmaydi, ya’ni muvozanat doimiysini o’zgartirmaydi.
Reaksiya tezligini o’zgartiruvchi katalizator miqdori reaksiyaga kirishuvchi moddalar miqdoriga nisbatan juda kam bo’ladi. Masalan, suvli eritmada natriy sulfitning oksidlanish tezligi katalizator-10-13mol/l miqdorida mis sulfat qo’shilganda sezilarli darajada ortadi. Katalizator konsentratsiyasining ortishi bilan kimyoviy reaksiya tezligi ham jadallashadi.
Katalizatorlar tanlash (selektivlik) xossasiga ega. Hamma kimyoviy reaksiyalar uchun umumiy katalizator mavjud emas. Masalan, mis yoki nikel katalizatoridan 300-4000C temperaturada etanol bug’lari o’tkazilsa, atselaldegid hosil bo’lishi bilan spirt degidratlanish reaksiyasi boradi:
C2H5OH CH3CHO + H2
Agar katalizator sifatida alyuminiy oksid olinsa, u holda etilen hosil bo’lishi bilan spirtning degidratatsiyasi sodir bo’ladi:
C2H5OH C2H4 + H2O
Uglerod oksidning vodorodli aralashmasi nikel katalizator ishtirokida va 240-2600C temperaturada metan hosil bo’lishiga olib keladi:
CO + 3H2 CH4 + H2O
Bu reaksiyada katalizator sifatida mis olinganda metanol sintez bo’ladi:
CO + 2H2 CH3OH

Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish